O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami toshkent 2003



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/110
tarix16.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#183848
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim-fayllar.org


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI 

fanidan 

muammoli ma’ruza matnlari 


TO’PLAMI 

Toshkent - 2003 

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: 


TMI, 2003. - ______ bet.

Muammoli ma’ruza matni ko’zda tutilgan asosiy maqsad turli davrlarda yashab ijod


qilgan olim va mutafakkirlarning iqtisodiy fikrlar sohasidagi tarixiy merosi va g’oyaviy
boyliklarini o’rganishda talabalarga ko’maklashishdan iborat. Iqtisodiy fanda oldin amal
qilib kelgan va hozir amal qilayotgan alohida maktab va yo’nalishlarning kontseptsiya va
nazariyalarini o’rganish iqtisodiyot nazariyasidan olgan bilimlarni mustahkamlashga va
chuqurlashtirishga, mamlakatimizda sodir bo’layotgan iqtisodiy hodisalarni mustaqil tahlil
qilishga va to’g’ri xulosa chiqarishga yordam beradi.
Muammoli ma’ruza matni iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganuvchi barcha
yo’nalishdagi talabalarga mo’ljallangan.

To’plam “Umumiqtisodiy nazariya” kafedrasi majlisida muhokama qilingan va 
maqullangan. “____”___________200__y. _____-sonli majlis bayoni. 

Umumiqtisodiy nazariya”


kafedrasi mudiri: _________ T.JO’RAEV. 

Tuzuvchilar: i.f.n., prof. E.Egamov,
i.f.n., dots. A.Islomov,
if.n., dots. A.Sharipov.

Taqrizchilar: TDIU "Iqtisodiy tarix" kafedrasi mudiri:
i.f.d., prof. A.Razzoqov.


TMI, 2003





KIRISH 

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy fanlar tizimida alohida o’rin tutadi. U


iqtisodiy nazariyani to’ldirib borgach, mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni
tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o’ynaydi.

Adabiyotlarda fanga quyidagicha ta’rif beriladi: iqtisodiy ta’limotlar tarixi turli


tarixiy davrlarda olimlarning asosiy iqtisodiy qarashlari tizimining paydo bo’lishi va
rivojlanishining tarixiy jarayonini o’rganadi. Bu shu narsani bildiradiki, iqtisodiy
ta’limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro etilgan quldorlik
davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy
davrlarni o’z ichiga oladi.

Mustaqillikka erishgan jumhuriyatimiz milliy madaniyatining tezkorlik bilan


rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai bo’lish madaniy merosimizni keng
va chuqur hamda ilmiy asosda izchil o’rganishimizni taqozo etadi. Ma’lumki, uzoq
o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari tarixi o’z boshidan turli voqealarni,
ko’tarilish va susayish davrlarini kechirgan. Bu darvlar tarixda shubhasiz ma’lum iz
qoldirgan. Xususan, madaniyatimiz taraqqiyotida IX-XII asrlar katta rol o’ynaydi. Bu
davr O’rta Osiyo xalqlarini dunyo madaniyatida mashhur qildi. Chunki O’rta Osiyo
xalqlarining bu davrda qo’lga kiritgan madaniy yutuqlari, ilm-fan sohasidagi
yangiliklari dunyo madaniyati ilm-fan rivojining ajralmas halqasini tashkil etadi.
1

XII-XIV asarlarda Italiyada Muxammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy,


Marvoziy, Farobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd kabi mashhur Sharq olimlarining asarlari
lotin tiliga tarjima etildi, arab ilmiy yutuqlarini o’rganishga intilish tugaydi. Bu
asarlar Evropaga keng tarqaldi.

O’rta Osiyo ilm-fan, ma’naviyat, tarixda misli qurilmagan namunalar yaratdi.

Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Firdavsiy, Rudakiy, Buxoriy, Ahmad
Yugnakiy, Maxmud Qashg’ariy, Zamaxshariy kabilar shu darv madaniy
yuksalishning qoyalari, cho’qqilaridir. Xattoki arab xalifasi Ma’mun O’rta Osiyo

1
M.M.Xayrullaev. O’rta Osiyoda IX – XII asrlarda madaniy taraqqiyot. T., «Fan» 1994. 9-10 betlar.





olimlarini xalifalikning markaziga olib ketgani va ular Bag’dod akademiyasining


ko’rki bo’lib, ilm uchun xizmat qilganliklari tarixdan ma’lum.

Iqtisodiy ta’limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog’liq. Jamiyatning


rivojlanishida uning roli juda katta. Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiyotda sodir
bo’ladigan jarayonlarni passiv aks ettirmaydi, balki ularga muayyan ta’sir ko’rsatish
yo’li bilan ijtimoiy rivojlanishning tezlashishiga yoki sekinlashishiga olib keladi.
Hammaga ma’lumki, ko’pchilik kontseptsiyalar (masalan, yangi klassik yoki
keynschilik) davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o’rganiladi.


Shu bilan birga shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlar tarixi
zamonaviylikka yo’naltirilgan. Bu ko’rilayotgan muammolarning hozirgi kundagi
faolligi bilan ifodalanadi. O’tgan davr iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlarni to’la
qondira olmaydi, qolaversa bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni o’rganish uchun
amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to’la hal
etishda o’tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o’tgan
donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to’g’risida to’g’ri xulosa
chiqarish va yangi g’oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Tarixiy tajriba shunisi
bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o’tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq
tushunishga yordam beradi.

Davlatimiz rahbarining ko’rsatmasi ilm-fanning hamma sohalarida buyuk


ajdodlarimiz qoldirgan mo’’tabar ma’naviy ne’matlar va ilmiy qadriyatlarni tadqiq
qilib, o’zbek xalqining bugungi avlodiga etkazib berishga da’vat etadi. Tabiiyki, buni
milliy qadriyatlaridan biri - tarixiy-iqtisodiy g’oyalar, ta’limotlar, qarashlardir. Buyuk
ajdodlarimizning tarixiy-iqtisodiy ta’limotlarini o’rganish, tadqiq etish, ularni
bugungi iqtisodiy islohatlarga xizmat qildirish, yosh avlodning iqtisodiy tafakkurini
allomalarimiz iqtisodiy merosi ruxida tarbiyalashimiz har qachongidan dolzarbroq
bo’lib qoldi. Ma’lumki, zamonaviy iqtisodiy tafakkur, uning tarkibiy qismi bo’lgan
bozor iqtisodiyoti ilmni o’rganishda, ayniqsa, davrimiz ruxi talablariga mos keluvchi



iqtisodchi kadrlar tayyorlashda “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani o’rni va ahamiyati


beqiyos.
1

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi bo’yicha mazkur ma’ruza matnida iqtisodiy


fikrlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi, o’rta asr davridagi iqtisodiy fikrlar, ayniqsa
Sharq musulmon dunyosidagi iqtisodiy fikrlar ko’proq ko’rib chiqildi. Shuningdek,
ma’ruza matnida klassik iqtisodiy maktab tahlili va §arbiy Evropa iqtisodiy fikrlari
keng o’rin oldi.

O’rganilayotgan mavzularning mohiyatini yaxshiroq tushunish va olgan


bilimlarni mustahkamlash maqsadida har bir matndan keyin tayanch iboralari va
qo’llanma oxirida test savollari berildi.

1
Q. Yo’ldoshev, Q. Muftaydinov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixidan. T.,2000, 3-4 betlar


.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin