13-rasm. Tovar raqobatbardoshligini aniqlash bosqichlari.
Tovarni sotib olishda insonlar ma’lum ehtiyojlarini
qondirishni nazarda
tutadilar. Shu sababli tovarning sifat ko’rsatkichlari to’g’risidagi axborot zarur.
Bozorga kirish firma uchun mas’uliyatli davr,
uning tovarlari haqida hali
ma’lumotlar berilmagan. Bo’lajak iste’molchi quyidagi axborotlarni olishi shart:
- tovarning borligi va sotilish joyi;
- qaysi ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi;
- iste’mol qiymatining asosiy ko’rsatkichlari;
- xaridorlarni qoniqtirmay qolgan holda ularning himoya qilish kafolatlari.
Bo’lg’usi xaridorlarga axborot etkazish usullari:
1. Reklamalar.
2. Ko’rgazmalar o’tkazish.
3. Yig’ilishlar, anjumanlar va filmlar orqali.
3. Marketing faoliyati va TXTs ( tovar xayot tsikli)
Bozorga taklif qilingan har qanday tovar o’z xaridorini topa olishi mumkin
bo’lgan o’zining ma’lum hayotiylik davriga ega. Tovarlarning hayotiylik davrining
bosqichlari bir-biridan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: