O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   362
Аудит УМК

2.Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar 
korxonalar xo’jalik faoliyatida eng ko’p uchraydigan hisob-kitoblardir. Shuning uchun bunday 
hisob- kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yunalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur: 
olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to’lovlar yoki jo’natilgan tovarlar 
(bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan summalarning to’g’riligini aniqlash; 
moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to’liqligini tekshirish. 
Mol etkazib beruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko’ra naqd pulsiz amalga 
oshiriladi va ular ikki guruhga bo’linadi: 1) tovar muomalalar bo’yicha, 2) moliyaviy majburiyatlar 
bo’yicha. Naqd pulsiz hisob - kitoblarning quyidagi asosiy shakllari mavjud: to’lov topshiriqlari, 
to’lov talabnomalari, akkreditivlar, inkassa topshiriqlari, cheklar va o’zaro talablarni uzishga 
asoslangan hisob shakli.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan 
o’tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob muomalalari uchun xos bo’lgan umumiy 
qoidalariga asosan o’tkaziladi.
Hisob - kitob ma’lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari ma’lumotlari 
tengligini aniqlashdan boshlanadi.
Agar hisob-kitob ma’lumotlarini solishtirish amallarini bajarish chog’ida nomuvofiqliklar 
aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish sabablarini aniqlaydi.
Misol: 6010 «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy 
qismi) va 7010 «Mol etkazib beruvchil va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»(uzoq muddatli 
qismi) schyotlarining analitik hisob registrlaridagi qoldiqlari, ushbu schyotlar bo’yicha sintetik 
hisob registridagi va Bosh daftardagi qoldiqlariga nisbatan, balansdagi «Mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar bilan hisob-kitoblar» moddasining 12 foiziga teng bo’lgan, n-summaga kam bo’lsa, 
farq miqdori ushbu balans moddasi uchun jiddiy hisoblanadi. Analitik hisob registrlari (oborot 
vedomostlari) ma’lumotlarini tahlil qilishda biron-bir mol etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzilib, 
lekin hisob registrlarida yozuv yozilmagan. Tekshiruv natijasida shu mol etkazib beruvchi bilan 
hisob-kitoblarni hisobga oladigan kartochka ochilganligi, lekin adashib u boshqa schyotning 
kartotekasiga solib qo’yilganligi sababli oborot vedomostiga kiritilmagan. Shunday qilib, 
nomuvofiqlik sababi aniqlangan va bartaraf qilingan.
Hisob va hisobot ma’lumotlarining o’zaro tengligi aniqlaganidan so’ng, auditor mol etkazib 
beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldig’ining haqqoniyligini baholashi kerak. Shu 
maqsadda u quyidagilarni tekshiradi: 
-analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari hamda tuzilgan 
sanalari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjudligi; 
-analitik hisob registrlarida ko’rsatilgan shartnomalar va dastlabki hujjatlarning haqiqatda 
mavjudligi (tanlab tekshiriladi); 
-dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma’lumotlarning mosligi (tanlab tekshiriladi).
Majburiyat summalarining hujjat bilan tasdiqlanmaganlari shubhali qarzdorliklar qatoriga 
qo’shiladi. Bunday qarzlarning haqqoniyligi hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish (solishtirish 
dalolatnomasi tuzish)yo’li bilan tasdiqlanadi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir qarzdorliklar 
haqqoniyligini baholashda ularning vujudga kelish muddatlari nazorat qilinadi: 
hisob-kitoblar bo’yicha majburiyatlar bajarilishining belgilangan chegara muddati o’tib 
ketgan, talab qilib undirib olinmagan debitor qarzlar yo’qligi.
Hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish materiallarini tekshirish mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldiqlarining haqqoniyligini baholashda muhim ahamiyatga 
egadir.
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar quyidagi 
yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi: 
-shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish; 
-olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar to’liqligi va to’g’ri kirim qilinishini tekshirish; 


 
-moddiy qiymatlik(ish. xizmat)lar uchun o’z vaqtida va to’liq haq to’lanishini tekshirish.
-auditor dastavval mahsulot etkazib berish shartnomalari va ish bajarish va xizmat ko’rsatish 
uchun boshqa xo’jalik shartnomalarining mavjudligi, hamda shartnomalarning to’g’ri 
rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Sharnomalar amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va shartnoma qonunchiligiga ataylab rioya 
qilinmasdan tuzilgan shartnomalar va ular asosida amalga oshirilgan muomalalar haqiqiy emas deb 
topiladi. Auditorlar tekshirilayotgan korxonada bunday holatlar yo’qligini aniqlashlari lozim.
Shundan so’ng olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar uchun mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilar bilan hisob-kitoblarning to’lig’icha to’g’ri baholanganligi va hisob registrlarida aks 
ettirilganligi to’g’risida dalillarga ega bo’lishi zarur.
Auditorlar dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini shartnomalar, buyurtmalar, schyot-fakturalar 
va loyiha -smeta hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida olingan moddiy 
qiymatlik(ish, xizmat)larni kirim qilishning to’liqligi, to’g’riligi va o’z vaqtidaligi to’g’risida 
dalillarga ega bo’ladi.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda barcha hisoblashuv-to’lov hujjatlarida QQS summasining 
alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligiga va QQS summasining hisob-kitob yo’li bilan ajratib 
ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmasligiga(me’yoriy hujjatlarda belgilangan holatlardan tashqari) e’tibor 
qaratiladi. Auditor ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish natijasida olingan moddiy 
qiymatlik(ish, xizmat)lar bo’yicha QQS ni hisobga olishning asoslanganligini tasdiqlovchi dalilga 
ega bo’ladi. Uning qoplanishi to’langan, kirim qilingan va ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilgan 
qiymatliklar bo’yicha amalga oshiriladi.
Hisob-kitob hujjatlari hali etib kelmagan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)larni tekshirishda 
ushbu olingan qiymatlik (ish, xizmat) larning puli to’langan, lekin yo’lda kelayotgan (debitor qarz) 
sifatida hisobda turmaganligi aniqlanadi.
Xorijdan olingan import mahsulot(ish, xizmat)lar uchun hisob-kitoblar bo’yicha tekshiruv 
o’tkazilganda, mulkchilik huquqi o’tgan paytni , moddiy qiymatlik (ish, xizmat)larni kirim qilish 
sanasiga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta kursini va to’lov 
hujjatlarining to’lanishini, kurs farqlarini, qo’shilgan qiymat solig’i summasini va frankirovka 
(tovarni xaridorga etkazib berishda transport xarajatlarini qoplash va hisob-kitob qilish) shartlarini 
aniqlashning to’g’riligi tekshiriladi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar schyotlarining to’lanishini tekshirishda auditor 
quyidagilarni aniqlaydi: 

qarzlarni qoplash bo’yicha muomalalarning tegishli to’lov hujjatlari (bank ko’chirmalari va 
to’lov topshirig’i, o’zaro talablarni hisobga olish dalolatnomalari, cheklar va shunga o’xshash) bilan 
tasdiqlanganligi; 

to’lov hujjatlarining haqiqiyligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi (barcha majburiy 
rekvizitlarining mavjudligi, QQS summasining alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligi, bank 
shtampasi, chet tildagi hujjatlarning tasdiqlangan tarjimasi va shunga o’xshash); 

to’lov hujjatlari ma’lumotlarining 3110 - «Oldindan to’langan ijara haqi», 3120-«Oldindan 
to’langan xizmat haqi», 3190-«Boshqa oldindan to’langan xarajatlar», 4310-«Mol etkazib beruvchi 
va pudratchilarga berilgan bo’naklar», 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi), 7010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan 
schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyotlari bo’yicha hisob registrlarining ma’lumotlariga mosligi; 
ushbu schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarining 5110, 5210, 5220, 4310, 4010, 4020, 
6310, 4220, 4230, 6870, 4810-4890, 6810, 6820, 6830 va 6890 schyotlar bo’yicha hisob 
registrlariga mosligi.
Qarzdorliklarning o’zaro hisoblashish tartibida qoplanishini tekshirish natijasida, auditor 
o’zaro hisob-kitoblar uchun asos (shartnoma, tomonlardan birortasining o’zaro hisob-kitoblar 
tartibidagi to’lovni amalga oshirish to’g’risidagi iltimosnomasi) mavjudligini, qarz summasi va 
qoplash sanasini, hamda hisob registrlarida aks ettirishning to’g’riligini aniqlaydi.
O’zaro talablarni hisobga olish, hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi va har ikkala 
tomon ishtirokida tuzilgan, o’zaro talablarni hisobga olish to’g’risidagi tomonlardan birortasining 


xati (arizasi). Dalolatnomalarda majburiy rekvizitlardan tashqari, qarzdorlikni vujudga keltirgan 
shartnomalar va dastlabki hujjatlar ma’lumotlari, QQS summasi alohida ajratilgan holda 
ko’rsatilishi lozim. Da’vo muddati o’tib ketgan qarzdorliklar bo’yicha o’zaro talablarni hisobga 
olishga yo’l qo’yilmaydi.
Amalga oshirilgan o’zaro qarz surishishlarning qonuniyligini tekshirishda, qabul qilingan va 
puli to’langan moddiy qiymatliklar bo’yicha QQSni hisobga qabul qilishning asoslanganligi va 
sotilgan tovarlar (ish va xizmatlar) bo’yicha QQS hisoblanishining to’liqligini aniqlashga maxsus 
e’tibor qaratiladi.
Berilgan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish 4310-«Mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilarga berilgan bo’naklar» schyotining hisob registrlari, bank ko’chirmalari va shartnomalar 
ma’lumotlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda mol etkazib beruvchilarga bo’naklarning o’z 
vaqtida va to’g’ri berilganligi va olingan moddiy qiymatliklar uchun hisoblashilganda ularning 
hisobga olinganligi aniqlanadi.
Auditor 3110, 3120, 3190, 4310, 6010, 7010 schyotlarning qoldiqlarini analitik hisob 
registrlari bo’yicha tahlil qilish natijasida, moddiy qiymatliklar etkazib berilgandan (ish, xizmatlar 
bajarilganidan) so’ng barcha berilgan bo’naklar bo’yicha yakuniy hisob-kitob qilinganini aniqlaydi.
Ushbu talabga rioya qilinayotganligini nazorat qilish nafaqat debitor va kreditor qarzlar aks 
ettirilishining haqqoniyligini, balki QQSni hisob-kitob qilishga taqdim etishning o’z vaqtidaligi, 
chet el valyutasida berilgan bo’naklar bo’yicha kurs va summa farqlarini to’g’ri aniqlash uchun 
zarur.
Mol etkazib beruvchilar bilan shartli birliklardan foydalanib hisob-kitob qilinganida summa 
farqlarini aks ettirish to’g’riligi va quyidagi shartlarga rioya qilinishini tekshiradi: 
*
summaviy farqlar sarflarni buxgalteriya tan olish sanasiga aks ettiriladi, ya’ni 
qarzning shakllanishi va o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi (6010, 7010 schyotlar bo’yicha yozuvlar); 
*
tovar-moddiy zahiralar va asosiy vositalar haqiqiy xarajatlar summasi bo’yicha tan 
olinadi, ya’ni kirim qilingan moddiy resurslar qiymati summaviy farqlarga tuzatiladi; ijobiy summa 
farqlari kirim qilingan moddiy resurslar qiymatini oshiradi (Dt 0820, 0830, 0840, 0890, 1010-1090, 
2910 schyotlar va Kt 6010 yoki 7010 schyot va Dt 4410, Kt 6010 - QQS summasi); salbiy summa 
farqlari kirim qilingan moddiy resurslar qiymatini kamaytiradi. (Dt 0820, 0830, 0840, 0890, 1010-
1090, 2910 schyotlar, KT 6010 yoki 7010 schyot qizil storno bilan va Dt 4410, Kt 6010 yoki 7010 
schyot - QQS summasiga qizil storno bilan); moddiy zahiralar sotilganda yoki ishlab chiqarishga 
berilgada (Dt 2010, Kt 6010 (7010), Dt 4410, Kt 6010 (7010) - QQS).
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirish yakunida, auditor 
aniqlangan kamchiliklar va nomuvofiqliklarni umumlashtiradi hamda qoldiqlar haqqoniyligining 
dastlabki baholanishini aniqlashtiradi.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin