O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


-mavzu. Moliyaviy tizim funksiyalari va ularning evolyutsiyasi



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə24/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146
“Moliya” kafedrasi

5-mavzu. Moliyaviy tizim funksiyalari va ularning evolyutsiyasi


Reja:
  1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda aylanib yurishi


  2. Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv)
  3. Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob-to‘lovlarni amalga oshirish




34 “Segment” lotincha “segmentum” – bo‘lak, laxtak; kesma. “Seco” – kesaman. Matematikada doiraning yoy va vatar bilan chegaralangan qismi; sharning kesuvchi tekislik bilan ajratilgan qismi. Qarang: o‘sha manba. J.IV. - B.471.
  1. Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo‘linishi


  2. Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot ko‘magi)
  3. Moliyaviy tizim yordamida stimullashtirishning psixologik muammolarini yechish


    1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda

aylanib yurishi


Turli mamlakatlar moliyaviy institut (muassasa)lari bir-biridan farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular qatoriga har xil o‘lchamlar, texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi, shuning-dek, davlatlarning siyosiy, madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi. Bundan tashqari, moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga o‘tib turadi. Ularning bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmasdan oldingiday qolishiga qara-masdan, juda kuchli o‘zgarishi mumkin. AQShdagi zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 yoki 1958 yillarda bo‘lgan banklardan katta farq qiladi va shuningdek, Germaniya yoki Buyuk Britaniyada banklar deb nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi. Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham juda katta farqlar mavjud. Mazkur bo‘limda biz turli mamlakatlarning moliyaviy institut (muassasa)lari nimaga va qanday bir-biridan farq qilishini hamda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan ko‘p narsani o‘z ichiga olgan konseptual tuzilma (yondoshuv)ni ishlab chiqishga harakat qilamiz.


Foydalanilayotgan yondoshuvning asosi shuki, mo‘ljal sifatida moliya-viy institut (muassasa)larning o‘z-o‘zlari emas, balki ularning funksiya-lari olingan. Tahlilning bunday uslubini biz funksional yondoshuv deb atadik (functional perspective). U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan:

  • moliyaviy tizim funksiyalari uning institut (muassasa)lariga qaraganda ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu funksiyalar vaqtning oqimi (o‘tishi)ga bog‘liq ravishda kamroq darajada o‘zgaradi va mamlakatdan mamlakatga uncha katta farqlanmaydi.

  • moliyaviy institut (muassasa)lar shakli mantiqan ularning funksiya-laridan kelib chiqadi. Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxir- oqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligi-ning oshishiga olib keladi.

Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan iborat moliyaviy tizim bosh funksiyasi tahliliga asosan, tahlilning ko‘proq umumiy dara-jasida bu tizimning quyidagi oltita bazaviy (tub) yoki muhim funksiyalari to‘g‘risida gapirish mumkin (5.1-rasm).

5.1-rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari


Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘ladi:

  • iqtisodiy resurslarning vaqt (davr) bo‘ylab (bo‘yicha), davlat chega-rasi orqali va iqtisodiyotning bir tarmog‘idan boshqasiga o‘tish (joyini o‘zgartirish) usulini ta’minlash;

  • riskni boshqarish (riskiy boshqaruv usullarini ta’minlash;

  • savdoga imkon yaratadigan hisob-kitobni amalga oshirish va kliring

usullarini ta’minlash;

  • moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli korxonalarda egalik-ning bo‘linishi mexanizmini ta’minlash;

  • iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishning markaz- lashtirilmagan jarayonini muvofiqlashtirish imkonini beradigan narx-navo (baho) axboroti bilan ta’minlash;

  • stimullashtirish muammolarini hal qilish usullarini ta’min-lash.

Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri boshqasi bilmagan axborotga egalik qilganda yoki ishtirokchilardan biri ikkinchisi nomidan agent (komissioner) sifatida ish ko‘radigan vaziyatlarda yuzaga keladi.
Ushbu bobning keyingi o‘rinlarida yuqorida sanab o‘tilgan moliyaviy tizim barcha funksiyalarining to‘liqroq tushunchasini berishga va ularning xarakteri vaqt (davr, zamon) o‘zgarishi bilan qay tartibda o‘zgarib borishini ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Moliyaviy tizim iqtisodiy resurslarning vaqt (davr, zamon) bo‘ylab (bo‘yicha), geografik hududning biridan boshqasiga, shuningdek, iqtisodi-yotning bir tarmog‘idan boshqasiga (o‘tish) joyini o‘zgartirish usulini ta’minlaydi.
Ko‘p hollarda moliyaviy oqimlar harakati jismoniy yoki yuridik shaxs bugungi kunda o‘zining mablag‘ini boshqa shaxsga kelgusida o‘rniga o‘rin boshqa mablag‘ni olish uchun, va aksincha, berishiga asoslangan. Talabalarga qarzlar, uy sotib olish qarzlari, jamg‘arilgan pensiya va ishlab chiqarish quvvatiga kapital qo‘yilmalar – ushbu barcha operatsiyalar resurslarni vaqt (davr, zamon)ning bir nuqtasidan boshqasiga o‘tishi (joylashuvi)ga olib keladi. Ushbu kabi vaqt (davr,
zamon)lararo resurslarning joylashuvi35 uchun shart-sharoitlarning ta’minlanishi moliyaviy tizim funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Masalan, agar talabalarga oid qarz mavjud bo‘lmaganda edi, ko‘pchi-lik yoshlar, ularning oilalarida keyingi ta’lim olishiga mablag‘ yo‘q bo‘lganligi bois, oliy ma’lumotli bo‘lishdan bosh tortishlariga to‘g‘ri kelar edi. Xuddi shuningdek, ko‘plab tadbirkorlar, agar aksionerlardan yangi, odatda riskning yuqori darajasi bilan xarakterlanadigan kompaniyalar tuzish uchun pul olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarida, o‘zlarining biznes-lari bilan shug‘ullana olmagan bo‘lar edilar.
Moliyaviy tizim resurslarni vaqt (davr, zamon) bo‘ylab joylashuviga yordam berishdan tashqari, resurslarning makonda joylashishida ham juda muhim rol o‘ynaydi. Ba’zida u yoki bu biznes-loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kapital undan yuqori samaradorlik bilan foydalanish mumkin bo‘lgan joydan juda uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Masalan, Germaniyada uy xo‘jaliklari O‘zbekistonning biron-bir joyida yuqori samara bilan ishlatish mumkin bo‘lgan kapitalni pul mablag‘larini jamg‘arib borish yo‘li bilan yig‘a oladilar. Moliyaviy tizim ham pul resurslarini Germaniyadan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishiga yordam beradigan bir qator mexanizmlarni taqdim etadi. Ulardan ikkitasini keltirsak yetarli: birinchidan, nemis fuqarolari O‘zbekiston kompaniyalari chiqargan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishlari mumkin; ikkinchidan, Germaniya banklari O‘zbekiston firmalariga qarz berishlari mumkin.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, iqtisodiyotning rivojlanib va murakkab-lashib borgani sari moliyaviy tizim uning sub’ektlarini pul resurslarini vaqt bo‘ylab va makonda ko‘chirib o‘tkazish (o‘tish, joyini o‘zgartirish)ning samarali usullari bilan ta’minlashda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan bozorlar va moliyaviy tizim vositachi-larining o‘ta murakkab tarmog‘i yapon ishchisining pensiyaga oid jamg‘ar-masini amerikalik yosh oilalarga uy sotib olishlarini moliyalashtirish uchun ishlatilishiga imkoniyat yaratmoqda. Shuningdek, turli xil innova-tsiyalar ham iqtisodiyot samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Ular tufayli defitsitli pul resurslari vaqt (zamon) va makon bo‘ylab ko‘chirib o‘tkaziladi. Pul resurslari yuqori daromad keltirmaydigan joydan oqib keladi va katta foyda keltiradigan joyda ishlatiladi. Masalan, faraz qilaylik, barcha oilalar o‘z jamg‘armalarini uyidan tashqariga chiqmasdan investitsiya qilishga majburlar. Bunda “A” oila jamg‘armasi bo‘yicha yillik daromadlilik stavkasi bor-yo‘g‘i 2%ni tashkil etadi, “B” oila esa o‘zining jamg‘armasidan yiliga 20% daromad olish imkoniyatiga ega. “A” oilaning jamg‘armasini jalb qilib, “B” oilaga qarzga beruvchi investitsion kompaniya tuzish yo‘li bilan ikkala jamg‘ar-maning samaradorligini oshirish mumkin.


1-nazorat uchun savol

Moliyaviy tizim orqali vaqt bo‘yicha (bo‘ylab, orasida) pul resurslarini ko‘chirib
o‘tkazishga misollar keltiring. Ushbu resurslarni ko‘chirishning samaraliroq usuli mavjudmi?




35Bu o‘rinda “intertemporal” so‘zining so‘zma-so‘z tarjimasi “vaqtlar orasida” degan ma’noni bildiradi.

    1. Yüklə 4,09 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin