O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Pulning vaqt bo’yicha qiymati tenglamalari jami



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə93/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   146
“Moliya” kafedrasi

Pulning vaqt bo’yicha qiymati tenglamalari jami





Hisoblanishi

Tenglama

Yagona to’lovning kelgusi qiymati





Yagona to’lovning joriy qiymati

PV = FV x

]

Annuitetning kelgusi qiymati

FV = PMT (

)

Annuitetning joriy qiymati

PV= PMT [

]

Annuitet badalining
qiymati

kelgusi

PV= PMT (

) (1 + r)

Annuitet badalining joriy qiymati

PV= PMT [

] (1 + r)

Samarali yillik stavka

EAR =

Yillik bo’lmagan
to’lovning kelgusi qiymati

yagona





Doimiy annuitetning joriy qiymati

PV =

Qaydlar: = n yilda tugaydigan investitsiyaning kelgusi qiymati
n = to’lovlar amalga oshadigan va diskontlanadigan yillar soni
r = yillik foiz stavka yoki diskont stavka
PV = kelgusi pulning joriy qiymati
m = yilda diskontlashlar soni
PMT = har yil ohirida depozitga qo’yiladigan yoki olinadigan annuitet to’lovlar
PP = doimiy annuitet ta’minlaydigan dollar qiymati

16-mavzu. Inson hayotida moliyaviy rejalashtirish


Reja:


  1. Moliyaviy prognoz
  2. Rentabellikning va dividend siyosatining IMEga koʻrsatadigan ta’siri tahlili


  3. Naqd pul byudjetini tuzish va undan foydalanish

    1. Moliyaviy prognoz.


Moliyaviy prognoz korxonaning kelajakdagi moliyaviy talablarini baholashga harakat qilish jarayonidir. Ushbu moliyaviy talablarni baholashdagi asosiy bosqichlar quyidagilar:

  1. qadam. Rejalashtirilgan muddatda korxonaning foyda va chiqimlarini tasvirlash;

  2. qadam. Joriy va asosiy aktivlarda, prognoz qilinayotgan sotuv darajasini qoʻllab turish uchun kerak boʻladigan investitsiya darajasini baholash;

  3. qadam. Oʻz aktivlarini moliyalashtirish uchun kerak boʻlgan, butun rejalashtirilgan muddatdagi korxonaning moliyaviy talablarini aniqlash;



Sotuvlar prognozi.


Sotuvlar prognozi korxonaning rejalashtirish jarayonidagi asosiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkich odatda bir necha manbalardan olingan ma’lumotlardan kelib chiqadi. Kelgusi yil uchun sotuvlar darajasi prognozi eng kamida kelayotgan yilda roʻy berishi kutilayotgan oʻtmishdagi har qanday trend va ushbu tendensiyaga sezilarli darajada ta’sir koʻrsata olishi mumkin boʻlgan har qanday hodisalarning ta’sirini oʻz ichiga oladi.Reklama kampaniyasining tashabbusi yoki narxlash siyosatini oʻzgartirilishi ikkinchisi uchun misol boʻla oladi.

Moliyaviy oʻzgaruvchilarni prognoz qilish.


Odatiy moliyaviy prognoz sotuvlar prognozi,berilgan hisobotlarni hisobga olgan xolda, uni ta’sirini korxonaning turli xil chiqimlari, aktivlari va majburiyatlarida aks ettiradi. Ushbu aks ettirishni amalga oshirish uchun ishlatiladigan eng keng tarqalgan metod bu sotuvlar darajasi foizi metodi.

Moliyaviy prognozlashning sotuvlar darajasi foizi metodi


Sotuvlar foizi metodi kelajakdagi davr uchun xarajatni, aktiv yoki majburiyatni sotuvlarning bir qismi sifatida baholashni prognoz qilishni oʻz ichiga oladi.
Ishlatiladigan foiz miqdori eng oxirgi moliyaviy hisobotga asosan joriy sotuvlar foizidan, bir necha yillar uchun hisoblangan oʻrtacha miqdordan, tahlilchining fikridan, yoki ushbu manbalarning jamlanmasidan kelib chiqadi.ʻ
16.1-jadvalda Drew Inc. kompaniyasi uchun moliyaviy prognozda sotuvlar darajasi foizi metodi qoʻllanilgan toʻliq misol keltirilgan.Ushbu misolda korxonaning buxgalterlik hisobidagi har bir oʻzgarib turuvchi koʻrsatkich 2013-
yilgi sotuvlarning ($10 million) foizi sifatida keltirilgan.2014-yilda aks ettirilishi rejalashtirilayotgan muddat uchun balansdagi har bir element foizni $12 million ga koʻpaytirish orqali hisoblanadi. Ushbu metod korxonaning kelajakdagi moliyaviy talablarini baholashda nisbatan arzon va ishlatishda oson boʻlgan yoʻl taklif qiladi.
Eslatib oʻtish kerakki, 1-jadvaldagi misolda joriy va asosiy aktivlar sotuv darajasiga qarab oʻzgarib turadi. Buning ma’nosi, korxona prognoz qilinayotgan sotuv hajmini oshiraoladigan ishlab chiqarish quvvatiga ega emas.Ya’ni, agar sotuvlar $1 ga oshsa, asosiy aktivlar $0.40 ga yoki aks ettirilgan sotuv darajasi oʻsishining 40% iga oshadi. Agar hozirda korxona aks ettirilgan sotuv darajasini ushlab tura oladigan darajada asosiy aktivlarga ega boʻlganda edi, aktivlar sotuvlar darajasi foizi oʻzgarmas edi vaprognoz etilayotgan muddatda oʻzgarmay turishi aks ettirilar edi.
Bundan tashqari, e’tiborga olish kerak boʻlgan jihat: kreditorlik qarzlari va hisoblangan chiqimlar sotuvlar darajasiga qarab oʻzgarishi mumkin boʻlgan yagona majburiyatlardir. Ushbu ikkita majburiyatlarning haqli ravishda, korxonaning sotuv koʻrsatkichlariga qarab oshishi yoki kamayishini kutish mumkin.. Chunki ushbu ikki joriy majburiyatlar kategoriyasi odatda toʻgʻridan toʻgʻri sotuv darajasiga boʻgliq ravishda oʻzgaradi, koʻpincha ular oʻz-oʻzidan (spontan) moliyalashtirish manbalari bilan bogʻlanadi. Oʻz oʻzidan moliyalashtirishga korxonaning kunlik faoliyati tufayli oʻz oʻzidan yuzaga keladigan savdo kreditlari va boshqa kreditorlik qarzlari kiradi. Ishchi kapitalni boshqarishni oʻrganadigan 15-bobda, moliyalashtirishning ushbu shakli haqida koʻproq ma’lumot berilgan.Toʻlanadigan veksellar, uzoq muddatli qarzlar, oddiy aksiyalar, va toʻlangan kapital kabilar korxonaning sotuvlari darajasi oʻzgarishiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq emas. Ushbu moliyalashtirish manbalari, diskret moliyalashtirish deb ataladi, va ular har gal mablagʻ jalb etilganda korxona boshqaruvchilari tomonidan aniq qaror talab qiladi. Misol uchun banknota, muzokaralar olib borilishini va moliylashtirish sharoitlari bayon etilgan kelishuv imzolanishini talab qiladi. Nihoyat, taqsimlanmagan foyda koʻrsatkichi rejalashtirilgan sotuv hajmiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Taqsimlanmagan foyda koʻrsatkichining kutilayotgan oʻzgarishi soliqlar toʻlangandan keyingi taxminiy foyda (aks ettirilgan sof foyda) ya’ni sotuv hajmining 5%idan ($ 600,000) oddiy aksiyalarning dividendlarini($ 300,000) ayirmasiga ga teng.
16.1-jadvalda keltirilgan Drew Inc. misolida, korxonaning sotuv hajmi
$10milliondan $12milliongacha oʻzgarishini taxmin qildik, va bu oʻz navbatida korxonaning umumiy aktivlarga ehtiyojini $7.2 milliongacha oshishiga sabab boʻldi. Ushbu aktivlar $4,9 million miqdorida mavjud majburiyatlar va tabiy majburiyatlar orqali; $1.8 million miqdorida tasischilar mablagʻlari orqali, qoʻshimcha $300,000 miqdoridagi kelgusi yildagi sotuvlarning taqsimlanmagan foydasini oʻz ichiga oladi; va nihoyat, $500,000 miqdoridagi diskret moliyalashtirish orqali moliyalashtiriladi; ushbu mablagʻlar toʻlanadigan veksellar nashr qilish, obligatsiyalarni sotish, aksiyalar emissiyasini taklif qilishlar orqali, yoki ushbu manbalarning kombinatsiyasi orqali olinishi mumkin.
16.1-jadval

Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin