Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni boshlashda dastlabki hujjatlar,
ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan shaklan
tekshiruvdan o’tkazilishi zarur.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi harakati) dalolatnomalaridagi
ma’lumotlarga asosan 0110-0190schyotlar debeti bo’yicha kirimiga olingan asosiy vositaning
manbai aniqlanadi: Ustav kapitaliga hissa sifatida (4610 schyot krediti) kapital qo’yilmalar tartibida
puli to’lanib sotib olingan yoki qurib bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti),
asosiy podaga qabul qilingan mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan asosiy vositalar
qo’shilgan kapital tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning krediti) va h. k.
So’ngra ko’rsatilgan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirilish tartibi
tekshiriladi.
Tekinga olingan asosiy vositalar ob’ektlarini hisobga olish bo’yicha
muomalalarni aks
ettirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq
komitetining tegishli me’yoriy hujjatlarida belgilangan.
2003 yil 1 yanvardan iqtisodning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun bepul (tekin)
olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo’shilgan kapitali (8530-schyot krediti) ko’paytirilib
kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular qiymati soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
Auditor soliqqa tortiladigan foydaning miqdorini aniqlash hisob-kitobi bilan tanishishi va bepul
olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida soliqqa tortiladigan foydaga qo’shilganligiga
ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor yana shuni nazarda tutish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining 1995 yil 5 sentyabrdagi 92/72
son xatiga
muvofiq ustav kapitali 100 foiz davlat mulkidan iborat bo’lgan korxonalar va tashkilotlarning ichki
tizimida o’zaro bir - biriga o’tkazishi natijasida tekinga olingan asosiy vositalar qo’shimcha
daromad deb hisoblanmaydi va natijada ularning qiymati foyda (daromad) solig’i bazasiga
qo’shilib, soliqqa tortilmaydi.
Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o’tkazish natijasida asosiy vositalar tarkibida
hisobda turgan inventar va xo’jalik ashyolari aniqlanib, ularni inventar va xo’jalik ashyolari (1080
schyot) qatoriga o’tkazilganining to’g’riligini ham tekshirishi zarur.
Bundan dastlabki qiymatiga
(Debet 1080 schyot va kredit 0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar
to’g’ri tuzilganligiga alohida e’tibor berish zarur.
Puli to’lanib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan asosiy vositalar
bo’yicha korxona bir vaqtning o’zida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida
ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda, o’tgan yildagi taqsimlanmagan foyda,
zahira
kapitalini aks ettirish lozim.
Auditor korxonada sotib olingan avtomobillarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi, transport
vositalarini sotib olganlik uchun to’lanadigan soliqning aniq hisoblanganligi va o’z vaqtida
byudjetga o’tkazib berilganligini, to’langan soliq summasining sotib
olingan avtomobil dastlabki
qiymatiga qo’shilganligini tekshirishi lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg’otsa, ushbu
muomalani amalga oshirish uchun javobgar shaxslardan yozma ravishda tushuntirish xati olinadi va
qarama - qarshi tekshiruv o’tkaziladi.
Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to’langan soliq to’g’risida
soliq nazoratiga o’z vaqtida ma’lumotnoma berilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib olish hollari uchrasa, auditor
bunga alohida e’tibor berishi lozim. Bunday muomalalar yozma ravishda tuzilgan, oldi-sotdi
shartnomasi bilan sotuvchining pasport ma’lumotlari ko’rsatilib rasmiylashtiriladi.
Jismoniy
shaxsdan, unga shaxsiy mulk huquqi bo’yicha tegishli bo’lgan vositalar (uy, dala hovli, avtomobil,
garaj va boshqa mulklar) sotib olinganda, unga to’lanadigan summadan belgilangan tartibda
byudjetga daromad solig’i ushlash kerak. Shu bilan birga ushbu jismoniy shaxsga to’lanishi lozim
bo’lgan summani o’z vaqtida to’lash uchun bankdan xo’jalik kassasiga pul olinganligi va kassadan
o’z vaqtida va to’liq berilganligi ham tekshirilishi zarur.
Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi
va doimiy yashash joyini
ko’rsatib, oldi - sottining summasi va ushlangan soliq summasi haqida soliq inspektsiyasiga xabar
qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan bo’lsa, (litsenziyasi bo’lsa)
undan asosiy vosita sotib olinganda daromad solig’i ushlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: