-
korxonaning maqsadi
va faoliyat turlari;
-
ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;
-
korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan qaror qabul
qilish tartibi;
-
dividendlar taqsimlash tartibi;
-
amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan,
lekin
qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar. Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda
korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini e’tiborga olish zarur. Masalan, aktsiyadorlik jamiyatining
ta’sischilari tomonidan tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi ma’lumotlar
bilan birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aktsiyalarning toifalari, ularning nominal qiymati va
miqdori, aktsiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi shartlar har xil bo’lishi lozim. Aktsiyadorlik
jamiyatining barcha aktsiyalari bir aktsiyador
tomonidan sotib olinganda, aktsiyadorlik jamiyatini
bir kishi tashkil etgan hisoblanadi yoki bir aktsiyadordan iborat bo’ladi. Bu holdagi ma’lumotlar
aktsiyadorlik jamiyati ustavida qayd qilingan, ro’yxatga olingan va hamma tanishishi uchun e’lon
qilingan bo’lishi kerak.
Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aktsiyadorlik jamiyati va mas’uliyati cheklangan
jamiyat
yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’la
olmasligiga e’tibor berishi kerak.
Aktsiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham yuridik shaxslar, ham
jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Qo’shma korxona ustav kapitaliga o’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan qo’shiladigan hissa
xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada qanday baholansa, kelishilgan baholar
bo’yicha chet el valyutasida ham jahon bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil etish haqidagi
shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan boshqa sanaga amalda bo’lgan
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy valyuta kursi bo’yicha so’mga
hisoblab
o’tkazish yo’li bilan baholanadi.
Jahon bozori bahosi bo’lmaganda qo’shilayotgan mulklar qiymati ishtirokchilarning
kelishuviga muvofiq aniqlanadi.
Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir tashkiliy-huquqiy
shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun turli mas’uliyatlar belgilanishini inobatga olish zarur.
Korxona ta’sischilarining soni va ularning ustav kapitalidagi ulushini tekshirish chog’ida
auditor ta’sischilarning eng ko’p soni va bir ta’sischining ustav kapitalidagi eng ko’p ulushi, hamda
ustav kapitalining eng kam ko’lami tegishli yuridik shaxs uchun qo’llaniladigan Qonun bilan
aniqlanadi.
Ushbu talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko’rsatishi, hamda kreditorlarning
manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri hisoblanadi.
Korxona sof aktivlari
maqdorining uning utav kapitalidan oshib ketishi (yoki teng bo’lishi) to’g’risidagi majburiy
talablarga rioya qilinishi shu maqsadlardagina tekshiriladi.
Korxonaning xususiy kapitalini tekshirish uchun zarur ma’lumotlar moliyaviy hisobotning
quyidagi shakllarida aks ettiriladi:
Buxgalteriya balansida (OKUD bo’yicha 1-shakl):
Ta’sislarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlari – aktivdagi II-
«Aylanma aktivlar» bo’limining «Ta’sischilar bilan hisoblashishilar» moddasi (4610-schyot) (280-
satr);
Passivdagi I»O’z mablag’lari manbalari» bo’limida ustav kapitali (320 satr), qo’shilgan
kapitali (330 satr), zahira kapitali (340 satr), taqsimlanmagan foyda (350 satr);
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-shakl) da
Xususiy kapitalning tarkibi bo’yicha : yil boshiga qoldig’i (010 satr 3, 4, 5, 6, 7, 8, -ustunlar),
yil davomidagi o’zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga qoldig’i (080-satr).