O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə34/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   146
“Moliya” kafedrasi

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan, aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi. Ularning asosiy funksiyasi ular hosila hisoblangan aktivlarga qo‘yilmalarning risk darajasini boshqarish uchun vosita sifatida xizmat qilishdan iborat.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning kengroq tarqalgan turlari opsi-onlar va forvard kontrakt53lari hisoblanadi. Sotib olishga opsion, yoki «koll» opsion (call option) – bu egasiga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar istalgan paytda sotib olish huquqini beradigan vositadir. Sotishga opsion, yoki «put»opsion (put option) – bu, egasiga opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar xohlagan paytda kontrakt bo‘yicha o‘rnatilgan narxda ma’lum bir miqdordagi aktivlarni sotish huquqini beradigan vositadir. Aktiv egasi ushbu aktivni sotish uchun opsion sotib olar ekan, o‘zini uning narxi kontraktda ko‘rsatilganidan kamayib ketish xavfidan samarali sug‘urta qiladi.
Forvard kontraktlar (forward contracts) deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. Bu xil kontraktlar sotuvchiga va xarid qiluvchiga ushbu aktivlarning kelgusida sotiladigan narxining noaniqligiga bog‘lanib qolmaslik imkonini beradi.





53 «Kontrakt» lotincha «contractus» - bay, bitim, kelishuv. Tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan holda tuzilgan ikki yoki ko‘p tomonlama shartnoma, bitim. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.403.


Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin