Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə69/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

4. Marketing nazorati tushunchasi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Vazirlar Mahkamasi
majlisida qilgan ma’ruzalarida: «Turli korxona va tarmoqlar faoliyatini taxlil qilish
shuni ko’rsatadiki, qaerda rahbarlar marketing va marketing tadqiqotlari bilan
jiddiy shug’ullanayotgan bo’lsalar, shu joyda barqaror faoliyat ta’minlamoqda,
foyda va dividend olinmoqda, o’z vaqtida ish haqi to’lanmoqda», - deb ta’kidlagan
edilar. Marketing iste’molchilarning hozirgi va kelajakdagi talablarni qondirishga
qaratilgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotish, natijada foyda olish
bilan bog’liq faoliyat turidir. Bularning barchasi endi ish boshlayotgan



biznesmenlardan tortib, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan tadbirkor, siyosatchi,


san’atkor, sportchiga qadar marketing - bozor jarayoni to’g’risida chuqur bilimga
ega bo’lishni talab qiladi. Marketingni nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilish
tijorat xavf-xatarini o’z vaqtida his qilish va kamaytirish, uning variantlarini
hisoblashda mavjud bo’lgan turlaridan eng ma’qulini tanlash, raqobat sharoitida
bozorni yuqori sifatli tovarlar va xizmatlar bilan to’yintirish, doimiy talab mavjud
bo’lgan sharoitda xaridorlarning turli guruhlari uchun sotish narxini aniqlash va
oqibatda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Tom ma’nodagi bozor munosabatlar mamlakatimizda sekin rivojlanib
bormoqda. Sobiq sotsialistik jamiyatda ishlab chiqarish, savdo va umuman milliy
iqtisodiyotning
barcha
sohalarida
yakkahokimlik,
reja
va
yuqoridan
boshqarishning hukumronligi sababli marketing tushunchasi tom ma’noda
amaliyotga kirib kelmagan edi. Lekin keyingi yillarda o’zgarishlar-iqtisodiy
taraqqiyotimiz bozor iqtisodiyotisiz mumkin emasligi har tomonlama isbotlab
berdi. Bu esa o’z navbatida qisqa vaqt ichida uning asoslarini o’rganishimizni
zarur qilmoqda. Mana shunda biz uchun murakkab davrda, xorijda marketing
masalalarini echish borasida to’plagan boy tajribadan foydalanmaslik kechirib
bo’lmas xato bo’lar edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, biz eng katta taqchillikni -
vaqt tanqisligini ham engishimiz zarur.
Ayrim iqtisodchilar marketing faqat rivojlangan sharoitda faoliyat
ko’rsatishi mumkin deb hisoblashadi. Aynan shu marketing jamiyatga tez, tejamli
va talofatlarsiz bozor iqtisodiyotini kirib kelishi uchun ko’proq yordam beradi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyoti holatini aks ettiruvchi marketing tamoyilari bizga
vaqtni boy bermasdan bozorni o’zlashtirishda yordam beradi. Marketing rejalarini
amalga oshirish davrida ko’pgina kutilmagan holatlarga duch kelinadi, shu sababli
marketing bo’limi rejalarini olib borilishi va bajarish ustidan doimiy nazorat
o’rnatib borish kerak. Marketing nazorati tizimi korxona ish faoliyati
samaradorligiga ishonch hosil qilish uchun kerak. Ammo marketing nazorati ko’p
qirrali ma’nolarga egadir. Masalan, marketing nazoratining uch xil turi ma’lum.



Yillik rejalarni bajarish ustidan nazorat shundan iboratki, unda marketing


mutaxassislari yillik rejaning amaldagi ko’rsatkichlarini nazorati yillik reja bilan
taqqoslashdir va kerak bo’lganda qo’yilgan xatoliklarni to’g’rilash uchun zarur
bo’lgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. Maydonlar, bozor segmenti, savdo
yo’llari va har xil turdagi mahsulotlarning amaldagi rentabellik darajasini
aniqlashda foydalaniladigan bozor daromad ustidan nazorat deb yuritiladi.
Strategik nazoratning maqsadi shundan iboratki, bozor sharoitidan kelib
chiqqan holda korxona firmalarning foydalaniladigan oxirgi strategik yo’llarni
tekshirishdan iboratdir.
Yuqorida keltirilgan marketing nazoratining uch turi hozirgi jahon
amaliyotida keng qo’llanib kelinmoqda.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin