-
291 -
3. Aksiyadorlarning registratsiyadan oʻtish sanasi (
Record date
).
4. Dividendlarni toʻlash sanasi (
Payment date
). Registratsiyadan
oʻtgan aksiyadorlarga dividend cheklari yuboriladi.
Dividendlarni toʻlash turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Ularning har birining oʻziga xos afzalliklarga va kamchiliklarga ega.
Umuman jahon amaliyotida eng koʻp qoʻllaniladigan dividend toʻlash
shakllari quyidagilar:
- pul shaklidagi dividendlar (
cash dividens
);
- avtomatik reinvestitsiyalash (
dividend reinvestment plans
);
- aksiyalar orqali toʻlash (
stock dividends
);
- aksiyalarni maydalash (
stock split
);
- xususiy aksiyalarni sotib olish (
stock repurchase
) va
boshqalar;
Amaliyotda dividendlarni toʻlashning asosiy va eng koʻp
qoʻllaniladigan shakli
pul shaklida dividend toʻlash
hisoblanadi.
Qonunchilikka asosan dividendlar tovar koʻrinishida, ya’ni
natural
shaklda ham toʻlanishi mumkin.
Avtomatik reinvestitsiyalash
aksiyadorlarga
naqd pul shaklida
dividend olish yoki uni qoʻshimcha aksiyalarga reinvestitsiya
qilishdan birini tanlash huquqini taqdim etadi. Oxir-oqibatda korxona
qoʻshimcha aksiyalar emissiyasini amalga
oshiradi yoki ikkilamchi
bozordan talab qilingan miqdorda oʻz aksiyalarini sotib oladi.
Korxona uchun bunday toʻlov shaklining afzallik tomoni
aksiyador tomonidan reinvestitsiyalash toʻgʻrisida
qaror qabul
qilingan holatlarda aksiyadorlik jamiyatining xususiy kapital doimiy
manbasiga egalik qilishida namoyon boʻladi. Mulkdor uchun afzallik
tomoni esa tezkor reinvestitsiya qilish imkoniyatida yoki aksiyadorlik
jamiyati tomonidan aksiyalarni qayta sotib olish e’lon
qilingan
holatlarda aksiya bahosining oʻsishida kuzatiladi.
Dividendlarni aksiya koʻrinishida toʻlash dividend toʻlovlari
umumiy summasiga teng qoʻshimcha aksiyalarni mulkdorlar oʻrtasida
taqsimlashni nazarda tutadi.
Misol koʻrib chiqamiz.
Aksiyadorlik jamiyatining muomaladagi aksiyalar soni 1 000 000
dona. Xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha 6 000 000 birlik miqdorida
-
292 -
sof foyda olingan.
P/E
koʻrsatkichi
(aksiya bahosining bitta aksiyaga
toʻgʻri keladigan foyda miqdoriga nisbati) 10 ga teng. 25 foizlik
dividend aksiya koʻrinishida e’lon qilingan. Investor 120 ta aksiyaga
egalik qiladi. Uning aksiyalar soni va ularning
jami qiymati qanday
oʻzgaradi?
1. Dividend toʻlashdan oldin:
EPS = 6 000 000 / 1 000 000 = 6 birlik.
P/E=P/6,0 = 10,
bundan
P=
60
birlik har bir aksiyaga.
Aksiya paketi boʻyicha jamlangan qiymat 60 x 120 = 7200 birlik.
Dividend toʻlangandan soʻng (25 foiz aksiya):
NS = 1 000 000 x 1,25 = 1 250 000 dona.
EPS
= 6 000 000 / 1 250 000 = 4,80 birlik.
Dostları ilə paylaş: