O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə66/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146
“Moliya” kafedrasi

Puloqimlari to‘g‘risidagihisobot

Pul oqimlari summasi = Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi (chiqimi) + Investi-tsiya faoliyatidagi sof pul oqimla-rining kirimi (chiqimi) + Moliya-viy faoliyatdan sof pul oqimlari-ning
kirimi (chiqimi)

Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum bir davr uchun firmaning pul mablag‘lari kirimi va chiqimi qayd
etiladi.

Pul mablag‘larining har bir kirim va chiqimi hisobotning uch bo‘limidan birida aks ettiriladi.

Moliyaviy hisobotga tushuntirish (hisobotni izohlash). Biror bir korporatsiya o‘z moliyaviy hisobotini chop etar ekan, unga albatta tushun-tirish xatini ilova qiladi. Bu tushuntirish xatida u qo‘llagan usullar va o‘zining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar o‘z ifodasini topadi. Ba’zida esa, bu tushuntirish xatida kompaniyaning haqiqiy moliya-viy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar hisobotdagiga nisbatan ko‘proq va kengroq bo‘ladi. Ularda, odatda, quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:

  1. Kompaniyaning qanday hisob usullaridan foydalangani ko‘rsatiladi. Modomiki, firmalarga ba’zi xarajat turlari75 bo‘yicha hisobotlarni tuzishda ma’lum erkinlik berilgan ekan, u holda hisobotlarga ilova qili-nadigan tushuntirishda ushbu usullardan qaysi biridan foydalanilgani ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, hisob standartlari doimo o‘zgarib turishga moyil ekan, kompaniya tushuntirish xatlarida hisobot yilidan oldingi yilning asosiy natijalari bo‘yicha yangi standartlarga rioya qilgan holda hisob beradi.

  2. Ba’zi aktivlar va majburiyatlarga batafsil tavsif beriladi. Tushuntirish xatida uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzdorliklar, ijara haqi va shu kabi to‘lovlarni to‘lash shartlari va muddatlari batafsil bayon etiladi.

  3. Firma aksiyadorlik kapitali tuzilmasi to‘g‘risida ma’lumot. Tushuntirish xatida aksiyalarga egalik qilish shartlari bayon etiladi. Mazkur firma boshqa kompaniya tomonidan “yutib yuborilishi” xavfini baholashda mazkur ma’lumot ayniqsa foydali hisoblanadi.

  4. Asosiy operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar. Agar kompaniya boshqa kompaniyani sotib oladigan bo‘lsa (yoki sotib olinsa), yoki unga oldin qo‘shilgan firmani ajratib chiqarsa (yoki o‘zi ajratilsa), uning moliyaviy ahvoli keskin o‘zgaradi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida bunday operatsiya oqibatlari batafsil bayon etiladi.

  5. Balansdan tashqari hisob-varaqlar. Tushuntirish xatida ko‘pincha firma imzolagan, lekin balansda aks ettirilmagan, ammo kompaniyaning moliyaviy holatiga katta ta’sir ko‘rsatadigan moliyaviy shartnomalar bayon etiladi. Masalan, hosilaviy instrumentlar bo‘yicha shartnomalar, xususan forvard shartnomalar, svoplar va opsionlar ana shular jumlasidandir. Ular, odatda, turli moliyaviy shartnomalar bo‘yicha risk darajasini kamay-tirishga xizmat qiladi.





Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin