Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


 Jamoat va o’zi-o’zini boshqarish organlari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə65/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

3. Jamoat va o’zi-o’zini boshqarish organlari 

Konstitutsiyamizning 56-moddasida quyidagilar yozilgan: “O’zbekiston 
Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan: 
*
kasaba uyushmalari;
*
siyosiy partiyalar;
*
omillarning jamiyatlari;
*
xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari;
*
ijodiy uyushmalar;
*
ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari, jamoat
birlashlari sifatida e’tirof etiladi.
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va
manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Boshqarishda faol qatnashadilar.
Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar
va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat
hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o’z faoliyatlarini
moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan
organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.



Jamoat organlari jamoalarda sog’lash, ijodiy muhit yaratishda, ishlab


chiqarishda uyushqoqlik va intizomni mustahkamlashda ma’muriy organlarga
kqmaklashib, ma’naviy- ma’rifiy ishlar bilan ham shug’ullanadilar.
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish
organlari to’g’risida”gi qonunining (06.09.199) 1-moddasida o’zini-o’zi
boshqarish organlari haqida quyidagicha yozilgan:
“Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda
hamma shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish
organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning
maslahatchilarini saylaydi”.
O’zini o’zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda
qatnashishga doir o’z huquqlarini ro’yobga chiqarishlarida fuqarolarga
ko’maklashadi, o’z xududlaridagi ijtimoiy va xo’jalik vazifalarini hal etish,
ommaviy-madaniy tadbirlarni o’tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlariga O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, O’zbekiston Respublikasi
hukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda
yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi.
O’zini o’zi boshqarish organlari xududiy printsip bo’yicha tuziladi. Ular ish
olib boradigan xududlarni fuqarolarning takliflariga ko’ra tuman, shahar hokimi
belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan
tasdiqlanadi.
Fuqarolarning yig’ini (yig’ilishi):
• o’zini o’zi boshqarish organiningfaoliyat dasturi hamda xarajatlar smetasi,
aholi punktlarini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga doir
tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
• rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari ishining asosiy yo’na-lishlarini
belgilaydi, har yili ularning hisobotlarini tinglaydi;
• o’z xududidagi ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun aholining,
tashkilot va muassasalarning mablag’larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish
masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;



• pul mablag’lari sarflanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi, zarur


bo’lganida taftish komissiyasi tuzadi va ushbu komissiya to’g’risidagi
nizomni tasdiqlaydi;
• qonunlarda belgilangan tartibda o’z xududida kichik kor-xonalar,
kooperativlar, ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi tsexlarni tashkil etish
masalalarini ko’rib chiqadi;
• yig’inning, ma’muriy-xududiy tuzilmalarning chegaralarini o’zgar-tirishga,
kqcha, maydon va boshqa joylarning nomini o’zgartirishga doir masalalrni
ko’rib chiqadi hamda tegishli davlat organlariga takliflar tayyorlaydi;
O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa vako-latlarni
amalga oshiradi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin