O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə21/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146
“Moliya” kafedrasi

Soliqlarni boshqarish


  1. soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  2. soliq organlari bilan aloqalar;

v) soliq hisobotlarini tayyorlash;
g) soliqlarni rejalashtirish.
    1. Investorlar bilan o‘zaro munosabatlar


  1. investorlar bilan aloqa o‘rnatish va ushlab turish;

  2. kompaniya aksiyadorlariga axborot yetkazish tizimini yo‘lga qo‘yish va ushlab turish;

v) moliyaviy tahlilchilar tavsiyalarini va umumiy tusga ega moliyaviy axborotlarni olish;
    1. Baholash va konsalting


a) moliyaviy siyosat, moliyaviy operatsiyalar masalalari hamda asosiy maqsadlar va ish qay darajada samaradorligini aniqlash bo‘yicha korpo-ratsiyaning boshqa rahbarlari bilan maslahatlashish va ularning tavsiya-larini olish.


    1. Boshqaruvning axborot tizimlari


  1. ma’lumotlarni elektron qayta ishlash vositalarini yaratish va ulardan foydalanish;

  2. boshqaruvning axborot tizimlarini yaratish va ulardan foyda-lanish;

v) tegishli tizim va tartiblar yaratish va ulardan foydalanish.
Moliya bo‘limining tashkiliy tuzilmasi va firmaning boshqa bo‘lim-lari bilan o‘zaro aloqalari turli firmalarda turlicha bo‘lishi mumkin. 3.4-rasmda zamonaviy yirik korporatsiyaning namunaviy tashkiliy tuzilmasi ko‘rsatilgan (keltirilgan).


Direktorlar kengashi



Ishlab chiqarish bo’yicha vitse- prezident
Moliya bo’yicha bosh boshqaruvchi (birinchi vitse-prezident
Marketing bo’yicha vitse-prezident

3.4-rasm. Yirik korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasi


Tuzilmaning eng yuqori darajasida korporatsiyaning ijrochi direktori (chief executive officer (CEO) turadi. U, ko‘pincha, prezident deb ataladi. Moliya bo‘yicha bosh boshqaruvchi (chief financial officer (SFO) katta (birinchi)
vitse-prezident deyiladi. U firmaning butun moliyaviy faoliyati uchun mas’ul va bevosita prezidentga hisobot beradi. Shuningdek, ko‘p hollarda, firmada yana ikkita vitse-prezident faoliyat yuritishi mumkin. Ular marketing va ishlab chiqarish operatsiyalari uchun mas’uldirlar. Ba’zida yirik firmalar shtat29iga rahbar lavozimi kiritiladi. Rahbar kompaniya prezidenti strategiyasi amalga oshishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Moliya bo‘yicha birinchi vitse-prezidentga uchta bo‘lim bo‘ysunadi: a) moliyaviy rejalashtirish bo‘limi; b) g‘aznachilik; v) buxgalteriya. Ularning har biriga vitse-prezident boshchilik qiladi. Moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha vitse- prezident uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish uchun mas’ul, ya’ni firma faoliyat sohasini o‘zgartirishi lozimmi, yoki hozirgi biznesni davom ettirishi kerakmi, shularga baho beradi. Shuningdek, boshqa firmalarni qo‘shib olish va sotib olish hamda bosh firmadan yangi firmalar ajralib chiqishi imkoniyatlarini tahlil qilish ham uning vakolat doirasiga kiradi.
G‘aznachi (treasurer) joriy moliyaviy faoliyat va firmaning aylanma kapitalini boshqarish uchun mas’ul. Shuningdek, tashqi investorlar bilan munosabatlarni boshqarish, firmaga foiz va valyuta riskining ta’sirini baholash hamda soliq bo‘limini boshqarish ham uning vakolat doirasiga kiradi.
Korporatsiyaning bosh hisobchisi (controller) firmada buxgalterlik hisobi va ichki audit, xususan rejadagi va aslidagi xarajatlarni, korporatsiyaning turli xo‘jalik birliklari faoliyatidan olingan daromad va foydani taqqoslash uchun xizmat qiladigan ichki hisobotlar uchun mas’ul. Shuningdek, aksiyadorlar, kreditorlar va davlat boshqaruv (tartibga soluvchi) organlariga taqdim etish uchun moliyaviy hisobotlar tayyorlash ham uning vakolat doirasidadir.



      1. Yüklə 4,09 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin