moslashtirish uchun kerak bo’ladi. Javob olinishi kerak bo’lgan savollar
quyidagilar:
- Tovarlarning tashqi ko’rinishi xaridorga yoqdimi?
- O’rami o’z rolini bajaradimi?
- Tovarning nomi to’g’ri tanlanganmi?
- Tovar do’konda mavjud bo’lgan shunday tovarlarning orasida ajralib
turibdimi?
- Reklamani tarqatish uchun ommaviy kommunikatsiyaning qanday
vositalarini tanlash kerak?
Tovarning raqobatbardoshligi
Har bir xaridor o’ziga yoqqan tovarni sotib oladi, sotuvchilar esa raqiblar
tovariga nisbatan ko’proq ijtimoiy ehtiyojlarga mos keluvchilarini tanlashadi.
Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga
bog’liqdir.
Xaridorlarning tovar va xizmatlar sotib olishlari uchun qilgan sarf-xarajatlari
ikki qismdan iborat. Birinchisi, tovarga to’langan baho va uni topish uchun ketgan
vaqt va ishlatish xarajatlaridir. Ularning hammasi jamiyat uchun iste’mol
xarajatlarini, ya’ni bahosini tashkil etadi. Iste’mol bahosi tovarning xarid qilib
olish narxidan ancha ko’p. Masalan: yuk mashinasining xarid narxi umumiy
iste’mol bahosining 15 foizini, samolyotniki 11 foizini, sovitgichniki 10 foizini,
traktorniki 19 foizini tashkil etadi. Shu sababli tovarlar ichida eng raqobatbardoshi
bo’lib, boshlang’ich bahosi pasti emas, balki iste’molchi qo’lida ishlatilishi
qulayligi, kam sarfligi va umumiy xarajati kamroqligi bilan farqlanadigani
hisoblanadi.
Xaridorlar tovarlarni taqqoslashda, qaysinisini ishlatish samaradorligi (R)
sotib olish xarajatlariga (S) nisbatan yuqori bo’lsa, o’sha tovarni ko’proq
tanlashadi. Demak, tovarni raqobatbardoshligi (K) umumiy ko’rinishda K=R/S
bo’ladi. Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga
oladi:
- bozorni tahlil qilib, korxonada ishlab chiqarilayotgan tovarga o’xshash
tovar namunasini topib olish;
- korxonada ishlab chiqarilayotgan tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi
asosiy ko’rsatkichlarni belgilash;
- korxonada ishlab chiqarilayotgan tovardagi integral raqobatbardoshlik
xususiyatini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: