O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi to’g’riligini tekshirish



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   362
Аудит УМК

4. Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi to’g’riligini tekshirish. 
Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq muomalalar buxgalteriya 


 
hisobiga doir me’yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga 
olinganligi aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish 
manbalariga bog’liq.
Agar nomoddiy aktivlar pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinsa yoki korxonaning o’zida 
yaratilsa, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar 
rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga 
muvofiq 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar 
qiymatiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi 
tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirishning me’yoriy hujjatlarga 
muvofiqligini tekshiradigan jadval-test quyidagi jadval ko’rinishida bo’lishi mumkin. 
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishga doir muomalalar bo’yicha schyotlar bog’lanishi va asos bo’luvchi 
dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilishining to’g’riligini tekshirish
Muomalalar mazmuni 
№21-BHMS bo’yicha 
Korxonada tuzilgani 
 
Schyotlar 
bog’lanishi 
yozuvlarni 
tasdiqlovchi 
hujjatlar 
Schyotlar 
bog’lanishi 
Yozuvlarni 
tasdiqlovchi 
hujjatlar 
 
Dt 
Kt 
 
Dt 
Kt 
 
1. Nomoddiy aktivlar 
dastlabki qiymati bo’yicha 
(haqiqiy tannarxi bo’yicha) 
sotib olinganida 
0410-
0490 
0830 
Oldi-sotdi 
shartnomasi qabul 
qilish-berish 
dalolatnomasi 
04 
76 
Nakladnoy, ish 
vaqtini hisobga 
olish tabeli 
2. Korxonaning o’zida 
yaratilgan nomoddiy 
aktivlarni haqiqiy tannarxi 
bo’yicha kirimga olish 
0410-
0490 
0830 
Ilmiy-tadqiqot 
ishlanmalar 
dasturlari, loyiha-
smeta hujjat. NA qa-
bul qilish-top-shirish 
dalolat.
04 
23 
Ishbay ish 
uchun naryad, 
tabel, dalolat- 
noma 
3. Ustav kapitaliga ulush 
sifatida yoki obuna bo’lingan 
aktsiya qiymatini to’lash 
hisobiga olingan nomoddiy 
aktivlar-ni kirim kilish 
0410-
0490 
4610 
Ta’sis shartnomasi, 
qabul qilish 
topshirish 
dalolatnomasi 
04 
85/3 
Dalolatnoma, 
bux. ma’lu-
motnomasi 
4. Ekspert bahosi bo’yicha 
tekinga yoki hukumat 
organining subsidiyasi 
sifatida olinganda 
0410-
0490 
8530 
Tekinga berish 
to’g’risida shart-
noma, Q. Q-T dalo-
latnomasi, NA qayta 
baholash 
dalolatnomasi 
04 
85/3 
Shartnoma, bux. 
ma’lu-
motnomasi 
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq muomalalarni hisobda aks ettirish 
uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
№21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq 
barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, 
yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan 
moliyaviy natija, agar zarar ko’rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» 
schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning 
chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo’yicha schyotlar 
bog’lanishining to’g’riligi quyidagi ko’rinishdagi jadval - test yordamida tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish. 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy 
aktivlarning ayrim turlari qo’shimcha qiymat solig’i (QQS)dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida 
e’tibor berishi zarur.
№ 21 BHMS ga muvofiq nomoddiy aktivlar oldindan pul o’tkazish yo’li bilan sotib 


olinganida QQS 4410-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotida aks ettiriladi 
(hisob-kitob hujjatlarida alohida ajratib ko’rsatilganida).
Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo’yicha QQS summasi quyidagi hollarda byudjetga 
o’tkaziladi.
-
sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol etkazib beruvchilarga to’langanida; 
-
nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida; 
-
nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida.
Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko’rsatilgan bo’lmasa, u holda hisob-kitob 
hujjatlarida QQS ajratib ko’rsatilmaydi.
Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymatiga 0410-0490 schyotlar kredit 
va 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi. Hisoblangan eskirish summasiga esa 
0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki 
zarar 9220 schyotdan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» 
schyotiga o’tkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi, foyda byudjet bilan hisob-kitoblar 
ko’rsatkichlari, shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari mulklarini baholashning 
asoslanganligi ko’p jihatdan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va baholanishi, ular eskirishlari 
to’g’risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga bog’liq.
Shunga ko’ra, nomoddiy aktivlarni hisobda ro’yxatga olishning texnik jihatlarini tekshirish 
juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar o’z nomiga ko’ra moddiy negizga ega bo’lmaganliklari 
uchun korxonada u yoki bu ob’ektning haqiqiy kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalterlik nazoratini 
tashkil etish muammosi tez-tez vujudga keladi.
Buxgalterlik hisobining umumiy printsiplariga ko’ra har qanday nomoddiy aktiv kirimi 
tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Bunday dastlabki hujjatlashtirish o’zining 
mazmuni va tavsifiga ko’ra, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-1) kabi 
hujjatlarga o’xshash bo’lishi lozim. Hujjatlarda ob’ektlarning batafsil xususiyatlari, dastlabki 
qiymati, foydalanishga topshirilgan vaqti, eskirish normasi va xarajatga olib borish kodi, nomoddiy 
aktiv foydalanadigan bo’linma va boshqa ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim.
Nomoddiy 
aktivlarni 
kirim 
qilishda 
dastlabki 
hujjatlar 
bilan 
birga 
ularni 
indentifikatsiyalovchi (aynan o’xshatuvchi) hujjatlar ham bo’lishi zarur. Bunday hujjatlarga 
nomoddiy aktivlarning o’zlarini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi hujjatlar, shuningdek, 
korxonaning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda
buxgalterlik hisobda aks ettiriladigan nomoddiy aktivlarning istalgan ob’ekti ob’ektiv shaklda 
mavjud bo’lishi lozim.
Sanoat namunalari va kashfiyot huquqlarini sotib olish patentlar, guvohnomalar bilan 
tasdiqlanadi. Korxona tomonidan har qanday mualliflik huquqlarini sotib olish faqat ushbu 
mualliflik huquqlarini sotuvchilar jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilib, yuridik jihatdan 
kuchga kirgan to’laqonli shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Korxona «nou–xou» sotib olishni rasmiylashtirishi uchun uning og’zaki (matnli) yoki 
tasviriy tavsifiga ega bo’lishi lozim. Korxona raqobat sharoitida sanoat va intellektual mulklarni 
muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni ko’rishi lozim. Bu nomoddiy aktivlar ob’ektlarning har biri 
uchun konkret xodimlarni javobgarlikka tortish va ko’rilgan zararni to’liq qoplash uchun imkon 
yaratadi.
Korxonalar nomoddiy aktivlarni har xil yo’llar bilan sotib oladilar va shunga ko’ra ularning 
kirimi ham hisobda turlicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar korxona ustav kapitaliga ishtirokchilarining hissasi sifatida qo’shilishi 
mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor bahosiga yaqinlashgan va korxona aktsiyadorlar 
kengashi (boshqaruvi) va aktsiyadorlar tomonidan belgilangan shartnoma bahosida kirimga olinadi.
«Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) 
va realizatsiya xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida Nizom»ga 
muvofiq texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va 
tajriba - konstruktorlik ishlarini o’tkazish bilan bog’liq mahsulotlar sifatini yaxshilash, xom ashyo 
va materialllarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari 9420-


 
«Ma’muriy xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Agar korxona qandaydir ishlab chiqarish va 
intellektual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaratsa, ushbu «Nizom» dan kelib chiqqan holda, ularni 
mulk sifatida hisobga olib bo’lmaydi, chunki ularni yaratish bilan bog’liq xarajatlar 
kapitallashmaydi.
Ushbu savol masalasida turli mamlakatlarda qarama - qarshi fikrlar mavjud. Masalan, ayrim 
mamlakatlarda nomoddiy aktivlar mablag’ sifatida inobatga olinmaydi, ularni darhol ishlab 
chiqarish sarflari yoki foyda hisobiga hisobdan chiqarish ko’zda tutilgan. Ammo, bunday 
yondoshuvga qarama-qarshi gumon patentlar olish va kashfiyotlar, tovar markalari, savdo belgilari, 
«Nou-xou» ishlanmalari va dastur ta’minotlarini yaratish bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlari (ITTKI) kabi aktivlarni darhol hisobdan o’chirish, davr oralig’ida oladigan 
daromadlarni buzib ko’rsatishga olib keladi va korxonalar tomonidan ushbu faoliyat sohasiga 
mablag’lar sarflashni to’xtatib turadigan omil bo’lib hisoblanishidan iborat. Agar nomoddiy 
aktivlarni yaratish bilan bog’liq xarajatlarni darhol hisobdan o’chirish fikriga qo’shiladigan bo’lsak, 
unda bizning korxonalarimizda bunday xarajatlarga eng oz miqdorda mablag’ ajratilib, 
respublikamiz xududida ishlab chiqarish va intellektual mulkni (korxonaning o’z ishlab 
chiqarishini) umuman pasayishiga olib keladi, korxonalar esa o’zlarining mulkiy huquqlari 
(nomoddiy aktivlari)ni yaratmasdan, xorijdan sotib olishga xarajat qiladilar.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin