-
279 -
Xorijiy valyutalar boʻyicha opsionlar
ning katta qismi Filadelfiya
fond birjasida kotirovkalanadi. U yerda turli
xil xorijiy valyutalarni
oldi-sotdisi boʻyicha Yevropa va amerika opsionlari kotirovkalanadi.
Bitta shartnoma miqdori valyuta turiga bogʻliq. Masalan, Britaniya
funt sterlingi boʻyicha bitta opsion shartnomasi uning egasiga 31250
funt sterling sotib olish yoki sotish huquqini beradi. Yapon ieni
boʻyicha bitta opsion shartnomasi esa 6,25 million ien sotib olish yoki
sotish huquqini taqdim etadi.
Butun dunyo boʻyicha
turli xil
fond indekslariga opsionlar
yoki
indeksli opsionlar (index option)
kotirovkalanadi. Ulardan keng
tarqalganlari sifatida S&P 500 (SPX), S&P 100 (OEX), Nasdaq 100
(NDX) va Dou-Jons (DJX) indekslariga
opsion shartnomalarini
keltirish mumkin. Fond indekslari boʻyicha opsionlar ham Yevropa va
amerika opsionlariga boʻlinadi. Masalan, S&P 500 (SPX) boʻyicha
opsion Yevropa opsioni, S&P 100 (OEX) boʻyicha opsion esa amerika
opsioni hisoblanadi. Bitta shartnoma uning egasiga indeksning 100
baravari miqdoridagi aktivni oldindan kelishilgan ijro etilish bahosi
boʻyicha sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Hisob-kitoblar har
doim naqd pulda amalga oshiriladi. Masalan, S&P 100
indeksi
boʻyicha opsion koll ijro etilish bahosi 980 dollarga teng. Qachonki
indeks bahosi 982 dollarga koʻtarilganda opsion bajariladigan boʻlsa
opsion sotuvchi uning egasiga (992 – 980) x 100 = 1200 dollar
toʻlaydi. Naqd hisob-kitoblar kun oxirida
qayd etilgan indekslar
qiymatiga asoslanadi. Ya’ni koʻp holatlarda opsion egalari oʻz sotish
yoki sotib olish huquqidan foydalanishga ishonch hosil qilgandagina
sotish yoki sotib olishini e’lon qiladi va odatda investorlar kun
oxirigacha kutib turadi.
Fyuchers opsionlari
yoki
fyuchers boʻyicha opsionlar
(
futures
option
)da bazaviy aktiv sifatida fyuchers shartnomalari qoʻllanadi.
Bunday opsion aniq belgilab qoʻyilgan bazis aktiv boʻyicha fyuchers
shartnomasini sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Hozirgi vaqtda
asosida oddiy fyuchers shartnomalari boʻlgan aksariyat aktivlar
boʻyicha fyuchers opsionlari koʻpchilik uchun qulay. Qoidaga koʻra,
-
280 -
fyuchers shartnomalari va fyuchers
opsionlar bitta birjada
kotirovkalanadi.
Dostları ilə paylaş: