Foizstavkasigato‘lanmaslikriskiningta’siri. Belgilangan daromadli instrument (vosita)lar bo‘yicha to‘lanmaslik riski qanchalik yuqori bo‘lsa, hatto boshqa barcha ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qolganda ham, ushbu instrument (vosita)larning foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi. 7.1-jadvalda qarz oluvchilar tomonidan chiqarilgan va o‘z qarzlari bo‘yicha noto‘lovlarning turli darajadagi risklari bilan xarakterlanuvchi dollar nominalidagi xilma-xil foiz stavkalari keltirilgan.
7.1-jadval
Qimmatli qog‘ozlar daromadliligi solishtirmasi (%)
Qaytarish muddati 1 yildan dan 10 yilgacha bo‘lgan AQSh G‘aznachiligi obligatsiyalari
5,70
Qaytarish muddati 10 yildan yuqori bo‘lgan AQSh G‘aznachiligi
obligatsiyalari
6,21
Qaytarish muddati 1 yildan 10 yilgacha bo‘lgan korporativ
obligatsiyalar
Yuqori sifatdagi
6,45
O‘rtacha sifatdagi
6,94
Qaytarish muddat10 yildan yuqori bo‘lgan korporativ obligatsiyalar
Yuqori sifatdagi
7,09
O‘rtacha sifatdagi
7,56
Bu yerda AQSh G‘aznachiligi uzoq muddatli obligatsiyalari shunday riskning
eng past ko‘rsatkichiga ega. Undan keyingi o‘rinlarni yuqori va o‘rta sifatli korporativ obligatsiyalar egallamoqda.
Ushbu berilgan holatdagi turlixilqimmatliqog‘ozlardaromad-dorligiko‘rsatkichlarifarqiga (yield spread) e’tiboringizni qarating: qaytarish muddati
10 yildan yuqori bo‘lgan AQSh G‘aznachiligi obliga-tsiyalari, ularning yillik daromaddorligi 6,21%ni tashkil etadi va xuddi shunday qaytarish muddatidagi o‘rtacha sifatdagi korporativ obligatsiya-larning yillik daromaddorlik ko‘rsatkichi esa 7,56% ga teng. O‘rtadagi daromaddorlik farqi yiliga 1,35%ni tashkil etadi.