O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


-jadval  TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo’yicha tarkibi va



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   362
Аудит УМК

25-jadval 
TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo’yicha tarkibi va 
strukturasi taxlili 
Xarajatlar 
guruxlari 
O’tgan yil 
Hisobot yili 
O’zgarishi 
Summa, 
m.s. 
Salmog’i (%) 
Summa, 
m.s. 
Salmog’i 
(%) 
Summa, 
m.s. 
Salmog’i 
(%) 
1.Moddiy xarajatlar 
436322 
82 
577385 
83 
+141063 
+1 
2.Mehnat haqi 
xarajatlari 
47700 

57240 
8,2 
+9540 
-0,8 
3.Ijtimoiy sug’urta 
ajratmalari 
10110 
1,9 
12035 
1,7 
+1925 
-0,2 
4. Amortizatsiya 
ajratmalari 
3725 
0,7 
3916 
0,6 
+191 
-0,1 
5. Boshqa ishlab 
chiqarish xarajatlari 
34243 
6,4 
45068 
6,5 
+10825 
+0,1 
Jami ishlab chiqarish 
xarajatlari 
532100 
100 
695644 
100 
+163544 
Shu bilan birga moddiy xarajatlarda ham keskin oshish kuzatilgan, bunga sabab qilib 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi yoki material xarajatlarda narxlar oshishi kuzatilgan bo’lishi 
mumkin. Umumiy ta’sir jami xarajatlarning 163544 m.s. ga oshishiga olib kelgan. 
26-jadval 
TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlar taxlili 
Ko’rsatkichlar 
O’tgan yili 
Hisobot yili 
O’zgarishi 
Biznes 
rejada 
Haqiqatda 
Biznes rejaga 
nisbatan 
Haqiqatga 
nisbatan 
1. Mahsultlarning ishlab 
chiqarish tannarxi, ming 
so’mda 
532100 
623453 
695644 
72191 
163544 
2.Mahsulotning 
solishtirma ulgurji bahosi
ming so’mda 
653251 
779315 
800269 
20981 
147018 
3. Bir so’mlik mahsulot 
uchun qilingan xarajatlar, 
tiyin hisobida 
81,45 
80,00 
86,93 
6,93 
5,48 
Yuqoridagi masaladan ko’rinib turibdiki, «ZIYONUR AUDIT» auditorlik tashkiloti auditori 
haqiqatda bir so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajatlar oshganligini aniqladi va auditor 
buning sababini aniqlab o’z hisobotida aks ettirgan. Mahsulotni mo’ljallangandan yuqoriroq narxda 
sotish imkoniyati bo’lgan, lekin mahsulot tannarxidagi kata o’zgarish qimmatroq sotishdan 
ko’rilishi mumkin bo’lgan foydani yo’q qilib tannarxni oshirib yuborgan va buning natijasida 1 
so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajatlar biznes rejaga nisbatan +6,93 tiyinga, o’tgan yilga 
nisbatan esa +5,48 tiyinga oshgan. Bu esa albatta, korxona foydasini kamaytirib yuborgan.


 
Analitik hisob registrlari ma’lumotlarini Bosh daftar bilan taqqoslash mijoz tomonidan 
vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat tadbiri bo’lib hisoblanadi. Qoidaga kura, auditorlar qilingan 
taqqoslashlarni, aniqlangan g’ayrioddiy xarajat summalarini tahlil qiladi, jami xarajatlar 
summalarini qayta jamlab chiqadi. 
Shu orqali mahsulot tannarxini ifodalovchi ko’rsatkichlardan eng muhimi hisoblangan, bir 
so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatni aniqlash va unda aniqlangan kamchiliklarni o’z 
hisobotidan aks ettiradi. Bu ko’rsatkich orqali qilingan xarajatlarning samaradorligini aniqlash 
mumkin. Mahsulot tannarxi auditi natijalarini umumlashtirishda bir so’mlik mahsulot uchun 
qilingan xarajatlar dinamikasi, biznes rejaga nisbatan o’zgarishi aniqlanadi. 
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chikib, umumlashtirilgan va baxolangan tekshiruv 
natijalarini kamida ikkita xujjat bilan rasmiylashtirish maksadga muvofikdir:
1. Audit haqidagi shartnomada ko’zda tutilgan davr ichidagi korxonaning ishlab 
chiqarilagan mahsulotlar tannarxini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida xisobot; 
2. Moliyaviy hisobotda to’g’ri aks etishi bo’yicha auditorlik hisobotiga tekshirish natijasi 
bo’yicha ma’lumot kiritish. 
Mahsulot tannarxining auditorlik hisoboti shu tekshiruvni o’tkazgan auditor(lar) tomonidan 
boshqa auditorlik tekshiruvlari kabi betma-bet imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti auditorlik 
tekshiruvining buyurtmachisiga, buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari ko’rsatilgan holda 
jo’natiladi.
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu jumladan 
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va 
auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar haqida ma’lumotlar, hamda auditorlik 
tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi 
ko’rsatiladi. 
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari (batafsil 
bayoni); 
- xarajatlarni bo’limlar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishini amalga oshirish chog’ida 
qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari; 
- xom ashyo va tayyor mahsulotlarning saklanishini tekshirish natijalari. 
Mahsulot tannarxining to’g’ri hisoblanganligi bo’yicha tuzilgan auditorlik xisobotining 
yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo’yicha 
auditorlik tashkilotining tavsiyalari, hamda mahsulot tannarxini kamaytirish bo’yicha maslahatlar 
va takliflari aks ettiriladi. 
Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona moliya-xo’jalik 
faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek, tahlil ishlarining darajasi hamda 
korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi. Auditor keltirilgan kamchiliklar 
bo’yicha ularni bartaraf qilishga qaratilgan o’z takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim. Lekin 
tekshirilayotgin korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki 
hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi mutlako mumkin 
emas.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga bildiradi va 
ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi. 
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash ishlarida 
auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur.
Shu bilan birga Auditning Xalqaro standatiga muvofiq audit o’tkazilganda auditorlik xulosasini 
tayyorlashda asosan № 700 - «Moliyaviy hisobotlar to’g’risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) 
berish» nomli AXSdan foydalaniladi.
Audit natijalari korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarning to’g’ri taqsimlanishi 
natijalarini xolisona aks ettirishi lozim. Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida 
tekshiruvdan o’tkazilgan asosiy hujjatlar ro’yxati va sanasi ko’rsatilgan holda aks ettirilishi lozim.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining 


ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik 
tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan 
moliya-xujalik muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini 
ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.
Auditorga barcha zarur ma’lumotlar o’z vaqtida taqdim etilmagan yoki buzib ko’rsatilgan 
holda taqdim etilganligini u bilmagan bo’lsa, bunga auditor javobgar hisoblanmaydi. Bu hollarda 
barcha javobgarlik zarur ma’lumotlarni auditorga taqdim etishi lozim bo’lgan, tekshirilayotgan 
korxona ma’muriyati va uning ma’sul xodimlariga yuklatiladi. Shu boisdan, korxona rahbari va 
moliya-hisob xizmati xodimlari oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar 
tanishib chiqishlari, agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir 
takliflari bo’lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida 
muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e’tiborga olinib, xulosaning 
oxirgi tahririda inobatga olinishi lozim. Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid 
holat aniqlanmagan bo’lsada, xulosalarni ochiqdan-ochiq yoki niqoblangan ishoralar bilan 
shakllantirish mumkin emas. Auditorlik xulosasida hech qanday taxminlar, gumonlar, mish-mishlar 
va boshqa tasdiqlanmagan manbalardan olingan ma’lumotlarni keltirish mumkin emas. Shuningdek, 
xulosada judayam ehtiroslarga berilgan so’zlar, keltirilgan faktlar bo’yicha sharhlar, bo’lmasligi 
kerak. 
Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng barcha materiallar (ishchi va analitik jadvallar, 
hisob-kitoblar, auditorlik tekshiruvi va xulosalar hamda ekspertiza dalolatnomalarining birlamchi 
nushalari, hisob xodimlari, moddiy javobgar shaxslar va boshqalarning tushuntirish xatlari) har bir 
tekshirilgan korxona uchun maxsus ochilgan papkalarda saqlanishi lozim.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin