O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filliali


-son BHMS “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot



Yüklə 44,89 Kb.
səhifə6/10
tarix19.12.2023
ölçüsü44,89 Kb.
#186592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filliali-fayllar.org

9-son BHMS “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot
Pul ekvivalentlari — ma’lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli uncha ko‘p bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar).
Pul mablag‘i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar uchun foydalaniladi.

Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo‘lishi va qiymatining o‘zgarishida biroz xavf bo‘lishi lozim.


Investitsiya qisqa muddatda to‘lanadigan 9bo‘lsa, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab
taxminan uch oy ichida to‘lanadigan bo‘lsa,uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
7-son BHXS “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot”
Pul mablag’larining ekvivalentlari — belgilangan summadagi pul mablag’lariga oson aylantiriladigan va qiymatining o’zgarishi jihatidan sezilarsiz darajadagi riskka ega bo’lgan,qisqa muddatli va yuqori likvidli investitsiyalardir.
Pul mablagʼlarining ekvivalentlari investitsiya yoki boshqa maqsadlar uchun emas, balki qisqa muddatli majburiyatlar boʼyicha toʼlovlarni amalga oshirish maqsadida ushlab turiladi.
Investitsiyani pul ekvivalenti deb hisoblash uchun, u belgilangan summadagi pul mablagʼiga oson aylantiriladigan va qiymatidagi oʼzgarishlar riski sezilarsiz darajada boʼlishi lozim.

Investitsiya odatda uning soʼndirish muddati qisqa boʼlsagina, yaʼni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy yoki undan kam muddat ichida toʼlanadigan boʼlsa, pul mablagʼlarining ekvivalenti deb hisoblanishi mumkin.


Ulushli investitsiyalar pul ekvivalentlariga kirmaydi, bundan ular, aslini olganda, pul mablagʼlarining ekvivalentlari boʼlgan holatlari istisno, masalan soʼndirilishiga qisqa muddat qolganda sotib olingan va soʼndirilish muddati aniq belgilangan imtiyozli aksiyalar misolida kabi.milliy va xalqaro satandartlarda pul ekvivalentlariga berilgan ta’riflar deyarli bir xil. Berilgan ta’riflarda bir-birini inkor etuvchi tushunchalar, atamalar mavjud emas.
Respublikamizda pul mablag’lari ekvivalentlarini xalqaro standartlar asosida alohida o’rganishi lozim. Pul mablagʼlarining ekvivalenti esa yuqorida keltirilgan ta’riflardan ma’lumki, «qisqa muddatli,belgilangan summadagi pul mablagʼlariga oson aylantiriladigan va qiymatining oʼzgarishi jihatidan ahamiyatsiz darajadagi riskka ega boʼlgan yuqori likvidli investitsiyalar» deb taʼriflangan.
Demak, pul mablagʼlari ekvivalentining soʼndirish muddati 3 oydan kam boʼlishi kerak. Bu hisobot kunidan boshlab 3 oy emas, balki shartnoma yoki xarid kunidan boshlab investitsiyaning umumiy muddatidir. Shuning uchun, agar tashkilotning 6 oylik omonatga investitsiyasi boʼlsa, bu pul mablagʼlarining ekvivalenti sifatida tasniflanmaydi.
21-son BHMS ga asosan pul ekvivalentlari hisobi 5600-“ Pul ekvivalentlari” schotida yuritilishi ko’rsatilgan. Bunga asosan 5610-“ Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)” schotida markalar, pattalar va boshqa pul ekvivalentlari nominal qiymati bo’yicha hisobga olinadi
Xalqaro amaliyotda pul mablag’larining ekvivalentlariga quyidagilar kiritilishi ko’rsatilgan

— Veksel (Commercial paper)


— Pul bozori investitsiya fondlari (Money market mutual funds)
— Depozitlari to’g’risidagi bank sertificatlari (Bank certificate of deposits)
— G’aznachilik qimmatli qog’ozlari (Treasury securities)
— Imtiyozli aksiyalar (Preferred stocks(less than 3 months maturity))
Bizningcha pul mablagʼlarining ekvivalentlari quyidagilarni oʼz ichiga olishi mumkin:
— Bankdagi omonatlar
— Depozit sertifikatlari
— Pul bozoridagi moliyaviy instrumentlar
— Korporativ obligatsiyalar
— Davlat obligatsiyalari
— Evrobondlar

Yüklə 44,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin