O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə35/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146
“Moliya” kafedrasi

1-nazoratuchunsavol

Qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning asosiy
xarakteristikalari qanday?



7-mavzu. Moliyaviy bozor stavkalari Reja:


  1. Foiz stavkalari
  2. Riskli aktivlarning daromadlilik stavkasi


  3. Bozor indekslari va indekslash strategiyasi
  4. Inflyatsiya va real foiz stavkalari


  5. Foizli stavkalarni tenglashtirish
  6. Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar





    1. Foiz stavkalari

Olin(ayot)gan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilin(ayot)gan (promised) daromadlik stavkasiga (yoki daromad stavkasi) foiz stavkasi deb ataladi. Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab, turli xil foiz stavkalari mavjud. Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni garov bo‘yicha foiz stavkasi (mortgage rate) deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Bank tomonidan firmalardan undiriladigan stavka esa tijorat krediti bo‘yicha foiz stavkasi (commercial loan rate) deb ataladi.
Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita bo‘yicha foiz stavkasi miqdori bir qator omillarga bog‘liq. Bulardan eng muhimlari hisob-kitob pul birligi (unit of account), to‘lov muddati (maturity) va kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski, yoki defolt riskidir (default risk). Ushbu omillarning har birini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.

  • Hisob-kitob pul birligi to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul birligini o‘z ichiga oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, u yoki bu mamlakatning valyutasi hisoblanadi: dollar, yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida birlik sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin, kumush yoki tovar va xizmatlarning standart «savati». Foiz stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.

  • Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan vosita bo‘yicha to‘lov muddati – bu davomiyligida jami olingan summani to‘lash lozim bo‘lgan vaqt. Qisqa muddatli instrument (vosita)lar bo‘yicha foiz stavkasi, uzoq muddat-lilarining foiz stavkasidan yuqori, past yoki teng bo‘lishi mumkin.

  • To‘lanmaslik riski qayd qilingan daromadga ega instrument (vosita) bo‘yicha qarzning asosiy summasi yoki foizning qandaydir bir qismi qarz oluvchi tomonidan to‘lanmaslik ehtimolini o‘z ichiga oladi. Bu riskning darajasi qanchalik baland bo‘lsa, qarz oluvchi o‘z investorlariga uning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga rozilik bildirishlari uchun shunchalik yuqori foiz stavkasini va’da qilishi lozim.

Endi, keling, ushbu uch omil amalda qanday qilib foiz stavkasi darajasi (o‘lchami)ga ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz.



Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin