Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

 

 
bu
 
sotilgan aksiyalar, ulushlar, paylar soniga muvofiq-
likda mulkdorlar oʻrtasida aniq bir davr boʻyicha taqsimlanadigan
 
korxona foydasining bir qismidir. 
Dividend siyosati
– korxonaning bozor qiymatini va mulkdorlar 
turmush farovonligini oshirish maqsadida foydaning iste’mol qilina-
digan va reinvestitsiya qilinadigan qismlari oʻrtasidagi proporsiyani 
optimallashtirishga yoʻnaltirilgan korxona moliyaviy siyosatining bir 
qismidir.
Dividend siyosatida aks etadigan olingan foydani taqsimlash 
boʻyicha korxona va mulkdorlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar 
murakkab va koʻp qirrali hisoblanadi. Shuning uchun dividendlarning 
iqtisodiy mohiyati va paydo boʻlish tabiatidan boshlab uning tarkibiy 
qismini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.
Investor tomonidan korxona kapitaliga pay, ulush, aksiyalarga 
tikilgan (qoʻyilgan) pul mablagʻlari haqiqatda uning korxonaga egalik 
qilish huquqini va oʻz navbatida, olingan foydani taqsimlashda 
ishtirok etish huquqini beradi. Umuman mazkur huquqni amalga 
oshirish vaqtida foydaning turli shakllardagi qismlarini ta’sischilar 
foydasiga oʻtkazish koʻrinishida amalga oshiriladi. Aksiyadorlik 
jamiyatlarida mazkur huquqdan foydalanish an’anaviy tarzda foydani 
taqsimlashda ishtirok etish va dividendlar toʻlanishi (dividend olish) 
shaklida amalga oshiriladi. 
Kapital taqdim etishdan olinadigan boshqa daromadlardan, 
masalan foizlardan farqli ravishda dividend toʻlovlari majburiy 
hisoblanmaydi, ularning miqdori oldindan ma’lum boʻlmaydi. 



285 - 
Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar miqdori direktorlar kengashi 
taklifi asosida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga asosan 
belgilanadi va odatda, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan olinadigan 
natijalarga bogʻliq boʻladi. 
Dividendlar olish huquqi imtiyozli aksiyalar kabi oddiy 
aksiyalarga ham beriladi. Rivojlangan mamlakatlarda imtiyozli 
aksiyalar boʻyicha odatda, qat’iy belgilangan dividendlar toʻlanadi. 
Mamlakatimiz qonunchiligiga koʻra aksiyadorlik jamiyati ustavida 
dividendlar miqdori qat’iy pul summasida yoki imtiyozli 
aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilab qoʻyilishi 
lozim. Umuman aksiyadorlik jamiyati tomonidan joylashtirilgan 
imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining 
yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar faqatgina jamiyat 
tomonidan barcha xarajatlar qoplangandan soʻng, muomalaga 
chiqarilgan obligatsiyalar va olingan kreditlar boʻyicha foizlar, 
soliqlar va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlangandan 
soʻng toʻlanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, oddiy aksiyalar egalarining 
korxona faoliyati boʻyicha olingan foydaning bir qismiga egalik qilish 
huquqi eng oxirgi navbatda qanoatlantiriladi. 
Koʻplab mamlakatlarda aksiyadorlarga dividend toʻlashning 
tartibi, shakllari va oʻziga xos jihatlari qonunchilik bilan tartibga 
solinadi. Mamlakatimizda mazkur jarayonni tartibga solish 
Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi “Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan amalga oshiriladi va unga asosan 
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarning har bir turi boʻyicha e’lon 
qilingan dividendlarni toʻlashi shart.
Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‘rtasida taqsim-
lanadigan qismidir. Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarning har bir turi 
bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni to‘lashi shart. 
Dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra pul 
mablag‘lari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari yoxud jamiyatning 
qimmatli qog‘ozlari bilan to‘lanishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar 



286 - 
bo‘yicha dividendlarni qimmatli qog‘ozlar bilan to‘lashga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalar-
ning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Aksiyadorlik jamiyat moliya yilining birinchi choragi, yarim 
yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra va moliya yili natijalariga ko‘ra 
joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lashlari mumkinligi 
milliy qonunchilikda belgilab qo‘yilgan. Moliya yilining birinchi 
choragi, yarim yilligi va to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra dividendlar 
to‘lash to‘g‘risidagi aksiyadorlik jamiyati qarori tegishli davr 
tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin. 
Aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlar to‘lash, dividend-
ning miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risidagi qaror moliyaviy 
hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan 
taqdirda moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida jamiyat kuzatuv 
kengashining tavsiyasiga ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv 
kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin 
emas. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning muayyan 
turlari bo‘yicha dividendlar to‘lamaslik to‘g‘risida, shuningdek, 
jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qo‘yilgan imtiyozli 
aksiyalar bo‘yicha to‘liq bo‘lmagan miqdorda dividendlar to‘lash 
haqida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi 
qarorda dividendlar to‘lash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar 
ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 
Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasi 
va o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan to‘lanadi. 
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning buning uchun 
maxsus mo‘ljallangan fondlari hisobidan ham to‘lanishi mumkin. 
Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki 
aksiyadorlarning 
umumiy 
yig‘ilishi 
qarorida 
belgilanadi. 
Dividendlarni to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan 
e’tiboran oltmish kundan kech bo‘lmasligi lozim. 
Dividendlarni to‘lash chog‘ida birinchi navbatda imtiyozli 
aksiyalar bo‘yicha, so‘ngra oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar 



287 - 
to‘lanadi. 
Imtiyozli 
aksiyalar 
bo‘yicha 
qat’iy 
belgilangan 
dividendlarni to‘lash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan 
taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar to‘lashni 
rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar 
dividendlar to‘lanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Jamiyat 
yetarli miqdorda foydaga ega bo‘lmagan yoki zarar ko‘rib ishlayotgan 
taqdirda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyat tomonidan 
jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi 
hisobidan va ushbu fond doirasida to‘lanishi mumkin. 
Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri 
tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyador-
larning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra jamiyat ixtiyorida qoladi. 
Aksiyadorlik jamiyatlari O‘zbekiston Respublikasi norezident 
aksiyadorining yozma talabiga ko‘ra unga hisoblangan dividendlarni 
erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablag‘larni 
norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazib 
berishi shart. Jamiyat aksiyadorlarining reestridan olingan, jamiyat 
tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma hamda jamiyat buxgalteriyasining 
hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana 
to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ayirboshlash uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul 
qilingan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun 
shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan 
shaxslar aksiyalar bo‘yicha dividend olish huquqiga ega. 
Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan 
belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan to‘lanmagan taqdirda 
to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha O‘zbekiston Respub-
likasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish 
stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. 
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan hisoblangan dividendlarni va 
penyalarni to‘lashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqli. 
Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividend-
larni to‘lash jamiyat tomonidan rad etilgan taqdirda, jamiyatga 



288 - 
nisbatan 
qonun 
hujjatlarida 
belgilangan 
tartibda 
to‘lovga 
qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-
taomili qo‘llaniladi. 
Milliy amaliyotda aksiyadorlik jamiyatlariga dividendlarni 
to‘lashga doir quyidagi cheklovlar mavjud: 
- jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning 
ta’sis etilishi chog‘ida to‘liq to‘lab bo‘linguniga qadar; 
- agar dividendlar to‘lanadigan paytda jamiyatda bankrotlik 
belgilari mavjud bo‘lsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni 
to‘lash natijasida paydo bo‘lsa; 
- agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav 
kapitali) va zaxira fondi summasidan kam bo‘lsa, aksiyalar bo‘yicha 
dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda dividendlar 
to‘lashga haqli emas. 
Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan 
dividendlarni aksiyadorlarga to‘lashi shart. 
Aksiyadorlik jamiyatlari dividendlarning miqdorini ulardan 
undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e’lon qiladi. Jamiyat 
to‘lanadigan dividendlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qimmatli 
qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi 
(Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish 
markazi www.csm.gov.uz)ning va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida 
qaror qabul qilingandan so‘ng ikki ish kuni ichida e’lon qilinishi shart. 
Dividendlarga soliq solish soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish bo‘yicha imtiyozlar 
belgilanishi mumkin. Hozirgi kunda dividendlar bo‘yicha to‘lov 
manbaidan undiriladigan 10 foizlik soliq stavkasi amal qilib 
kelmoqda. 
Jahon xoʻjaligi amaliyotida dividendlarning turli xil tiplari 
ma’lum. Ular quyidagilar: 
- davriylik va doimiylik asosida toʻlanadigan 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin