O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami toshkent 2003


Abu Nasr Forobiyning iqtisodiy fikrlari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə14/110
tarix16.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#183848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim-fayllar.org

Abu Nasr Forobiyning iqtisodiy fikrlari. 

O’rta asr davrida ilg’or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk


mutafakkirlardan biri, Farobiy uning tahallusi bo’lib to’liq nomi Abu Nasr
Muhammad Ibn Muhammad Ibn Uzlug’ Tarxon - jaxon madaniyatiga katta hissa
qo’shgan osiyolik faylasuf qomusiy olim. o’rta asrning birqancha ilmiy yutuqlari
umuman yaqin O’rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur
24 


rivoji uning nomi bilan bog’liq. Farobiy o’z zamonasi ilmlarining barcha sohasini


mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo’shganligi, yunon falsafasini
sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomini
ulug’lanib, “Al-Muallim as-sokiy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq
Arestusi” deb yuritilgan.
Farobiy turkiy kabilardan bo’lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo
qirg’og’idagi Foro – O’trar degan joyda tug’ilgan.
Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu
Nosir Forobiy (873-950) hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini oshirish
yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan
suhbatlashib, undan saboq olish uchun yo’lga chiqqan. U 70 dan ko’p tilni bilgan.

Forobiy bir asarni bir marta o’qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o’qirdi.


Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o’qigan nushasi topilgan bo’lib, kitob
chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o’qidim», boshqa bir kitobda
esa «Bu kitobni qirq marta o’qidim, lekin yana o’qishim kerak», deb g’zilgan.
Forobiy Aristotel asarlarini o’qib o’rganish bilan birga, ularga sharhlar ham g’zgan.
Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy g’zgan sharhlar
g’rdami bilangina to’liq tushundim deb g’zgan.

Forobiy ilm izlab jahon kezgan. Shunday paytlarda uning hag’tida quyidagi


qiziq bir voqea sodir bilgan. O’rta asrda Sharqning mashhur shaharlaridan biri –
Damashq hokimi haftada bir kun olimlarni yig’ib suhbat o’tkazar ekan. Shunda u
saroy darvozasini ochib qo’yar, istagan kishi u erga kirib, yig’ilganlar suhbatidan
bahramand bo’larkan. Shunday kunlarning birida u erga borib qolgan Forobiy
olimlar bilan suhbat qurib o’tirgan hokimning saroyiga kirib qoladi. Hokim uni ham
o’tirishga taklif etadi. Shunda Forobiy: «qaerga o’tiray, o’zimga loyiq joygami g’ki
bo’sh joygami», deb so’raydi. «O’zingga loyiq joyga o’tiraqol», deydi hokim.
Shunda Forobiy to’ppa-to’g’ri hokimning g’niga borib o’tiradi. U bundan jahli chiqib
boshqalarga sirli bo’lgan tilda soqchiga: «Bu turk odobsizlik qildi, uni ahloqsizligi
uchun ketag’tganda jazolanglar», deydi. Shunda Forobiy «Men hech qanday gunoh
qilganim yo’q-ku, nima uchun meni jazolashga buyurasiz», deb so’raydi. Bu savolni
eshitib xayron bo’lgan hokim: «Bu tilni hech kim bilmaydi-ku, sen qaerdan va
kimdan o’rgangansang’», -deydi. «Men ko’p tillarni o’rganganman», javob beradi
Forobiy. Shu vaqt o’tirgan olimlarning biri bir masalani o’rtaga tashlaydi.
Yig’ilganlar o’rtasida qizg’in munozara boshlanib ketadi. Hech kim bu masalaga
to’g’ri javob bera olmaydi. Shunda Forobiy uni har tomonlama tushuntirib beradi.
Shunda hokim Forobiydan: «Sen «ikkinchi muallim» emasmisang’», deb so’raydi.
Forobiy tasdiqlovchi ishora qiladi.

«Ikkinchi muallim» bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan moddiy


ehtig’jlar to’g’risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtig’ji jamiyat
shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u
yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtig’j sezadi. Ularni u bir o’zi topa
olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muxtoj bo’ladiki, uning har biri
u ehtig’j sezag’tgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga
nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy
25 


ehtig’jlar bunday tushuncha o’sha davrdagi ilg’or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan


birga moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining rolini, har xil xunar
turlarini o’qtirib o’tagach, u qullikka keskin qarshi chiqdi.

Forobiy, Platonga o’xshab ideal tuzum to’g’risida tafakkur yuritdi. U kelajak


haqida o’ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o’zaro
g’rdam va do’stlik tufayli bo’ladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; er yuzida
barcha xalqlarning o’zaro g’rdami asosida bir butun yagona jamiyat qurish
mumkinligi to’g’risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan.
Ammo Forobiy mazkur o’zaro g’rdamning iqtisodiy asosi – mehnat mahsulotlarini
ayirboshlashning zarurligini ko’rsatib bera olmadi. Shu narsani qayd qilib o’tish
kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi o’ringa surib qo’ydi. Bu ayniqsa uning
davlat to’g’risidagi talqinida ko’rinadi, unda adolat o’rnatish, ommani ma’rifatli
qilish uning asosiy funktsiyalaridan deb e’tirof etiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin