Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari.
Yusuf Balosog’uniy Ettisuv o’lkasidagi Ko’zo’rda (Balosog’un) shahrida
1016-1018 yillar orasida dunyoga keldi.
Shoir haqida ma’lumotlar ko’p emas. “Qutadg’u bilig” asarini 50 yoshlarda
hijriy 462 yili (1069/70) yozib tugatgan Yusuf o’zi haqida asar muqaddimasida
shunday ma’lumot beradi. Bu kitobni tartib beruvchi Balasog’unda tug’ilgan, par qiz
sohibi (sabr-qanoatli) kishidir. Ammo bu kitobni Qashg’arda
tugal qilib, Mashriq
maliki Tavg’achxon darohiga keltiribdir. Malik uni yorqlab, ulug’lab o’z (saroyida)
Xos Xojiblik (lavozimini) beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulug’ Xos xojib deb
mashhur nomi tarqalibdi.
“Qutadg’u bilig” biz uchun g’oyat muhim iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan asar
sifatida ilmiy ahamiyati kasb etadi. Asardagi mohiyatga to’g’ri haq to’lash, boshqalar
mehnatini to’g’ri taqdirlash, qadriga etish,
moddiy manfaatdorlik, kasb-xunar
egallash, kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o’rin berilgan.
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan XI asrda yashab
ijod etgan buyuk shoir va mutafakkir Yusuf Xos Hojib Bolasag’uniy hisoblanadi. U
jamiyatning rivojlanishida mehnatning rolini qayd qilib o’tgach, shunday deydi:
«Odamga foydasi tegmagan odam - murda» va «O’tgan umr achinarli emas,
balki
sarflangan mehnat achinarlidir». Yusuf Xos Hojib mehnatga tavsif berish bilan
cheklanmasdan, balki mehnat taqsimotining ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratdi.
U dehqonchilikda, chorvachilikda, hunarmandchilikda
yaratiladigan moddiy
boyliklarning xususiyatlarini ko’rsatib beradi, aynan dehqon mehnati odamlarni
boqadi va kiyintiradi, chorvador esa eyish, kiyish va
minish uchun foydalanadigan
otlarni, tuyalarni va boshqa hayvonlarni ko’paytiradi deb qayd qilib o’tadi. Shular
bilan birga hunarmandlar turmush uchun kerak bo’lgan buyumlarni yaratadilar.
Olimlarning mehnatiga yuqori baho beriladi.
Yusuf Xos Hojib pulning qiymat o’lchovi, muomala vositasi, jamg’arish
vositasi funktsiyalarini aytib o’tadi. Uning fikriga ko’ra, davlatning qudrati nafaqat
armiyada, balki xazina mablag’larida hamdir. Lekin davlat
qimmatbaho buyumlarni
jamg’arish bilan qiziqib ketmasligi, davlat mablag’larining bir qismini xalq
manfaatlari yo’lida sarflashi lozim. Yusuf Xos Hojibning bu fikrlari to’g’ri
ekanligini hag’tning o’zi tasdiqladi.
Dostları ilə paylaş: