O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to‘lovlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
6.4. Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to‘lovlar 
Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan 
tashqari to‘lovlar uchun ma‘lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar 
amalga oshiriladi. 
Ayrim holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy 
qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa 
- sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin. Bunda 
quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qat‘i nazar, mehnat haqidan ushlab 
qolinadi: 
a) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
undirish uchun; 
b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun; 
v) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo‘jalik ehtiyojlariga, 
xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan 
bo‘lib, sarf qilinmay qolgan va o‘z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish 
uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qaytarib 
olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to‘lash 
uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgan kundan yohud haq to‘lash noto‘g‘ri 
hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan avans yoki qarzni 
31 «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақа тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги Низоми. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий му
ҳ
офаза 
қилиш вазирининг 2002 йил 1 апрелдаги 21-сон буйру
ғ
и билан тасдиқланган. (ЎзР МАИМҚВ 25.06.2007 й. М-31-сон Буйруғи билан ўзгартириш киритилган). 


143 
ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o‘tib ketgan bo‘lsa 
yoki xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o‘tganligi 
munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini 
noto‘g‘ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi; 
g) o‘z hisobidan xodim ta‘til olib bo‘lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat 
shartnomasi bekor qilinganda ta‘tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. 
Ana shu kunlar uchun haq xodimning o‘qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi 
munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi; 
d) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar 
yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa; 
e) mehnat intizomini buzganligi uchun o‘rtacha oylik ish haqining 20 % idan 
oshmagan miqdorda jarima. 
Ish haqini to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy miqdori 
xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi kerak. 
Ishchi 
va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig‘i amaldagi 
yo‘riqnomada
32
belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i 
yagona shkala stavkasi bo‘yicha yillik jamg‘arma daromadidan ushlanadi: 

har bir fuqaroning soliq majburiyatining bazasi bo‘lib o‘tgan yili barcha 
manbalardan yig‘ilgan daromad summasi hisoblanadi; 

oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi; 

daromadlar miqdoridan qat‘iy nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan 
fuqarolar kategoriyasi nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qat‘iy nazar 
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqarosi 
bo‘lmagan shaxslar soliqqa tortiladi; 

agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana 
boshqa daromadlari bo‘lsa, har yili ish haqisini ham qo‘shgan holda olingan 
daromadlarining umumiy summasi to‘g‘risida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya 
topshirishi kerak. 
Shuningdek, ushbu yo‘riqnomaga muvofiq soliq to‘lovchining asosiy ish 
joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan 
eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan 
daromad solig‘i yagona shkala stavkasi bo‘yicha yillik jamg‘arma daromaddan 
quyidagi jadval bo‘yicha ushlanadi.
33
Soliqqa tortiladigan daromad 
miqdori 
Soliq summasi 
Eng kam ish haqining 6 baravari 
miqdorigacha 
Daromad summasining 13 % 
Eng kam ish haqining 6 
baravaridan yuqori (+1 so‘m) 10 
baravari miqdorigacha 
Eng kam ish haqining olti baravari miqdorida 
olinadigan soliq + olti baravaridan oshadigan 
summaning 18 % 
32
Ўз Р молия вазирлиги ва Давлат солиқ қўмитасининг «Жисмоний шахсларнинг даромадларидан бюджетга 
солиқ ҳисоблаш ва тўлаш тартиби тўғрисида» ги йўриқнома. 2002 йил 14 январ 
33
Солиқ ва божхона хабарлари. 50-сон (646) 2006 йил 12 декабрь 


144 
Eng kam ish haqining 10 
baravaridan yuqori (+1 so‘m) 
miqdoridan 
Eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida 
olinadigan soliq + o‘n baravaridan oshadigan 
summaning 25 % 
Daromad solig‘i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. 
Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad 
solig‘i summasi korxona tomonidan budjetga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazib berilishi 
kerak. 
Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq 
summalarini hisobga olish uchun 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari 
bo‘yicha)» passiv schyoti qo‘llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig‘i korxonaning 
budjetdan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti – budjetga o‘tkazib berilgan 
summani ko‘rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan 
ushlangan soliq summasini ko‘rsatadi. 
Masalan, ishchiga yanvar oyida 450000 so‘m ish haqi hisoblandi. Ushlanadigan 
daromad solig‘i miqdori quyidagicha bo‘ladi: Minimal ish haqi 28040 so‘m.
1) 28040 x 6 = 168240 so‘m. x 13% / 100% = 21871.2 so‘m 
2) 6 baravaridan oshgan summa 112160 so‘m x 18% /100% = 20188.8 so‘m 
3) 10 baravaridan oshgan summa 169600 so‘m x 25% / 100% = 42400 so‘m 
4) 
jami 
ushlanadigan 
daromad 
solig‘i 
miqdori 
84460 
so‘m 
(21871.2+20188.8+42400) ni tashkil etadi. Ushbu summaga quyidagicha 
buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi: Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi 
bo‘yicha hisoblashishlar» schyoti -84460 so‘m, Kt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha 
qarzlar» schyoti -84460 so‘m.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining № PQ-744 qaroriga asosan 
hisoblangan ish haqidan 1% miqdorida xodimlarning yig‘ilib boruvchi pеnsiya hisob 
raqamiga ajratma qilinadi. Ammo hisoblangan 1% yig‘ilib boruvchi pеnsiya hisob 
raqamiga ajratma, hisoblangan daromad solig‘idan ushlab qolinadi. Bunda Dt 6410 
«Byudjеtga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schеti -4500 so‘m, Kt 6520 «Davlat mag‘sadli 
fondlariga to‘lovlar» schеti-4500 so‘m. Buxgaltеriya yozuvi amalga oshiriladi. 
Mablaq o‘tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» schеti -4500 
so‘m, Kt 5110 «Hisob-kitob» schеti -4500 so‘m. tarzida buxgaltеriya yozuvi amalga 
oshiriladi. 
Mablag‘ o‘tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» 
schyoti -79960 so‘m., Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -79960 so‘m. 
Ish haqidan Pensiya fondiga 2,5 % miqdorda ajratma hisoblanganda, Dt 6710 
«Хodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» schyoti -11250 so‘m, Kt 6520 
«Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» schyoti -11250 so‘m. 
Mablag‘ o‘tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» schyoti -
11250 so‘m, Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -11250 so‘m. tarzida buxgalteriya 
yozuvi amalga oshiriladi. 
Ijro varaqalari aliment summalarini ushlash va o‘tkazib berish uchun asos bo‘lib 
hisoblanadi. Olingan ijro varaqalarini buxgalteriyada maxsus jurnal yoki kartochkada 
ro‘yxatga oladi. Хodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi hollarda 
ushlanadi: agar ushlanmalarning umumiy summasi 50 % dan oshsa, shuningdek agar 


145 
sud qarori bilan boshqa onadan bo‘lgan bolalar foydasiga, mehnatga layoqatsiz ota-
onalar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga. 
Ijro varaqalari bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990 «Boshqa 
majburiyatlar» schyotining 1-«Ijro hujjatlari bo‘yicha tashkilot va shaxslar bilan 
hisob - kitoblar» analitik schyotida yuritiladi. 
Aliment hisobot oyi bo‘yicha hisoblangan ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini 
yo‘qotgan davrida hisoblangan nafaqa summasidan soliqlar ushlangandan keyin, 
shuningdek, hisoblangan pensiya va stipendiya summasidan ushlanadi. Bu vaqtda 
buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: Dt 6710 «Mehnat haqi 
bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar», Kt 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyoti. 
Ish haqi, pensiya va stipendiyalar to‘lash uchun belgilangan uch kunlik muddat 
ichida aliment summalari to‘lanishi yoki aliment oluvchilar hisobidan pochta orqali 
o‘tkazib berilishi kerak. Bunda 6990- schyoti debetlanib 5010- schyoti kreditlanadi. 
Moddiy yordam, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan 
rag‘batlantirish va shu kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. Kreditga 
sotilgan tovarlar bo‘yicha ariza-majburiyatlarning hamma summasini korxona bank 
krediti hisobidan savdo tashkilotlariga o‘tkazib berganda kreditga sotilgan tovarlar 
bo‘yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo‘ladi. 
Shunday qilib, qisman ushlanmalarni o‘nlab savdo tashkilotlariga o‘tkazib 
berish uchun bankka to‘lov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi. Bu shakldagi 
hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha 
xodimlarning qarzi» schyoti tayinlangan. Bu schyot aktiv bo‘lib uning qoldig‘i 
korxonaga qaytarilmagan kredit bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning qarzini 
ko‘rsatadi; debet oboroti – bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq-
majburiyat summasini ko‘rsatadi; kredit oboroti – qarzni qoplash uchun ishchi va 
xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko‘rsatadi. 
Basharti xodim majburiyat summasini to‘liq qoplamasdan boshqa korxonaga 
ishga o‘tsa, korxona savdo tashkilotiga xodimning yangi ish joyini ko‘rsatib xabar 
beradi. Korxona shuningdek ssuda bo‘yicha bank bilan to‘liq hisoblashadi. Agar 
korxona o‘z xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari bo‘yicha bank kreditidan 
foydalanadigan bo‘lsa, 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotida savdo korxonalari 
bo‘yicha shaxsiy schyotlar ochadi. 
Ishchi 
va 
xizmatchilarning 
ish 
haqlaridan 
ushlanadigan 
majburiy 
ushlanmalardan tashqari ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar 
ham bo‘lishi mumkin: ish haqini Хalq bankiga, sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazib 
berish, kasaba uyushmalar badallarini to‘lash, dalabog‘ uy va uchastkalarni qurish va 
obodonlashtirish uchun olingan ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish muomalalari 
4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» va 6990-«Boshqa 
majburiyatlar» schyotlarda hisobga olinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin