Gap shundaki, bahoning o’zgarishi shu qadar kuchli bo’ladiki, shuning uchun
uning ta’siri boshqa omillar ta’sirini butunlay «niqoblab» qo’yadi. Shunday qilib,
nazariy nuqtai nazardan nominal pul massasini ko’paytirmasdan
uning aylanish
tezligi hisobiga inflyatsiyaning kuchayishi mumkin deb qaraladi. Garchi,
monetaristlarning aytishicha, amaliyotda giperinflyatsiya o’zining rivojlanishi uchun
pul massasining mutonosib tarzda ko’payishini taqozo etsa ham.
M.Fridmen qiziqarli empirik faktning mavjudligini ko’rsatib berdi: AQSh da
1870 yildan 1954 yilgacha ijtimoiy mahsulot ko’paygan bo’lishiga qaramasdan,
pulning aylanish tezligi umuman olganda pasaygan. O’sha paytgacha (A.Marshall
bo’yicha), kredit institutlarining ishlari takomillashganligi sababli, pulning aylanish
tezligining oshishi uzoq
muddatli moyillikka ega deb, hisoblab kelingan. M.Fridmen
esa likvidli aktivlarga bo’lgan talabni «zeb ziynat buyumlariga» bo’lgan har xil talab
ko’rinishida tahlil qiladi. Daromadlarning oshishi zeb ziynat buyumlariga bo’lgan
talabni rag’batlantiradi va demak, naqd pulga bo’lgan talabni ham. Olimning
ko’rsatib berishicha, qisqa muddatli vaqt mobaynida yalpi ichki mahsulotning
ko’payishi pulning aylanish tezligini oshishiga olib keladi, negaki iqtisodiy shov-
shuvlar paytida pulning harakati tezlashadi.
Pulning muomaladagi miqdori uning taklifini bildiradi.
Pul taklifi ancha
o’zgaruvchan bo’ladi, u iqtisodiy omillar bilan aniqlanmaydi, balki tashqi ta’sirdan
yuzaga keladi. Pul taklifi markaziy bank tomonidan, tijorat banklari beradigan
kreditlar miqdori, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pulga
bo’lgan talab va pul taklifi monetar muvozanatni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar
hisoblanadi. Bunda muvozanat ajralgan holda shakllanmaydi. Pul sektoridagi
muvozanat tovar sektorida bo’ladigan jarayonlar bilan o’zviy bog’langan.
Monetar nazariyaga ko’ra, pul miqdorining va
pul aylanishi tezligining
o’zgarishi jami talabga ta’sir ko’rsatadi. Pul massasi ko’p bo’lsa tovar va hizmatlarga
bo’lgan talab yuqori bo’ladi. Pul massasining ko’payishi bilan baholarning o’sishi
kelib chiqadi, bu esa tadbirkorlarni ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga, mahsulot
etishtirshni ko’paytirishga rag’batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: