Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar
Korxona turlari
|
ROS ×
|
ATO =
|
ROA
|
Supermarketlar tarmog‘i
|
0,02
|
5,0
|
0,10
|
Kommunal xizmatlar korxonasi
|
0,20
|
0,5
|
0,10
|
Yuqorida bayon etilganlardan asosiy ma’no (xulosa) shuki, sotuvlar daromadliligi yoki aktivlar aylanib turishi koeffitsiyentining pastligi, albatta, firmaning moliyaviy muammolari bor degani emas. Bu koeffi-tsiyentlarning ikkalasini kompaniyaning faoliyat sohasini inobatga olgan holda o‘rganish kerak. Bundan tashqari, bir faoliyat sohasi doirasida ham doimiy farqlar bor. Masalan, Rolls Royce dilerlik tarmog‘i va Chevrolet tarmog‘ining aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) ko‘pincha bir xil bo‘lsa-da, Rolls Royce dilerlik tarmog‘ining joriy rentabellik ko‘rsat-kichlari yuqoriroqligi va aktivlar aylanib turishi koeffitsiyenti pastroqligi bilan ajralib turadi.
2-nazorat uchun savol
|
Agar “A” firmaning aktivlar daromadliligi (ROA) “B” firmanikiga nisbatan yuqoriroq bo‘lsa va ikkala kompaniyaning aktivlar aylanib turishi ko‘rsatkichi (ATO) bir xil bo‘lsa, “A” firmaning sotuvlar rentabelligi koeffitsiyenti (ROS)
qanday bo‘lishi kerak?
|
Dostları ilə paylaş: |