O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə74/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   146
“Moliya” kafedrasi

Moliyaviy “dastak” samarasi


Moliyaviy “dastak” yoki moliyaviy leverij kompaniya faoliyatida qarz olingan pul mablag‘laridan foydalanish bo‘lib, shu mablag‘lar yordamida kompaniya rahbariyati ishlab chiqarish faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolarni
hal etadi. Atamani (“dastak”) tanlash fizika qonun-lari, ya’ni biron dastak yordamida sarflanayotgan kuchni ko‘paytirish mumkinligi qonuni bilan bog‘liq. Moliyaviy “dastak” samarasi yordamida kompaniya aksiyadorlari o‘z kapitalidan foydalanish daromadliligi koeffitsiyentini (ROYe) oshiradilar. Biroq bunda mazkur koeffitsiyentning firmaning ishlab chiqarish faoliyatidagi samaradorlik tebranishiga sezuvchanligi oshadi. O‘z navbatida, firmaning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) tufayli o‘zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy “dastak” samarasidan foydalanar ekanlar, firma aksiyadorlari ham moliyaviy va ham ishlab chiqarish (operatsion) riski bilan to‘qnashadilar.
Aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa moliyaviy “dastak” koeffitsiyenti oshganda kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROYe) ham oshadi. Bu – tushunarli, albatta, chunki: agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, firma investitsiya qilgan kapitaldan foyda oladi va foyda summasi firma o‘z kreditorlariga to‘lashi kerak bo‘lgan summadan yuqori bo‘ladi. Shu tufayli ortiqcha mablag‘ hosil bo‘ladi va bu mablag‘ firma aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Demak, kapital daromadliligi koeffitsiyenti ortadi. Agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan past bo‘ladigan bo‘lsa, u holda aksiyadorlar bunday mablag‘ni yollamaslikni afzal ko‘radilar.
Masalan, faraz qilaylik, “A” kompaniyasi moliyaviy “dastak”dan foydalanadi. Aksincha, “B” kompaniyasi esa undan foydalanmaydi. Keling, kompaniyalar kapitalining daromadlilik koeffitsiyentini (ROE) ikki xil vaziyatda, ya’ni foiz stavkasi (1) 10,0% va (2) 15,0% bo‘lganda solishtiramiz. Natijalar quyidagi 13.3- jadvalda aks ettirilgan.

13.3-jadval



Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin