ishlab chiqarish vositalarini ishlatish samaradorligiga nisbatan noaniqlikdarajasi;
odamlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishi – odamlar qanchalik darajada tovar va xizmatlarni iste’mol qilishni ertaga emas bugun xohlaydilar;
riskniyoqtirmaslik–investitsiya bo‘yicha riskni qisqartirish maqsa-dida yuqori daramadlilikdan voz kechishga rozi odamlar soni.
Quyida Sizning e’tiboringizga har bir omilning qisqacha tavsifi havola etiladi.
Ishlabchiqarishvositalaridankutilayotgansamaradorlik. Inve-stor tomonidan kutilayotgan daromadlilik stavkasi miqdoriga ta’sir qiluvchi birinchi omil ishlab chiqarish vositalari samaradorligi (productivity of capital goods) hisoblanadi. Ma’lumki, boshqa narsalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan narsalar ishlabchiqarishvositalarihisoblanadi. Shaxtalar, yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, elektrostansiyalar, zavodlar, mashinalar va tovar-moddiy zaxi-ralarni ishlab chiqarish vositalariga misol sifatida keltirishimiz mumkin. Kapitalning ushbu fizik (moddiy) aspekt62i (jihati)dan tashqari, “kapital” tushunchasiga
62 “Aspekt” lotincha “aspectus” – nuqtai nazar; ko‘rinish. Narsa-hodisa, tushuncha va sh.k.ning o‘rganilishiga asos bo‘ladigan nuqtai nazar. Qarang: o‘sha manba. J.I.– B.109.
unumdorlikni oshirishga yordam beruvchi patentlar, shartnomalar, formulalar, firma nomlari, shuningdek ishlab chiqarish va ta’minot strukturasi kiradi. Bunday ushlab bo‘lmas narsalar (nomoddiy kapitallar) ko‘pincha ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruk-tor63lik ishlanmalari va reklamaga ketgan xarajatlar natijasi hisoblanadi.
Bir yilda kapitaldan foydalanish samaradorligini kiritilgan kapi-talning daromadlilik stavkasi (rate of return on capital) deb nomlanuvchi foizli ko‘rsatkich sifatida ta’riflash mumkin. Aynan shu daromad fir-malar tomonidan chiqarilgan aksiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy instru-ment (vosita)lar egalariga dividend va foizlar to‘lab berish manbai hisoblanadi. Ushbu hamma instrument (vosita)lar kapitaldan foydalanish orqali keladigan daromad qismiga talabni bildiradi. Qo‘yilgan kapi-talning kutilayotgan daromadlilik stavkasi investitsiya vaqti va joyiga, iqtisodiyotning holatiga, boshqa ishlab chiqarish omillarining, ya’ni tabiiy resurslar va ishchi kuchining yetarlilik darajasiga, ushbu kapitaldan foydalanib ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning talab darajasiga bog‘liqdir. Qo‘yilgan(joylashtirilgan,kiritilgan)kapitalningkutilayotgandaromadlilik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotdagi foiz stavkalariningdarajasi shunchalikbalandbo‘ladi.