O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə82/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   146
“Moliya” kafedrasi

Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi (cash cycle life) – bu firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak bo‘lgan sana va o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi vaqt. 14.2-rasmda ko‘rinib turibdiki, pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi tovar-moddiy zaxiralarining korxona-daligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatidan iborat bo‘lib, bu muddatdan kreditorlik qarzi muddati olib tashlanadi, ya’ni :



Pul mablag‘lari aylanishi sikli
davomiyligi

=


Tovar-moddiy zaxiralarning korxonada
bo‘lish vaqti

+


Debitorlik qarzi muddati



Kreditorlik qarzi muddati

Zaruriy aylanma kapital hajmi pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Agar kreditorlik qarzi muddati yetarlicha davomli bo‘lib, tovar-moddiy zaxiralarining korxonadaligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatini o‘z ichiga olsa, firmaga aylanma kapitalning umuman keragi yo‘q bo‘ladi.
Qanday amal (harakat)lar kompaniyalarning aylanma kapitaliga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirish imkonini beradi? Pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligini hisoblash tenglamasidan ko‘ramizki, firma o‘zinining aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyoji darajasini quyidagi tarzda kamaytirishi mumkin:

  • Zahiralar omborda saqlanadigan vaqtni qisqartirish. Bunga erishish uchun tovar-moddiy boyliklar harakatini boshqarish jarayonini takomillashtirish yoki mahsulotni faqat ishlab chiqarish jarayonida unga ehtiyoj tug‘ilgan

vaqtda aniq yetkaza bera oladigan mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish kerak;

  • Debitorlik qarzlarini tezroq pulga aylantirish. Bunga bir necha yo‘l bilan erishish mumkin. Masalan, qarzlarni undirish jarayoni samaradorligini oshirish, tezroq to‘laydigan mijozlarga chegirmalar taklif etish, shuningdek to‘lash muddati kechiktirilgan hisoblarga foiz yozish orqali.

  • O‘z kreditorlik qarzlarini to‘lash muddatini cho‘zish orqali.




2-nazorat uchun savol

Firmaning aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini qanday usullar bilan
qisqartirish mumkin?




  1. Yüklə 4,09 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin