O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
11.8. Favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish 
Favqulodda foyda va zararlar - bu korxonaning xo‘jalik faoliyatida nihoyatda 
kam sodir bo‘ladigan, uning uchun odat bo‘lmagan va korxonada boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog‘liq bo‘lmagan voqealardan olinadigan 
daromad va xarajatlardir. U yoki bu moddani favqulodda daromad va xarajat tarzida 
aks ettirilishi uchun quyidagi uchta talablarga javob berishi kerak: 


257 
-
o‘z xarakteri bo‘yicha odatdagidek bulmasli (korxonaning odatdagi xo‘jalik 
faoliyatiga tegishli emas); 
-
bir necha yillar davomida takrorlanmaydigan; 
-
korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga 
bog‘liq bo‘lmagan holatlardan tashkil topadi. 
Shunday qilib, tegishli modda bir vaqtning o‘zida odatdagidek emaslik, oldindan 
ko‘rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak. 
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatida shunday voqealar sodir bo‘lishi mumkinki, 
ular faqat odatdagidek emas yoki faqat oldindan ko‘rabilmaydigan voqea. Masalan, 
xorijiy valuta muomalalaridan olingan foyda yoki zararlarni oldindan ko‘rib 
bo‘lmaydi, lekin bu favqulodda emas, chunki valuta kursining barqaror emaslik 
sharoitida bu odatdagi foyda va zarar hisoblanadi. 
Demak, quyidagi moddalar favqulodda foyda va zararlarga kiritilmaydi: 
darg‘umon debitor qarzlarni hisobdan chiqarilishi yoki shu maqsad uchun tashkil 
qilinigan zaxira; valuta muomalalaridan yoki kurslar farqidan olingan daromad yoki 
yo‘qotishlar; narxlardagi tuzatishlar; aktivlar qiymatini qaytadan baholashdan olingan 
natija, soliq summalari bo‘yicha tuzatishlar; oldingi yillar foydasi yoki zarari. 
Хorijiy amaliyotda favqulodda zararlarga quyidagilar kiritiladi: tabiiy ofatlardan 
ko‘rilgan yirik yo‘qotishlar; siyosiy voqealar, masalan, urush, inqiloblar natijasida 
yo‘qotishlar; mazkur davlatning qonuniyatchiligidagi o‘zgarishlar, natsionalizatsiya 
qilish, ma‘lum bir faoliyatni taqiqlash va boshqalar natijasidagi yo‘qotishlar. 
Shuni ham aytish kerakki, tegishli modda favqulodda holatga to‘g‘ri kelishi va 
kelmasligiga korxona faoliyat ko‘rsatayotgan tashqi muhit ham ta‘sir qiladi. Foyda va 
zararlar summasining hajmi favqulodda voqealarga o‘tkazish va o‘tkazmaslik uchun 
sabab bo‘lolmaydi. 
Favqulodda foyda va zararlarni alohida ajratib hisobga olishdan maqsad hisobot 
davri ichida korxona faoliyati natijasini obyektiv aks ettirishdir. Favqulodda voqealar 
sodir bo‘lganda bu voqealardan olingan foyda va zararlar quyidagi schyotlarda 
hisobga olinadi: 9710-«Favquloddagi foydalar» va 9720-«Favquloddagi zararlar» 
schyoti. Bular tranzit schyotlar bo‘lib 9710-passiv, 9720-aktiv schyotlariga 
mansubdir. 
Favqulodda voqealardan olingan daromadlar summasiga 9710-«Favquloddagi 
foydalar» schyoti kreditlanib turli schyotlar debetlanadi. Sodir bo‘lgan zarar 
summasiga esa 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti debetlanib turli schyotlar 
kreditlanadi. Bu schyotlarning debet va kredit oborotlari hisobot davri oxirida 
yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: favqulodda voqealardan olingan foyda 
summasiga- Dt 9710-«Favquloddagi foydalar», Kt 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» 
schyoti. 
Favqulodda voqealardan sodir bo‘lgan zarar summasiga- Dt 9910-«Yakuniy 
moliyaviy natija», Kt 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin