O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   362
Аудит УМК

3.Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi 
Auditorlik xulosasi
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan 
foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. 
Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib
auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor 
tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha, 
auditorlik xulosasi
moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining 
qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri 
yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar 
uchun ochiq bo’lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan 
imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak (19-modda).
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash ishlarida 
auditorlik faoliyatining milliy standartlari
(AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. 
Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan № 70 - «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot 
to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini tashkil etish 
va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim.
Boshqacha qilib aytanda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv bo’lib, uning xulosasi 
ma’lum ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» hisoblanadi.
Shuningdek, davlat organlari topshirig’iga binoan o’tkazilgan tekshiruv natijalari bo’yicha 
tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq 
tayinlangan ekspertiza xulosasiga tenglashtiriladi.
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo’lishi lozim.
Auditorlik xulosasining kirish qismi
da quyidagilar ko’rsatiladi: 

auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar

litsenziyasining tartib raqami; 

auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi va berilgan vaqti, 
shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati; 

auditorlik tashkilotini davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi guvohnomasining raqami; 

auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti; 

tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti rahbarining nasabi, 


ismi-sharifi.

auditorlik tekshiruvi o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ektning umumiy tavsifi.
Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan o’tkazilgan moliyaviy 
hisobotlar ro’yxati, sanasi va hisobot davri ko’rsatilgan holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, 
kirish qismida auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi 
uchun ma’suliyat xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot 
bo’yicha berilgan auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi ko’rsatilishi 
lozim.
2. Auditorlik xulosasining ta’kidlovchi qismida auditorlik xulosasi AFMSga muvofiq 
o’tkazilganligi ta’kidlanishi lozim.
Ta’kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va 
qonunchilikka, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga 
muvofiqligini baholashini ko’rsatishi lozim. Shuningdek, ta’kidlovchi qismda o’tkazilgan auditorlik 
tekshiruvi fikr bildirish uchun etarli asos berishi to’g’risida auditorlik tashkilotining tasdig’i aks 
ettirilishi lozim.
3. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin