foydalanib o’zini davr talabi asosida baholab borishi kerak. Marketing taftishiga
quyidagicha izoh beriladi.
Marketing taftishi - bu korxona faoliyatini har tomonlama o’rganib, yuzaga
kelgan xatoliklarni aniqlash hamda shu xatoliklarni to’g’rilash va bartaraf etish
yo’llarini aniq ko’rsatib beriladi.
5. Marketing nazorat uslublari
Marketing auditori korxona faoliyatiga o’z ta’sirini o’tkazadigan boshqaruv
xodimlari dillerlari, mijozlar va boshqa shaxslar bilan to’liq aloqada bo’lishi
ta’minlanishi kerak. Quyida marketing auditori berishi mumkin bo’lgan savollarni
ko’rib chiqamiz. Ba’zida uning xulosalari boshqaruv xodimlari uchun kutilmagan
va hayratli bo’lishi mumkin. Boshqaruv xodimlari marketing auditori xulosasidan
kelib chiqib to’g’ri va aniq yo’nalishlarni tanlab oladilar.
Marketing taftishini amalga oshirish rejasi.
1-bo’lim. Marketing taftishi yo’nalishi.
Makroyo’nalishi:
A) demografik omillar.
1. Qaysi asosiy demografik omillar korxona faoliyatini rivojlanishi yoki
susayishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin?
2. Korxona bu demografik omillar ta’siriga qarshi
qanaqa chora-tadbirlarni
amalga oshira oladi?
B) iqtisodiy omillar:
1. Daromad olish, baho, xom ashyolarni iqtisod qilish va kreditlash
jarayonlarida bo’ladigan qaysi asosiy harakatlar korxona faoliyatiga o’z ta’sirini
ko’rsatadi?
2. Korxona bu iqtisodiy omillar ta’siriga qarshi qanday chora - tadbirlarni
amalga oshiradi?
V) tabiiy omillar:
1. Korxonaga kerak bo’lgan tabiiy resurslar va energiya bahosi hamda
taklifning prognozi qanaqa bo’lishi kutilmoqda?
2. Korxona atrof-muhitni zaharlantirmaslik va ekologiyani saqlash maqsadida
qanaqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi?
G) ilmiy texnikaviy omillar:
1. Mahsulot yaratish va ishlab chiqarish texnologiyasi kuchi hamda
chidamliligi qanaqa? Bu texnologiyalar bilan
korxonalar qay darajada
ta’minlangan?
2. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar o’rnini bosadigan qanaqa
mahsulotlar ishlab chiqarishi mumkin?
D) siyosiy omillar:
1. Qaysi qonunlar korxona taktik harakatlar va marketing va strategiyasiga
ta’sir ko’rsatishi mumkin?
2. Umumdavlat miqyosida qanday siyosiy voqealarga e’tibor berilishi korxona
uchun qanday ahamiyat kasb etadi?
E) madaniy tartiblar omillari:
1. Jamiyat korxona faoliyatiga qanaqa munosabatda bo’ladi?
2. Jamiyat hayotidagi qanday o’zgarishlar korxona
faoliyatiga va ishlab
chiqariladigan mahsulotlarga ta’sir etadi?
Mikro yo’nalish.
Dostları ilə paylaş: