Qisqa xulosa Moliyaviy natijalar - korxona faoliyatining yakuniy natijasini tasniflovchi
ko‘rsatkich bo‘lib, balansning foyda va zarari haqidagi umumiy ma‘lumotlarni
buxgalteriya hisobida qiymat ko‘rinishida ma‘lum davrga aks etishidir. Shuningdek,
korxonalarda hisobot davri ichida sodir bo‘lgan xarajatlar va daromadlarni tan olish,
dastlabki hisob ma‘lumotlarni aniqlashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobi va
hisobotlarida
to‘g‘ri
hisobga
olishning
nazariy
–uslubiy
asoslarini
mukammallashtirish hisob tizimini tashkil qilishda muhim ijobiy natijalarga
erishiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollari 1.
Moliyaviy natijalar hisobini yuritish qaysi me‘yoriy hujjatlar bilan tartibga
solinadi?
2.
Хo‘jalikda hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schyotlar
rejasidagi qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
3.
Boshqaruv tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish haqi qaysi
xarajatlarga olib boriladi va moliyaviy natijalarga ta‘siri qanaqa bo‘ladi?
4.
Valuta kurslari bo‘yicha aniqlangan ijobiy va salbiy kursdagi farqlar qanday
hisobga olinadi?
5.
Daromadlar «Хarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomning qaysi bo‘limlarida aks
ettiriladi?
6.
Mahsulot (ish, xizmat, tovar) lar sotish qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
7.
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
8.
Moliyaviy faoliyat xarajatlari qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
9.
Favqulodda foyda va zararga o‘tkazilishning qanday shartlari bor?
10.
Yakuniy moliyaviy natija qanday aniqlandi?
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar 1.
ЎзР Вазирлар Маҳкамасининг 54-сонли қарори билан «Маҳсулот (ишлар,
хизматлар) ни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатларининг таркиби ҳамда
молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисида Низом» 1999
йил 5 феврал. (2003 йил 15 октябрдаги янги қайтадан ишлаб чиқилган
нашри)
2.
2-сонли «Асосий хўжалик фаолиятидан олинадиган даромадлар»; 6-сонли
«Лизинг ҳисоби»; 12-сонли «Молиявий инвестициялар ҳисоби» БХМС.
3.
Каримов А ва бошқалар. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. «Шарқ» НМАКБТ.
-Т.: 2004, -591бет.
4.
Гусева Г.Н., Шеина Г.Н. Основы бух. учѐта: теория, практика, тесты.
Учебное пособие - М.: Финансы и статистика, 2004
Internet saytlari
http:// www. accounting. rut gars. edu
http:// www. buhgalteria. com. ua
http:// www. 1c. ru