P/E=P/4,80=10, bundan P=48
birlik har bir aksiyaga.
Investor 120x1,25= 150 ta aksiyaga egalik qiladi.
Aksiyalar paketi jamlangan qiymati 48x150=7200 birlik.
Bunday holatda dividendlarni aksiya koʻrinishida toʻlash nazariy
jihatdan aksiyadorlik jamiyati qiymati oshishiga va ikkinchi
tomonidan mulkdorlar mulki darajasi oʻsishiga olib kelmaydi.
Lekin amaliyotda dividendlarni aksiyalar koʻrinishida toʻlash
korxonaning likvidliligi bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelganda
ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur amaliyotning umumiy afzalliklari
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- dividend uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini kompaniya
ixtiyorida qoldirish:
- ijobiy bozor signallari berilishi va pul mablagʻlarining
yetishmasligi sharoitida dividend siyosatini amalga oshirish;
- muomaladagi aksiyalar sonini oshirish;
- aksiyadorlar uchun qoʻshimcha xarajatlarsiz oʻz ulushini
oshirishning samarali usuli.
Aksiyalarni maydalash
aksiyalar sonini proporsional tarzda
oshirish jarayonida ularning nominal qiymatini pasaytirishni oʻzida
aks ettiradi. Bunda xususiy kapital, firma qiymati va aksiyador mulki
oʻzgarishi kuzatilmaydi.
-
293 -
Aksiyalarni maydalashdan asosiy maqsad likvidlilikni va
investorlar uchun aksiyalarning jalb qiluvchanligini oshirish
hisoblanadi. Muomaladagi aksiyalar sonini keskin oshirish va bir dona
aksiya qiymatini mos ravishda pasaytirish natijasida mayda investorlar
uchun ham qulaylik yuzaga keladi. Likvidlilikni oshirish oʻz
navbatida, aksiyalar kursining kelajakdagi oʻsishiga va talabning
oshishiga imkon beradi.
Nazariy jihatdan dividendlarni aksiya shaklida toʻlash va
aksiyalarni maydalash operatsiyalari bir xil. Masalan aksiyalarni 3/2
chizmasida maydalash dividendlarni 50% oʻlchamda aksiyalar
shaklida toʻlash bilan bir xil. Ya’ni, har yuzta aksiyaga egalik qiluvchi
aksiyador qoʻshimcha 50 ta aksiyani qoʻlga kiritadi.
Yana bir misol koʻrib chiqamiz.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali har birining nominal
bahosi 84 birlikka teng boʻlgan 250 000 dona oddiy aksiyadan tashkil
topgan. Firmaning yil yakunlari boʻyicha sof foydasi 750 000 birlik.
Firma oʻz aksiyalarini 3/2 chizmada maydalashni rejalashtirgan. Ak-
siyaning bahosi va mulkdorning aksiyalarga egalik qilish holati
qanday oʻzgaradi?
Bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan joriy daromad miqdorini aniqlay-
miz:
EPS
=
NP/NS=
750 000 / 250 000 = 3 birlik.
Bundan
P/E
koʻrsatkichi miqdori 84/3=28 ga teng.
Maydalash natijasida muomaladagi aksiyalar soni va
EPS
koʻrsatkichi miqdori quyidagiga teng boʻladi:
NS=
250 000x1,5=375000
EPS=
750 000 /375000 = 2.
Mos ravishda bitta aksiyaning qiymati quyidagiga teng boʻladi:
P/2=28,
bundan
P=56
birlik
.
Bu koʻrsatkich boshqa bir usul bilan ham aniqlanishi mumkin:
P=84/1,5=56
birlik
.
Shu tarzda 84 birlik qiymatga ega boʻlgan aksiyalardan 100 tasiga
egalik qiluvchi aksiyador maydalash amalga oshirilgandan soʻng 56
birlik qiymatga (1,5 marta arzon) ega boʻlgan 150 ta (1,5 marta koʻp)
-
294 -
aksiyalar paketiga egalik qiladi. Koʻrinib turganidek, mazkur holatda
mulkdor holati va firma qiymati oʻzgarmaydi.
Aksiyalarni maydalash operatsiyasi firma qiymatiga toʻgʻridan-
toʻgʻri ta’sir koʻrsatmasada amaliyotda qisqa muddatli istiqbolda
mayda va portfel investorlar qiziqishining oʻsishi hisobiga aksiyalar
kursi qisman boʻlsada oshib boradi.
Firma tomonidan dividendlarni pul shaklida toʻlashning yana bir
muqobil varianti sifatida xususiy aksiyalarning bir qismini qaytarib
sotib olish yoʻli bilan mulkdorlar oʻrtasida daromadni taqsimlash
mexanizmini keltirish mumkin. Buning natijasida muomaladagi
aksiyalar soni kamayadi, boshqa tomondan bitta aksiyaga toʻgʻri
keladigan foyda (
EPS
) miqdori oshadi.
Bu amaliyot qolgan aksiyalar boʻyicha dividend miqdorining
avtomatik tarzda ortishi va oldindagi davr boʻyicha dividend toʻlovlari
koeffitsienti oʻsishi imkonini beradi. Bundan tashqari xususiy aksiya-
larni sotib olish odatda, kapitalning qoʻshimcha oʻsishi shaklida
aksiyadorga qoʻshimcha daromad keltiradigan aksiya kursi oʻsishiga
olib keladi.
Misol koʻrib chiqamiz.
Aksiyadorlik jamiyatining taqsimlash mumkin boʻlgan boʻsh pul
mablagʻlari 50 000 000 birlikni tashkil etadi. Muomaladagi aksiyalar
soni 10 000 000 dona. Bitta aksiyaning joriy qiymati 25 birlikka teng.
Bitta aksiya boʻyicha kutilayotgan daromadlilik 2,5 birlikka teng.
Bitta aksiya boʻyicha rejalashtirilayotgan dividend 5 birlik.
Dividendlarni toʻlashning muqobil varianti sifatida bozordan joriy
narx boʻyicha xususiy aksiyalarni sotib olish varianti mavjud.
Mulkdorlar holati qabul qilingan qarorga bogʻliq ravishda qanday
tartibda oʻzgaradi?
1. Dividendlarni pul shaklida toʻlash amaliyoti qoʻllanilsa aksiya-
dorlar har bir aksiya boʻyicha 5 birlikdan daromad oladi. Reestr
yopilish sanasiga aksiya qiymati dividend miqdoriga kamayadi va 25
– 5 = 20 birlikka teng boʻladi. Mos ravishda dividend toʻlangandan
soʻng mulkdor bitta aksiya boʻyicha P + DIV = 20 + 5 = 25 birlikka
egalik qiladi.
-
295 -
2. Aksiyadorlik jamiyati mavjud mablagʻga xususiy aksiyalarni
qayta sotib olish holatida 50 000 000 / 25 = 2 000 000.
Qayta sotib olish operatsiyasidan keyin bitta aksiya qiymati:
𝑃 =
10000000𝑥25 − 50000000
10000000 − 2000000
= 25.
Shunday qilib, aksiyadorlar holati oʻzgarmaydi. Birinchi holatda
aksiyador 5 birlik miqdorida dividendga va 20 birlik miqdorida
aksiyaga egalik qilsa, ikkinchi holatda aksiya qiymati 25 birlikligicha
qoladi.
Qayta sotib olingan aksiyalar xazinaviy aksiyalar (
treasure stock
)
deb ataladi va ular aksiyadorlarga va yangi investorlarga qaytadan
sotilishi mumkin. Shuningdek, konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar
muomalaga chiqarish yoki xorijiy bozorlarga joylashtirish uchun
zaxira vazifasini bajarishi ham mumkin. Qayta sotib olingan aksiyalar
ovoz berish jarayonida hisobga olinmaydi va dividendlar
hisoblanmaydi.
Aksiyalarni qayta sotib olish keragidan ortiq boʻsh pul mablagʻ-
larini qisqartiradi, kapital tarkibini optimallashtirish imkonini beradi.
Eng asosiysi oʻzaro ahil boʻlmagan birlashishlardan himoyalash
vositasi boʻlib hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarni
qayta sotib olish maqsadi bozor uchun ijobiy signal sifatida
baholanadi. U odatda, quyidagi asosiy usullar boʻyicha amalga
oshiriladi:
- ochiq bozordan sotib olish;
- institutsional investorlardan aksiyalar paketini sotib olish;
- aksiyadorlardan maxsus narxlarda sotib olish boʻyicha tender
e’lon qilish.
Aksiyalarni qayta sotib olish xorijiy mamlakatlar amaliyotida
dividend toʻlashning ommabop shakli sifatida koʻzga tashlanadi.
-
296 -
Dostları ilə paylaş: |