O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   362
Аудит УМК

- keyingi pul kirimlari va tegishli schyotlar qoldiqlaridan to’langan to’lovlarga doir 
dastlabki hujjatlarni tekshirish. 
Auditorlar odatda buxgalteriya balansi tuzilgandan keyingi to audit 
o’tkazilgan oxirgi kunga qadar amalga oshirilgan to’lovlarni ham tekshiradi. Bu tekshiruv natijalari 
hisob ma’lumotlarining ishonchliligini joriy majburiyatlarni balansda aks ettirishning to’liqligi va 
haqqoniyligi nuqtai nazaridan baholashga imkon beradi. Ushbu amallarni bajarish natijasida joriy 
majburiyatlar to’liq va haqqoniy aks ettirilganligi to’g’risida olingan dalillar, buxgalteriya hisoboti 
tuzilganidan so’ng to’langan qarzlarga nisbatan etarli darajada deb baholanishi mumkin. Shundan 
so’ng auditor to’lovi tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qarzlar summalarining katta - kichikligini 
baholaydi; 
- schyotlarni buxgalteriya hisoboti tuzilganidan so’ng tayyorlangan moddiy javobgar 
shaxslar hisobotlari bilan, hisob ma’lumotlari bo’yicha qoldiqlar bilan solishtirish. 
Buxgalteriya 
hisoboti tuzilgan kundan oldin olingan barcha schyotlar (etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va 
ko’rsatilgan xizmatlar uchun) joriy davrdagi hisobda va shu davr uchun tuzilgan hisobotda aks 
ettirilishi kerak. Shuning uchun buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan so’ng tayyorlangan 
materiallar harakati to’g’risidagi hisobotlar va schyotlardagi sanalar, mulklar va majburiyatlarning 
balansda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish maqsadida taqqoslanishi maqsadga muvofiq.
- mavjud qoldiqlarni schyot-fakturalar ma’lumotlari, moddiy javobgar shaxslar hisobotlari 
va to’lov hujjatlari bilan solishtirish. 
Agar debitor va kreditor qarzlarning miqdori xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt moliyaviy ahvoli uchun sezilarli darajada bo’lsa, auditorlar hisobga olishning 
to’g’riligi va aniqligini tekshirishi, shuningdek, hisob ma’lumotlari bo’yicha majburiyatlarning 
oshirib ko’rsatilmaganligini aniqlashlari lozim. Bu holda dastlabki hujjatlar ma’lumotlari analitik 
hisob registrlari (jurnallar, oborot yoki saldo vedomostlari) da aks ettirilgan axborotlar bilan, oldin 
eng katta qoldiqlilaridan boshlab (chunki ular bo’yicha oshirib ko’rsatish ehtimoli ko’proq) 
solishtiriladi. Olingan ma’lumotlar bo’yicha hisob yozuvlarida (masalan, bitta schyotni hisob 
registrida ikki marta aks ettirish va shunga o’xshash) majburiyatlar (debitor va kreditor qarzlar) 
oshirib ko’rsatilish holatlarining katta-kichikligini baholash zarur.
- mol etkazib beruvchilar va boshqa kontragentlar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlash. 
Audit 
o’tkazish chog’ida bunday tasdiqni olish majburiy emas. Lekin, ushbu amal ko’pchilik hollarda 
katta naf keltirishi mumkin. Masalan, mol etkazib beruvchilardan olingan javoblar quyidagilarni 
tasdiqlash uchun ishlatilishi mumkin: 
-
mol etkazib beruvchilar bo’yicha debitor qarzlar ularning asosli da’vosi hisoblanadi; 
-
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari mol etkazib beruvchilarga barcha mavjud qarzlarni o’zida 
aks ettiradi; 
-
sotib olingan moddiy resurslar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar tegishli hisobot 
davrida aks ettirilgan. Bunda audit o’tkazish chog’ida kontragentlardan tasdig’ini olish zarurligi 
to’g’risida guvohlik beradigan omillarni belgilab qo’yish kerak: xaridlarni ichki nazorat qilish 
tuzulmasining bo’shligi; moliyaviy muammolar; tovar-moddiy boyliklar bo’yicha qoldiqlar 
chiqarishda yoki qarzdorlarni tekshirishda yo’l qo’yilgan xatolar to’g’risidagi faktlar; bir necha mol 
etkazib beruvchilardan qilingan katta xaridlar; xaridlar to’g’risidagi hisobot buxgalteriya balansini 
tuzish sanasiga tayyorlanmagan. Tasdiqlash ishlarining natijalarini umumlashtirib, eng avvalo, 
ularning ishonchliligini baholash zarur. Bunda qarzlarning yozma va og’zaki shaklda tasdiqlangan 
miqdori va ahamiyatliligi baholanadi.
Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish qabul qilingan. Yozma 
tasdiqlarning ishonchliligi ularning to’g’ri rasmiylashtirilishiga bog’liq. Tasdiqlar ishonchliligining 
tahlilidan kelib chiqib, tasdiqlangan va tasdiqlanmagan summalarning katta-kichikligi, shuningdek 
majburiyatlarning ishonchliligi to’g’risida auditor fikrini shakllantirish uchun olingan dalillar 


 
etarliligi baholanadi
Debitor va kreditor qarzlar analitik hisobi ma’lumotlarining tengligini tekshirish. 
Dastlabki 
hujjatlarni tekshirib chiqish yoki debitor va kreditor qarzlar tasdig’ini olish munosabati bilan 
auditorlar hisob-kitoblarni hisobga oladigan analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi, hamda 
ularni Bosh daftar ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Hisob-kitob muomalalari hisobga 
olinadigan schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin: 
-
mol etkazib beruvchilar schyotlari bo’yicha debet qoldiqlar; 
-
mansabdor shaxslar, direktorlar, raislar, sho’’ba va tobe korxonalarga va boshqa 
o’zaro bog’liq tomonlardan qarzlar summalari; 
-
mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir haddan tashqari katta tuzatishlar; 
-
da’vo muddati o’tib ketgan yoki o’tayotgan to’lanmay qolgan schyot-fakturalar.
Barcha belgi qo’yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda tahlil qilinishi va 
hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning natijalarini boshqa olingan dalillar bilan taqqoslash 
maqsadga muvofiq. Masalan, da’vo muddati o’tib ketayotgan to’lanmay qolgan schyotlar va mol 
etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha debet qoldiqlarning aniqlangan summalariga 
ma’lumotlar muvofiqligi to’g’risida tasdiq olinishi mumkin. Bu holda auditor analitik hisob 
ma’lumotlarining ishonchliligi haqida etarli dalillarga ega bo’ladi.
Agarda olingan tasdiqlar natijalariga ko’ra kontragentda bunday qarzdorlikning yo’qligi 
aniqlansa, u holda auditor analitik hisob ma’lumotlarini ishonchsiz deb baholashi mumkin.
Analitik hisob registrlari ma’lumotlarini Bosh daftar bilan taqqoslash mijoz tomonidan 
vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat tadbiri bo’lib hisoblanadi. Qoidaga ko’ra, auditorlar 
qilingan taqqoslashlarni, aniqlangan g’ayrioddiy summalarni tahlil qiladi, jami summalarni qayta 
jamlab chiqadi.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin