O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami toshkent 2003


  O’rta asrdagi iqtisodiy qarashlarning o’ziga xos xususiyatlari. –



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə11/110
tarix16.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#183848
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim-fayllar.org

1. 
O’rta asrdagi iqtisodiy qarashlarning o’ziga xos xususiyatlari. –
Arab mamlakatlaridagi iqtisodiy g’oyalar. 

Arabistonda feodal munosabatlariga o’tish va yagona davlat tashkil etish


yangi islom dinining paydo bo’lishi bilan birga yuz berdi. Umumarab davlatning
boshlig’i Muhammad payg’ambar ham diniy, ham madaniy ishlarni amalga oshirdi.
Bu jarag’n keyinchalik musulmon davlatlarining sig’siy va iqtisodiy qarashlariga
katta ta’sir ko’rsatdi.

Islomning vujudga kelishi, musulmon diniy aqidalarining shakllanishi Makka


shahrida tug’ilib o’sgan Muhammad (570-632) ismli shaxs nomi bilan bog’liqdir.
Muhammad 610 yildan boshlab o’z diniy targ’ibotini boshlagan, barcha arablarni
qabilasi, jinsi, ijtimoiy mavqi, iqtisodiy ahvolidan qat’i nazar yagona xudoga –
Ollohga sig’inish va bo’ysunishga targ’ib qilgan va o’zini xudoning erdagi vakili
“Payg’ambar” deb e’lon qilgan.
Qur’on
va
Ґadis musulmon ilohiyati, denyoqarashi, falsafasi, ma’naviyati,
ahloqi, huquqi kabilarning asosi hisoblanadi. Ularda din, islohiyat, diniy e’tiqod,
masalalari bilan birga o’z davrining ahloqiy va siyosiy an’analari, insonparvarligi,
insonlarni qovushtiruvchi, ular o’rtasidagi ziddiyat, nizolarning oldini oluvchi, adolat
o’rnatishga qaratilgan ahloqiy fikrlar ham keng o’rin olgan.
1

1
M.M.Xayrullaev O’rta Osiyoda ilk uyg’onish davri madaniyati. T., “Fan” nashriyoti, 1994 y. 17-18 betlar.



21 


2. Qur’oni Karimdagi iqtisodiy ko’rsatmalar. 

Islom dinining muqaddas kitobi - Qur’oni Karimda (arabcha - qiroat, ya’ni


o’qish) iqtisodiy fikr va ko’rsatmalar muayyan darajada o’z aksini topgan. Islom
dinida Qur’oni Karim Alloh tomonidan payg’ambarimiz Muhammadga 23 yil
davomida vahiy qilingan deyiladi. Payg’ambarimiz Muhammad Alayhissalom 570
yili Makkada Quraysh qabilasiga mansub bo’lgan hoshimiylar xonadonida tug’ilib,
632 yil iyun oyida Madinada vafot etdilar.

Qur’oni Karimdagi asosiy g’oyalardan biri musulmonlarning qardoshligi


bo’lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon, hunarmandlar
mehnati, umuman xalol mehnat ulug’lanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo’lishi
uqtiriladi. Iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlari va usullarini tahlil qilish shuni
ko’rsatadiki moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va ularning iste’molida diniy
tushunchalar, odamlarning iymon – e’tiqodi katta ta’sir kuchiga ega. Islomning
asosiy manbai Qur’oni Karimning oyatlari bandlarning har jixatdan poklikka iymon
va salomatligiga chorlaydi. Bu muqaddas kitobning 293 ta oyati bevosita iqtisodiy
tafakkurga bag’ishlangan. Boshqa ko’plab oyatlarda ham qisman iqtisodiyotga
tegishli fikrlar uchraydi.
1
Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi,
sudxo’rlik (sudxo’rlik foizi)ni qoralaydi, mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga
xig’nat va hatto hasad qilish katta gunoh deb ko’rsatiladi. Islomda jamiyatning
tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to’g’rilikka buyuriladi va
g’lg’on ishlatish, o’g’rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qur’oni
Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash, etim-esirlarga muruvvat, xayr-
ehson qilish, o’zaro yordam berish haqidagi g’oyalar, hamda soliq turlari va miqdori
to’g’risidagi tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi. Oyati karima va xadisi
shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa dehqonchilik, qo’ychilik bilan
shug’ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan.

Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash, Qur’oni Karimdagi «Englar,


ichinglar, xadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar» degan oyatlar asosida olib boriladi
(bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi). «Darg’ bo’yida
taxorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon
iqtisodig’ti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin