O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filliali


Pullar quyidagi beshta funksiyani bajaradi



Yüklə 44,89 Kb.
səhifə2/10
tarix19.12.2023
ölçüsü44,89 Kb.
#186592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filliali-fayllar.org

Pullar quyidagi beshta funksiyani bajaradi:
-qiymat o‘lchov,
-muomala vositasi
-to‘lov vositasi,
- jamg‘arish vositasi
- jahon pullari.
1. Qiymat o‘lchovi — pullar umumiy ekvivalent sifatida hamma tovarlarning qiymatini o'lchaydi. Tovarlarni ishlab chiqarish uchunsarflangan ijtimoiy zarur mehnat ulami tenglashtirish uchun sharoit yaratadi. Hamma tovarlar ijtimoiy zaruriy mehnat mahsuli hisoblanadi,shuning uchun o'zi qiymatga ega bo'lgan haqiqiy pullar (kumush,oltin) boshqa barcha tovarlar qiymatining o'lchovi bo'lishi mumkin.Bunda tovarlar qiymatining pullar vositasida o'lchanishi ideal tarzda yuz beradi, ya’ni tovar egasida naqd pullaming bo'lishi shart emas.Shunday qilib, pullar qiymat o'lchovidan iborat bo'ladi. Jamiyat pul birligidan turli xil ne’matlar va resurslarning nisbiy qiymatlarini solishtirish uchun masshtab sifatida foydalanishni qulay deb hisoblaydi.Masofani metrlar va kilometrlarda yoki vaznni grammlar hamda kilogrammlarda o'lchaganiga o'xshatib ne’matlar va xizmatlaming qiymati ham pul ifodasida solishtiriladi. Bu shubhasiz afzalliklarga ega. Pul tizimi tufayli har bir mahsulotning narxini uni almashtirish mumkin bo'Iadigan boshqa hamma mahsulotlar orqali ifodalashga zarurat qolmaydi. Pullaming umumiy ekvivalent sifatida foydalanilishi shuni anglatadiki, har qanday tovarning narxini faqat pul birligi orqali ifodalash yetarli bo'ladi. Pullaming shu tarzda ishlatilishi bitim qatnashchilariga har xil tovarlar va resurslarning nisbiy qimmatini osonlik bilan solishtirish imkonini beradi. Hozirgi dunyoda turli ne’matlarning qiymati bir xildagi pul birliklarida — bir-biriga yengillik bilan o'tkaziladigan (konvertatsiya qilinadigan) dollarlar va shu kabilarda ifodalanadi. Tovarning pullarda ifodalangan qiymati narx deyiladi.
Narx tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur ijtimoiy mehnat xarajatlari bilan belgilanadi. Tovarlarning narxi va ularning harakati negizida qiymat qonuni yotadi. Tovarning narxi bozorda shakllanadi va tovarlarga talab hamda taklif teng bo'lganida bunday narx tovaming qiymati va pullaming qiymatiga bog'liq bo'ladi. Bozordagi talab va taklif bir-biriga muvofiq kelmaganida tovaming narxi muqarrar ravishda
uning qiymatidan chetga tebranib o'zgaradi. Narxlarning tovarni ishlab chiqaruvchining qiymatidan yuqoriga va pastga o'zgarishlari qanday tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilgani, qaysilarining — kam ishlab chiqarilganidan dalolat beradi. Qiymatiga ko'ra turlicha bo'lgan tovarlarning narxlarini taqqoslash uchun ularni bir masshtabga keltirish, ya’ni ularni bir xildagi pul birliklarida ifodalash zarur. Metall pullar muomalasida narxlar masshtabi deb ushbu mamlakatda pul birligi qilib qabul etilgan va boshqa barcha tovarlarning narxlarini o'ichash uchun xizmat qiladigan pullik metallning vazni miqdoriga aytiladi.

Yüklə 44,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin