Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filliali-fayllar.org
Ichki nazorat tizimi – bu aktivlarni himoya qilish va buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan ma’lumotlarini to’g’riligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan siyosat hamda ish yuritish tartibidir.
Pul harakatini ichki qat’iy nazorat qilish tizimi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun to’g’ri axborot berilganligini kafolatlaydi.
Kassa tashkil qilingan barcha karxonalarda pul mablag’lari butligini ta’minlash muhim masala bo’lib hisoblanadi. Pul mablag’larini yashirish, olib ketish oson, ularda kimga tegishli ekanligi to’g’risida belgi yo’q va ular oson konvertatsiya qilinadi. Ularni o’g’irlash imkoniyati shu bilan bog’liqki, ayrim shaxslar hisob tizimiga kirishi va pul mablag’larini qo’riqlashga ruxsat olishi mumkin.
Kassir moddiy javobgar shaxs bo’lib, korxonaga yetkazilgan zarar uchun javobgardir. Kassir lavozimiga qabul qilingan shaxsni korxona rahbari kassa operatsiyalarini yuritish tartibi bilan tanishtirtib, u bilan moddiy javobgarlik to’g’risida yozma majburiyat (shartnoma) tuzadi. Kassadagi pul mablag’lari oyiga kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Korxona rahbari buyrug’i bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan kassirning ishtirokida kassa to’satdan tekshiriladi. Bunda naqd pul, pulli hujjatlar, qimmatli qog’ozlar va qat’iy hisobot blankalari to’liq tekshiriladi. Kassa chiqim orderlari bilan rasmiylashtirilmagan tilxatlar kassa bo’yicha qoldiqqa kiritilmaydi. Korxonaga tegishli bo’lmagan pul mablag’larini kassada saqlash taqiqlanadi.
Kassada ortiqcha yoki kamomad aniqlansa, inventarizatsiya dalolatnomasining orqa tomonida sodir bo’lgan ortiqcha va kamomadning sabablarini ko’rsatib kassir tushintirish xati yozadi, korxona rahbari esa tekshirish natijasi bo’yicha inventarizatsiya komissiyasi qarorini tasdiqlaydi. Aniqlangan ortiqcha naqd pul quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan kassaga kirim qilinadi: Dt 5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» s88chyoti, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Aniqlangan kamomad esa quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan kassirdan undirib olinadi:D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarining qarzi» schyoti, K-t 5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» schyoti.
Agar korxonaning valuta schyotida mablag’lar bo’lsa, naqd valutadan foydalanish zaruriyati vujudga kelishi mumkin va u amaldagi qoida talablari asosida tartibga solinadi.
Naqd valutani hisobga olish uchun alohida 5020 «Chet el valutasidagi pul mablag’lari» schyoti tayinlangan. Naqd xorijiy valuta harakatining hisobi kassa daftarida yuritiladi. Bu daftarda xorijiy valuta operatsiyalarining hajmiga qarab taxminan bir necha betlar
ajratiladi. Bankdan naqd xorijiy valutani olinishi quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan
rasmiylashtiriladi: D-t 5020 «Chet el valutasidagi pul mablag’lari» schyoti, K-t 5210 «Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» schyoti.
Agar korxonada biror hisobdor shaxsga safar xarajatlari berilganda: D-t 4220 «Хizmat safarlariga berilgan bo’naklar» schyoti, K-t 5020 «Chet el valutasidagi pul mablag’lari» schyoti.
Naqd xorijiy valuta harakatining hisobi ikki xil bahoda yuritiladi: valuta turlari bo’yicha va so’mda.
Sintetik hisob faqat so’mda yuritiladi. Jurnal-order shaklida hisob yuritilganda naqd xorijiy valutasi uchun 1/1 – jurnal-orderi va 1/1 qaydnomasi qo’llaniladi.
Kassadagi naqd xorijiy valuta qoldig’i vaqti-vaqti bilan so’mga nisbatan qaytadan baholanib turiladi. Ijobiy va salbiy kurs farqi 5020 «Chet el valutasidagi pul mablag’lari» schyotida tegishli 9540 «Valutalar kurslari farqlaridan foydalar» yoki 9620 «Valutalar kurslari farqlaridan zararlar» schyotlari bilan bog’liqlikda aks ettiriladi.