2. Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy fikrlar. “Artxashastra”dagi ilgari
surilgan g’oyalar.
Qadimgi Hindiston xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini
o’rganishning asosiy manbai bo’lib «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.o. IV asr
oxiri). Qadimgi Xindiston iqtisodiy g’oyalarni ilgari surilgan asar, shubhasiz,
«Hammurani qonunlari» to’plamidir. Bu tarixiy manba eramizdan avvalgi XVIII
asrda Bobil (Vavilen)da podsholik qilgan Hammuraniga tegishlidir. Asrdagi iqtisodiy
g’oya shundaki, mulkchilik va unga egalik shakllari
bayon qilingan, adolatli iqtisodiy
munosabatlar qurish lozimligi ko’rsatilgan.
1
Masalan, aholi erlarini tortib olish, sotib
olish taqiqlangan, sudxo’rlik cheklanib, ma’lum chegaradan ortib ketmasligi
qonunlashtirilgan, qonunlarda qishloq xo’jaligini rivojlantirish rag’batlantirilgan,
mehnatsiz daromad
topishga ruxsat berilmagan, xususiy mulkchilik e’tirof etilgan va
boshqalar mulkiga ko’z olaytirish, unga zarar etkazish qoralangan. Uni podsho
Chandraguptining maslaxatchisi Kautilya g’zgan deb taxmin qilinadi. Bu atoqli asar
15 kitobdan iborat bo’lib, «artxa» so’zi - foyda, moddiy manfaat, «shastra» - ilm,
ilmiy asar ma’nosini bildiradi.
Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to’g’risida ko’rsatmalar berilgan,
ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga bag’ishlangan,
uchinchi va
to’rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash savollari ko’rib chiqilgan, so’ngra tashqi
sig’sat usullari to’g’risida, maxfiy xizmat to’g’risida, armiyani tashkil qilish va shu
kabilar to’g’risida so’z yuritiladi.
«Artxashastra»ning eng boshidag’q podsho to’rtta «ilmni» bilishi zarurligi
to’g’risida fikr yuritiladi. Uning bittasi iqtisodig’t hisoblanadi. «Iqtisodig’t»
(ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko’riladi. Mamlakatda
qishloq xo’jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy soha hisoblangan.
«Artxashastra»da aytilishicha davlat yangi mintaqalarni tashkil
etish va odamlarni u
erlarga o’rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko’chib kelganlarga er
soliq to’lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, xunarmand
mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning
sig’sati erni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, -
deyiladi asarda,- odamlardan tashkil topgan. Odam yashamaydigan er esa, naslsiz
sigirga o’xshaydi - undan na sut sog’ib olib bo’ladi».
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko’zlagan holda, xo’jalikni yaxshi
tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o’z erini ishlatmasa g’ki g’mon
ishlasa
uning erini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo’jayinlarga berish tavsiya etiladi.
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko’rib
chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun,
davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zahirasi bo’lishi kerak. Bu
bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta’minlashga erishiladi.
1
Q.Yo’ldoshev, Q.Muftaydinov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixidan. T., 2000. 21,22 betlar
.
11
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan.
«Sug’orish sistemalarini qurish, - deyiladi unda,- hosilning manbai hisoblanadi...»
Sug’orish sistemasiga etkazilgan har qanday zarar uchun og’ir jazo, hatto o’limga
mahkum etish tavsiya etiladi.
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini echishga katta ahamiyat
beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo’jaliklari foydasidan, har turli soliq va boj
to’lovlaridan tashkil topgan.
Xarajatlar qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni
rivojlantirishga, jamoa ishlariga mablag’ ajratib kelgan. Davlat xo’jaligi va soliq
tizimi bilan bog’liq bo’lgan moliya idoralarining to’g’ri ishlashi uchun,
«Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat’iy hisob-kitob xujjatlari
olib borilish zarur. Podsho xazinani o’g’irlovchi chinovniklarni bartaraf etishi kerak.
Ammo bu erdagi o’g’irlikni aniqlash juda qiyin bo’lgan. «Artxashastra»
xazina
mulkini o’g’irlashning 40 xil usulini ko’rsatib beradi va ayg’r chinovnikning
xiylasini bilishdan ko’ra, osmondagi qushning yo’lini aniqlash osonligini qayd qilib
o’tadi. «Suvda suzib yurgan baliq, o’sha suvdan ichayaptimi yo’qmi bilib
bo’lmaganidek, ishga berkitilgan chinovnik mulkni o’zlashtirayaptimi yo’qmi
aniqlab bo’lmaydi», deyiladi asarda. Shu boisdan suiiste’mol qilishning har xil
usullarini o’rganib olmasdan avval, chinovniklarni tez-tez o’zgartirib
turish tavsiya
etiladi.
Iqtisodiy sig’sat sohasida «Artxashastra», podshoni ishlab chiqarish kuchlarini
rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga -
«daromadlarni ko’paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» dav’at etadi. Qadimgi
Hindistonning bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori
darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham
ko’rsatib berdi.
Dostları ilə paylaş: