ixtiyorida bo’ladi. Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan
nazorat o’rnatish va dividendlar ko’rinishida foyda olishdir.
1996 yil boshida Respublikamizda “O’zqishloqmashxolding”
ochiq turdagi
aktsiyadorlik jamiyati - Xolding kompaniyasi tashkil etildi.
Bu kompaniyani tuzishdan maqsad qishloq xo’jaligi mashinasozligida
maqsadli markazlashgan boshqaruv tizimini yaratish va shu asosida O’zbe-
kistonning ish sohada tutgan o’rnini qo’ldan bermaslik, dehqonlarni zarur texnika
bilan tqla ta’minlash uchun tarmoqni yuksaltiri va bunday texnikani xorijdan
mmkin qadar kamroq keltirishga erishishdir. Shu bilan
birga res-publikamizda
ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jalik texnikasining jahon bozoridagi
raqobatbardoshligini oshirib, uni eksport qilishga erishishdir.
Bugungi kunda Respublikamizda:
• “O’zbekiston temir yo’llari” davlat aktsionerlik temir yo’l kompaniyasi
(14.11.1994);
• “Kumush tola” aktsionerlik kompaniyasi (3.06.1995)
• “Xonatlas” aktsionerlik kompaniyasi (03.06.1995)kabilar
faoliyat
ko’rsatishmoqda (10-12 ilovalarga qarang).
Milliy kompaniya - bu noishlab chiqarish tarmoqlari,
ijodiy jamoalar,
tarnsport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashki-lotlarining paychilik
yoki aktsionerlik asosida ko’ngilli birlashmasidir.
O’zbekistondagi milliy kompaniyalar jumlasiga:
• “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi;
• “O’zbekiston havo yo’llari” O’zbekiston milliy aviokompaniyasi;
• “O’zbekkino” davlat-aktsionerlik milliy kompaniyalari va boshqalar
kiradi.
Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo’g’in
bo’lib hisoblanadi. Korxona to’g’risidagi qonunda korxona yuridik shaxs
huquqlariga ega bo’lgan xo’jalik sub’ekti bo’lib, o’ziga tegishli yoki tqliq xo’jalik
hisobidagi mulkdan foydalanish asosida
mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki
almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko’rsatadi, deb ta’kidlangan.
Ular o’z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o’zaro
raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqligi sharoitlarida
amalga oshiradi.
Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas,
balki yana korxonaning o’zidagi boshqaruvchi
kichik tizim tomonidan ham
boshqariladi. Korxonalar yakkahokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda
ularning operativ-xo’jalik jihatdan mustaqil ish ko’rishi va tashabbus ko’rsatishi
asosida boshqariladi. Shu sababli:
Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas,
balki
boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona - davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi)
rahbarlik qiladi (13-ilova)
Firma - bu korxonadan farqli qlaroq ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat
korxonasi davolash muassasi uchun ham, qurilish tresti
va vositachilik tashkiloti
uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar tayyorlash va
malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish
mumkin.
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida butunlay
yangi tipdagi firmalar
vujudga kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: