Barqaror o‘sish koeffitsiyenti = Aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari
Agar firma yangi aksiyalar chiqarmasa, uning aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari yil boshidagi aksiyadorlik kapitali miqdoriga bo‘lingan taqsimlanmagan daromad o‘sishi sur’atlariga teng bo‘ladi:
Aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari
|
|
Taqsimlanmagan foydaning o‘sishi
|
=
|
Yil boshidagi aksiyadorlik kapitali
|
Lekin:
Foydani ushlab turish koeffitsiyenti – bu firma sof foydasining aksiyadorlarga dividend sifatida to‘lanmagan yoki kompaniyaning muoma-ladagi aksiyalarini sotib olishga sarflangan qismi. Ta’rifga ko‘ra bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
Daromadni ushlab turish
koeffitsiyenti
|
=
|
1
|
–
|
Dividendlarni to‘lash
koeffitsiyenti
|
–
|
Aksiyalarni qayta sotib
olish koeffitsiyenti
|
Binobarin, o‘rniga qo‘yish usulidan foydalanib quyidagini olamiz:
Aksiyadorlik kapitalining o‘sishi sur’ati
|
=
|
Foydani ushlab turish koeffitsiyenti X Sof foyda
|
Aksiyadorlik kapitali
|
yoki boshqacha qilib aytganda:
Aksiyadorlik kapitalining
o‘sishi sur’ati
|
=
|
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti
|
X
|
ROE
|
Va, shu tariqa, biz yana barqaror o‘sish koeffitsiyentiga ega bo‘lamiz:
Barqaror o‘sish
koeffitsiyenti
|
=
|
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti
|
X
|
ROE
|
Firmaning barqaror o‘sish maksimal koeffitsiyenti uning kapitali daromadliligi koeffitsiyentiga (ROE) teng, va faqat dividendlar to‘lash koeffitsiyenti “0”ga teng bo‘lganda, ya’ni kompaniyaning sof foydasi to‘liqligicha ushlab qolinib, biznesga reinvestitsiya qilingandagina bunday ko‘rsatkichga erishish mumkin. Agar firma o‘z o‘sish sur’ati o‘zining barqaror o‘sish koeffitsiyentidan yuqori bo‘lishini istasa, yangi aksiyalarni emissiya qilishi yoki kreditorlar oldidagi qarz koeffitsiyentini oshirishi kerak bo‘ladi.
Barqaror o‘sishga misol:
“A” kompaniyasi quyidagi belgilangan koeffitsiyentlarga ega deylik: Aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti = bir yilda 0,5 marta;
Qarz olingan kapitalning o‘z kapitaliga nisbati koeffitsiyenti =1,0; Dividendlar to‘lash koeffitsiyenti = 0,4;
Kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) = 20%.
So‘nggi yilda kompaniyaning sotuvlari hajmi 1,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Demak, aktivlar summasi 2,0 mln. so‘mga, qarz olingan va aksiyadorlik kapitali qiymatlarining har biri esa 1,0 mln. so‘mga teng. Kapital daromadliligi (ROE) 20,0%ni tashkil etgan, shunga muvofiq ravishda sof foyda 200 000 so‘m bo‘lishi kerak. Shundan 80 000 so‘m dividend sifatida to‘langan, 120 000 so‘m esa yangi aksiyadorlik kapitali sifatida reinvestitsiya qilingan. Kompaniya qarz kapitalining o‘z kapitaliga nisbati koeffitsiyenti 1,0 ga teng bo‘lganligi uchun “A” o‘z aktivlarini 240 000 so‘mga va sotuv hajmini esa 120 000 so‘mga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, sotuvlar hajmi barqaror o‘sishi koeffitsiyenti quyidagicha bo‘ladi:
g 120000
1000000
0,12 12%
Agar hisob-kitob uchun quyidagi formuladan foydalansak, xuddi shu natijani olamiz:
g = ROE × (1 – Dividendlarni to‘lash koeffitsiyenti) =
= 20% × (1 – 0,4) = 12%
“A” kompaniyasining uch yillik barqaror o‘sish davridagi moliyaviy hisobotlari 14.4-jadvalda aks ettirilgan:
14.4-jadval
Dostları ilə paylaş: |