-
272 -
shartnomasi 100 ta aksiyani sotish yoki sotib olish boʻyicha tuziladi.
Shunday ekan, investor broker orqali 115 dollarni birja hisobraqamiga
oʻtkazish kerak. Shundan soʻng birja bu summani kontragent
hisobraqamiga oʻtkazadi.
Yuqoridagi misolga koʻra, investor 115
dollar hisobiga Intel
kompaniyasining 100 dona aksiyasini 22,5 dollardan sotib olish
huquqiga ega boʻladi. Kontragent operatsiya boʻyicha 115 dollarni
oladi va investor opsion ijro etilishiga qaror qilsa Intel kompaniyasi
100 dona aksiyasini 2013-yil 18-oktyabrgacha 22,5 dollardan sotishga
rozilik beradi. Agar Intel kompaniyasi aksiyalari bahosi 2013-yil 18-
oktyabrgacha 22,5 dollardan
oshmasa opsion bajarilmaydi, investor
esa 115 dollarni yoʻqotadi. Lekin Intel kompaniyasi aksiyalar bahosi
30 dollargacha koʻtarilsa investor 100 ta aksiyani 22,5 dollardan sotib
olishi mumkin boʻladi. Bunday holatda investor foydasi 750
dollar
((30 – 22,5)x100)ni, opsion bahosini hisobga olgan holda 635 dollar
(750 – 115)ni tashkil etadi.
Ikkinchi muqobil bitimni koʻrib chiqamiz. Masalan, investor bitta
iyuldagi opsion putni 20 dollar ijro etilish bahosi bilan sotib olmoqchi.
Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibdiki, bu opsion har bir aksiya
boʻyicha 0,85 dollar va bitta opsion bitimi boʻyicha 85 dollar
(100x0,85)ni tashkil etadi. Bunda investor 85 dollar evaziga 2013-yil 19-
iyulgacha Intel kompaniyasi har bir aksiyasini 20
dollardan sotish
huquqini oladi. Agar Intel kompaniyasi aksiyalari 20 dollardan oshib
ketsa opsion bajarilmaydi va investor 85 dollarni yoʻqotadi. Lekin
aksiyalar bahosi 15 dollarga teng boʻlsa, investor tomonidan opsion ijro
etiladi va 100 ta aksiyani 20 dollardan sotish natijasida 500 dollar
miqdorida foyda oladi. Bunda opsion
bahosini chegirgan holda
operatsiya boʻyicha sof foyda 415 dollarni tashkil etishini ta’kidlash
mumkin.
Yana bir holatni koʻrib chiqamiz. Investor eBay kompaniyasi 100 ta
aksiyasiga 100 dollar ijro etilish bahosi bilan Yevropa opsion koll sotib
oldi. Faraz qilaylik, aksiyalarning joriy bahosi 98 dollarga teng, opsion
boʻyicha toʻlov muddati toʻrt oyga teng, opsionlar bahosi (mukofoti) esa
har bir aksiyani xarid qilish uchun 5 dollar. Dastlabki investitsiya
summasi 500 dollar. Opsionning Yevropa opsioni ekanligi sababli
investor uni faqat toʻlov muddatining tugash vaqtida bajarishi mumkin.
Agar ijro etilish vaqtida aksiya bahosi 100 dollardan past boʻlsa, investor
-
273 -
opsion shartnomasini bajarish uchun qabul qilmaydi. Ya’ni bozorda
aksiya bahosi 100 dollardan past boʻlgan holatda ularni 100
dollardan
sotib olishdan hech qanday ma’no yoʻq. Bunday holatda investor oʻz-
oʻzidan dastlabki investitsiya summasini, ya’ni 500 dollarni yoʻqotadi.
Lekin opsion muddatining tugash sanasida aksiyalar bahosi 100
dollardan yuqori boʻlsa opsion bajarishga qabul qilinadi. Faraz qilaylik
aksiya bahosi muddat oxirida 115 dollarga teng boʻlsa, opsion bajariladi
va investor 100 ta aksiyani 100 dollardan sotib oladi. Bu aksiyalarni
darhol sotish natijasida investor har bir aksiya boʻyicha 15 dollardan
foyda oladi. Umumiy operatsiya boʻyicha
investor foydasi opsion
boʻyicha dastlabki qoʻyilmani hisobga olgan holda 1000 dollarni tashkil
etadi.
Quyidagi rasmda opsion bajarilish vaqtida bir dona aksiya
bahosiga investor foyda yoki zararining bogʻliqligi koʻrsatilgan (18.1-
rasm).
18.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: