Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Marketing xarajatlari va chiqim aloqadorlik tahlili



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə72/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Marketing xarajatlari va chiqim aloqadorlik tahlili. Yillik reja nazorati
korxona o’z maqsadiga erishish yo’lida ko’p xarajat qilmayotganligining aniqligini
talab qiladi. Marketing xarajatlari va savdo hajmi ustidan doimiy nazorat
korxonaning marketing xarajatlarini iqtisod qilinishini ta’minlaydi.
Mijozlar harakatini kuzatish. Sezgir korxonalar mijozlari, dillerlari va
boshqa marketing tizimi ishtirokchilarining kuzatishda har xil usullardan
foydalanadilar. Boshqaruv organi korxona faoliyatidagi o’zgarishni aniqlab bu
o’zgarish savdoga ta’sir etmasdan oldin kerakli choralarni amalga oshirishi
mumkin.
Mijozlarning harakatini nazorat qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
da’vo va takliflar tizimini yaratib berish, iste’molchilar paneli va mijozlar fikrini
bilish.
Xatoliklarni moslashtirish harakatlari.
Amaldagi ko’rsatkichlar belgilangan yillik reja ko’rsatkichlaridan keskin
farq qilganda korxonalar xatolarini moslashtirish harakatini amalga oshiradi.
O’uyidagi holatni ko’rib chiqamiz.



O’g’it ishlab chiqaradigan korxonaning savdo hajmi ko’rsatkichlari nazorat


ko’rsatkichlaridan farq qiladi. Bu tarmoq faoliyatida ishlab chiqarish kuchining
kamayishi va narxlarning keskin pasayishi kuzatiladi. Bu holatlarni to’g’rilash
uchun korxona bir qancha keskin chora - tadbirlarni amalga oshirdi:
1. Ishlab chiqarishni qisqartirish buyrug’i berildi;
2. Baho pasaytirishni ta’minlash boshlandi;
3. Savdo hajmini rejasini bajarishi uchun o’z xodimlariga talablar qo’yildi.
O’z mijozlariga mahsulotlarni ko’proq sotib olishini yoki bo’lmasa yilning
oxirigacha shu mahsulotlarni sotib olishni talab qildilar. Bunda:
1.
Korxona o’z xodimlarining malakasini oshirishga, reklama xarajatlariga,
xayriya tadbirlariga mablag’lar ajratilishini to’xtatdi;
2.
Korxona xodimlarini vaqtincha va doimiy ishdan bo’shatish, pensiyaga
chiqarish ishlari boshlandi;
3.
Buxgalteriya hisobida ham xar xil qonunga xilof ishlar olib borildi;
4.
Asosiy vositalarni yangilarini sotib olishga ajratilgan mablag’lar
qisqartirildi;
5.
O’z mahsulotlarini boshqa firmalarga sotish boshlandi;
6.
Korxonani butunlay sotish yoki boshqa kompaniyaga birlashtirish yo’llari
ko’rila boshlandi.
Korxonalarda amaldagi ko’rsatkichlar yillik rejadagi ko’rsat-kichlardan
keskin farq qilganda korxonalar to’g’ri va soddaroq echimlar topishlari kerak.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin