Nima uchun firmaning “yutib yuborilishi” xavfi uning egalari manfaatlari va
menejerlar o‘rtasidagi ziddiyat hal etilishiga turtki bo‘ladi?
Korporatsiyada moliyachining tutgan o‘rni
Korporatsiyada qabul qilinadigan qarorlarning deyarli barchasi, u yoki bu darajada, moliyaviy qaror hisoblanadi. Chunki ular bo‘lajak daromad va xarajatlarning muqobil variantlarini baholash va tanlash bilan bog‘liq. Shunday qilib, yirik korporatsiyalarda direktorlik daraja (vazifa)sidan tortib, to alohida ishlab chiqarish bo‘limlari, marketing27 bo‘limlari, tadqiqot laboratoriyalari va boshqa korporatsiya bo‘limlarining boshliq-larigacha boshqaruv uchun mas’ul deyarli barcha xodimlar moliya bo‘yicha mutaxassislar xizmatidan foydalanadilar.
Korporatsiyalarning moliyaviy rahbarlarini birlashtiruvchi ko‘ngilli tashkilot bo‘lgan “Moliyaviy rahbarlar instituti” (Financial Executive Institute) bu kasbga juda keng ta’rif beradi. Unga muvofiq quyida keltirilgan funksiya (vazifa)lardan (3.3-rasm) hech bo‘lmasa bittasini bajarish vakolatini o‘z zimmasiga olgan kishi moliyaviy rahbar hisoblanadi:
3.3-rasm.Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalari
Rejalashtirish
27 “Marketing” inglizcha “marketing”, “market” – bozor; sotish, pullash. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 546.
Umumiy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblangan moliyaviy ope- ratsiya28larni boshqarish rejasini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish. Shu kabi rejani biznes ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
uzoq va qisqa muddatli moliyaviy va korporativ rejalarni tuzish;
kapital qo‘yilmalar va/yoki joriy operatsiyalar smetasini tuzish;
v) sotuv hajmini bashorat qilish (prognozlash);
g) firma faoliyati samaradorligini baholash;
d) baholarni shakllantirish siyosatini ishlab chiqish; ye) firmaga iqtisodiy baho berish;
j) boshqa firmalar qanday “yutib yuborilganini” tahlil qilish va o‘z bo‘linmalarini amalga oshirish (realizatsiya qilish).