Tovarning hayotiylik davri egri chiziq shakli davrlar doimiyligi tovarning
xususiyatiga, ya’ni uning o’xshash mahsulotlardan farq qiluvchi yangi
xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Marketing faoliyatini amalga oshirish uchun tovar hayot tsiklining
davomiyligi va xususiyati, shuningdek uning pog’onalari ayniqsa bir pog’onadan
ikkinchisiga o’tish tashkilot foydasi va tovar sotilish
hajmini oshishiga etarlicha
ta’sir ko’rsatadigan omildir. Tovarning o’ziga xosligi hayot tsikli va ularning
pog’onalari differentsiyalashgan yondashuv va turli marketing instrumentlari
mujassamligini oldindan ta’minlaydi.
Har bir tovar o’zining hayotdagi muomila tsikliga yoki bozor mustahkamligi
davrida unda muomalada bo’lish xususiyatiga ega hamda vaqt o’tishi bilan boshqa
mukammalroq yoki arzonroq tovar tomonidan siqib chiqariladi.
Turli tovarlar turli davomiylikdagi hayot tsikliga hamda tsikllarning uzoqligi
ham bir necha kundan bir nechi yilgacha bo’lishi mumkin.
Marketing vazifasi -
tovarning bozordagi hayotini ratsional uzaytirishdir, biroq Fan-texnika taraqqiyoti
aksincha tovar hayot tsiklining qisqarishiga va «tez» qarishiga olib keladi.
TXTs to’rt bosqich orqali ko’rsatilishi mumkin: bozorga kirish bosqichi,
o’sish bosqichi, to’yinishga olib boruvchi voyaga etish bosqichi, pasayish bosqichi.
Ayrim marketologlar voyaga etish bosqichi va pasayish orasida to’yinish
bosqichini ko’rsatib o’tadilar.
TXTs
bosqichlari foyda hajmi, marketing va reklamaga joylashtiriladigan
umumiy kapital va xarajatlar tovar tsikli darajasi, iste’molchilar
xatti-harakati va
ularning tovarga munosabati va boshqalar bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: