O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   362
Аудит УМК

3. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi 
Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, 
uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni 
bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. 
Tekshiruv o’tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq to’lashning 
qanday shakllari va tizimlari qo’llanishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq to’lash va mukofotlash 
to’g’risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to’lash hisobi qanday 


tashkil etilganligi, ushbu hislob bo’limi kompyuterlashtirilganligi va boshqa masalalarni aniqlashi 
lozim. Albatta, auditor test savollar ro’yxatini ishlab chiqishi lozim. Quyida mehnatga haq to’lash 
bo’yicha audit dasturini tuzishdan oldin tuzilgan test savollari jadvali keltiriladi.
Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar bo’yicha buxgalteriya hisobi va 
ichki nazorat tizimi holatini tekshirish yuzasidan testlar 
№ 
Savol mazmuni yoki o’rganilayotgan 
ob’ekt 
Javob mazmuni 
(tekshiruv natijasi) 
Belgi 
Auditorning xulosalari 
va qarorlari 





A.Ichki nazorat 

Xodimlar jadvali tasdiqlanganmi va unga 
rioya etiladimi? 
Xodimlar jadvali har yili 
bir 
marotaba 
qaytadan 
ko’rib chiqiladi 
N2 
Ichki 
nazorat 
susaytirilgan, 
xatolar 
bo’lishi mumkin 

Har bir xodimga shaxsiy varaqalar 
yuritilganmi 
Ha, yuritilgan 
N4 
Nazorat etarli darajada 

Ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish 
to’g’risidagi buyruqlar o’z vaqtida qabul 
qilinadimi? 
Buyruqlar o’z vaqtida va 
to’g’ri qabul qilinadi 
N4 
Nazorat etarli darajada 

Xodimlar bo’limi tomonidan tasdiqlangan 
ishbay 
haqlar 
va 
ta’rif 
stavkalari 
qo’llaniladimi? 
Xodimlar 
bo’limi 
tomonidan 
bir 
yilda 
kamida bir marotaba tanlab 
olib 
nazorat 
amalga 
oshiriladi 
N2 
Ichki 
nazorat 
susaytirilgan, 
xatolar 
bo’lishi mumkin 

Ish 
haqidan 
ushlab 
qolishlar 
tekshiriladimi? 
Bir 
yilda 
kamida 
bir 
marotaba 
tanlab 
olib 
nazorat amalga oshiriladi 
N2 
Ichki 
nazorat 
susaytirilgan, 
xatolar 
bo’lishi mumkin 

Soliqlar, ijtimoiy sug’urta bo’yicha hisob-
kitoblar 
soliq 
idoralari 
tomonidan 
tekshirilganmi?
Hisobot yilida tekshiruv 
o’tkazilmagan 
N2 
Ichki 
nazorat 
susaytirilgan, 
xatolar 
bo’lishi mumkin 

Hisob-kitob to’lov qaydnomalari to’g’ri 
raqamlanganmi ? 
Ketma-ket 
raqamlash 
qo’llaniladi 
N4 
Nazorat etarli darajada 

Mukofotlar, 
mehnat 
ta’tili, 
kasallik 
varaqalari 
va 
boshqalarni 
hisoblash 
tartibiga rioya qilinadimi? 
Rioya 
qilinadi, 
lekin 
korxonada to’lovlar tartibi 
to’g’risida ichki Nizom 
ishlab 
chiqilmagan 
va 
tasdiqlanmagan 
N2 
Ichki 
nazorat 
susaytirilgan, 
xatolar 
bo’lishi mumkin 

Ish haqi va boshqa to’lovlar o’z vaqtida 
to’lanmagan holatlar bo’lganmi? 
Ha, bo’lgan 
N2 
Sabablarini 
aniqlash 
lozim 
10 
Ish haqini tayyor mahsulotlar bilan to’lash 
holatlari bo’lganmi? 
Ha, bo’lgan 
N2 
Soliqqa tortish to’g’ri 
hisoblanganligini 
tekshirish lozim 
11 
Ish haqi bo’yicha schyotlarning o’zaro 
bog’lanish chizmasi ishlab chiqilganmi? 
Yo’q, ishlab chiqilmagan. 
N2 
Schyotlar korresponden-
tsiyalanishida 
xatolar 
bo’lishi mumkin 
12 
Ish haqini hisoblash bo’yicha dastlabki 
hujjatlar, 
tahliliy 
va 
sintetik 
hisob 
ma’lumotlari solishtiriladimi? 
Chorak oxirida tanlab olib 
tekshiriladi 
N3 
Tanlab olib tekshiruv 
o’tkazish lozim 
Izoh: N1-past daraja; N2-o’rtachadan past; N3-o’rtacha, N4-yuqori. 
Ustav kapitalini shakllanishi va harakati va ulardan foydalanish bo’yicha auditorlik 
tekshiruvining o’tkazish rejasini tuzishi va audit dasturini tayyorlashi lozim. 
Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
o’rtasida shartnoma tuzulgunga qadar boshlanadi. Bu xolat ko’p hollarda, agar mijoz bilan 
shartnoma tuzulmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan 
mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzulgan 
holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditning umumiy 
qiymatiga qo’shiladi, aks xolda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi 
lozim.Rejalashtirish auditning boshlang’ich bosqichi bo’lib,auditorlar reja tuzulgunga qadar 
bevosita tekshiruv ishlarini boshlamasliklari lozim. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin