O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

12-BOB. MOLIYAVIY HISOBOT 
12.1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi 
Moliyaviy hisobot – xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va 
xizmat) lar sotish natijalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar majmui bo‘lib, u subyektning 
moliyaviy -xo‘jalik faoliyatining holatini ma‘lum davr (chorak, yillik) ga qiymat 
ko‘rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, 
ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari, 
ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to‘g‘risidagi 
ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Hisobot ma‘lumotlari bo‘yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta‘sischilar, 
boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar. 
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi 
foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta‘sis hujjatlariga binoan 
mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga 
binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish 
vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi qonunga binoan:
51

barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo‘lgan 
davr hisobot yili hisoblanadi;

yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo‘lib, 
ular yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha bo‘lgan davr 
hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun ularning yuridik 
huquqqa ega bo‘lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo‘lgan davrni 
birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi; 

korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O‘zbekiston 
Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar. 
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning xo‘jalik 
faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to‘g‘risidagi yillik buxgalteriya 
hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lib matbulotda e‘lon etilishi mumkin. 
E‘lon qilingan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga topshirilishidan 
oldin ta‘sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonunga 
muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 
1- «Korxona balansi»; 
2- «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»; 
3- «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot»; 
4- «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot»; 
5- «Хususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot». 
Ushbu hisobotlarga qo‘shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari 
to‘g‘risida ma‘lumot» ham topshiriladi.
52
Shuningdek, hisobot shakllariga izohlar, 
hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
51
Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуни. 1996й. 
52
Ўз.Р. молия вазирлигининг 140-сонли буйруғи 2002 йил 27 декабрдаги 


262 
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans 
bo‘lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to‘g‘risida axborot 
beradi, chunki mulkning qiymati jami ko‘rsatkichga quyidagi moddalar bo‘yicha 
eskirishini chiqarib tashlab ko‘rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va 
boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan foyda 
hajmiga qo‘shiladi. Lekin xo‘jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda 
quyidagi ko‘rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, 
olingan foyda. 
Shu‘ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo‘lgan korxonalar 
konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu‘ba korxonalarga qo‘yilgan 
qo‘yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo‘yilmalari 
sifatida aks ettiriladi. 
Yuridik shaxslar o‘zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy 
bo‘linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa 
hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga albatta 
qo‘shiladi. 
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova 
qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi.
53
Lekin 
vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo‘yicha tuziladigan yig‘ma moliyaviy 
hisobotlar bundan mustasno. 
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi: 

buxgalteriya balansi (1-shakl); 

moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); 

asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (3-shakl); 

pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl); 

xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl); 

debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risida ma‘lumot (2-a-shakli). 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo‘lgan 
yillik moliyaviy hisobot topshiradi: 
a) buxgalteriya balansi (1-shakl); 
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); 
ye) debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risida ma‘lumot (2-a-shakli). 
Хo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar, 
birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi. 
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug‘urta kompaniyalar, banklar, fond va tovar 
birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan 
ma‘lumotlar to‘g‘riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, yillik 
moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha albatta 
matbuotda e‘lon qilinishi kerak. 
Хo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo‘yicha moliyaviy hisobot 
tuzadi. Korxonani tugatilishi bo‘yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi, tugatish 
balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish komissiyasiga 
yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo‘shilmaydi. 
53
Консолидаллашган ҳисобот 8 –сонли миллий стандартга


263 
Тugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan foizlar 
bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat moddalari 
sinchiklab o‘tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin