O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

6.5. Mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va
foydalanishni nazorat qilish 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va 
xizmatchilarga ish haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda 


146 
xodimlarning alohida kategoriyalari uchun O‘zbekiston Hukumati tomonidan ish haqi 
to‘lash bo‘yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin. 
Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi 
qo‘llaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi 
to‘lanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish 
beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan 
ishchining ishlagan vaqti bo‘yicha tarif stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Ikkinchi holda korxona rejali avans to‘lashning o‘rniga oyning birinchi yarmi 
bo‘yicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti 
bo‘yicha ish haqi hisoblaydi. 
Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan so‘ng, 40-50 foizi 
miqdorida hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni rasmiylashtirish 
uchun foydalaniladigan hujjat bo‘lib hisoblash qaydnomasi hisoblanadi. Quyidagi 
dastlabki hujjatlar ish haqi hisoblash qaydnomasi va hisoblash varaqalarini tuzish 
uchun asos bo‘lib hisoblanadi: 
- ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli – asosida foydalanilgan vaqt 
yotadigan vaqtbay ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladi 
(bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini 
yo‘qotgani va shu kabilar uchun to‘lanadigan haq); 
- ish haqini yig‘ib boruvchi kartochkalar – ishbay ishchilar uchun; 
- barcha turdagi qo‘shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgani 
bo‘yicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya raschyoti; 
- o‘tgan oy bo‘yicha hisoblash qaydnomaslari – soliq ushlanmalar summasini 
hisoblash uchun; 
- ijro varaqalari bo‘yicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari; 
- oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo‘yicha to‘lov qaydnomaslari; 
- rejasiz avanslar berish bo‘yicha kassa-chiqim orderlari va h. k. 
Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bo‘lib hisoblanadi, chunki u har bir 
tabel nomeri, sexlar, xodimlar kategoriyalari, to‘lov va ushlanmalar turlari bo‘yicha 
tuziladi. Тo‘lov qaydnomasi quyidagi ko‘rsatkichlardan iborat: 
- to‘lov turlari bo‘yicha hisoblandi – 6710 schyotning kredit oboroti bo‘yicha; 
- to‘lov va zachet turlari bo‘yicha ushlandi va zachet qilindi – 6710 schyotning 
debet oboroti; 
- qo‘liga tegadigani yoki korxonaning oy oxiriga qarzi – 6710 schyotning kredit 
saldosi. 
Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko‘rsatkichi pirovard hisoblashish bo‘yicha 
to‘lov qaydnomasini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda bir 
qancha variantlar qo‘llaniladi: 
- hisoblashish-to‘lov qaydnomaslarini tuzish yo‘li bilan. Bunda ikki registr 
birlashtirilgan: hisoblash va to‘lov qaydnomasi, ya‘ni bir vaqtning o‘zida to‘lashga 
tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (to‘lanadi); 
- hisoblash qaydnomasini tuzish yo‘li bilan, to‘lash esa to‘lov qaydnomasi bilan 
amalga oshiriladi; 


147 
- har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qo‘liga tegadigani) «Ish haqi 
hisoblash» varaqalarini mashinalarda tuzish yo‘li bilan. Bunga asosan ish haqi berish 
uchun to‘lov qaydnomasi tuziladi. 
Moliyalash manbaidan qat‘iy nazar korxonaning mehnat haqi xarajatlari 
tarkibiga mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan qonun 
bo‘yicha xodimlarning ishlamagan vaqti uchun hisoblangan o‘rtacha ish haqi, 
rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya to‘lovlari kiradi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilingan xarajatlarning 
barchasi xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan mahsulot (ish va xizmat)lar 
tannarxiga kiritiladi yoki davr xarajatlariga o‘tkazilib, keyin har oyda hisobot davri 
foydasini kamaytirishga yo‘naltiriladi. Mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan 
nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi. 
2002-yilning 1-oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, 
korxonalar va tashkilotlarning mehnatga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan 
mablag‘larini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Bu o‘z navbatida mehnat 
haqi fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki nazoratni kuchaytirishni 
taqozo etadi. 
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli tarkibida hisobot, haqiqiy 
hisoblangan mehnat haqi fondini hisoblab chiqish va rejali fonddan foydalanish 
ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun 
sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar kategoriyalari bo‘yicha 
yig‘ma va ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishlar bo‘yicha yig‘ma» ishlov berish 
jadvalidan foydalaniladi. Bu har oyda hisoblash qaydnomaslariga asosan tuziladi.
Haqiqatan ham bu jadval 6710-schyotning ma‘lumotlarini tahlil qilish, 8, 10/1 
jurnal-orderlariga, 7-qaydnomasga soliq ushlanmalari bo‘yicha ma‘lumotnoma tuzish 
va oy oxiriga qolgan qoldig‘ini bosh daftar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi. 
Chunonchi, 8 - jurnal-orderga yozish uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan 
ushlangan soliqlar summasi to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma 6410-schyotning kredit 
ma‘lumotlariga asosan tuziladi; 10/1 jurnal-orderiga yoziladi 6710-schyotning krediti 
6520-schyotning debeti bo‘yicha; 7-qaydnomasga – 4710-schyotning krediti 
bo‘yicha, 6990-schyotning krediti bo‘yicha yoziladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin