141
Qonunchilik bilan o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi
o‘rnatilgan hollarda, ko‘rsatilgan qoidalar qo‘llanilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma‘lumotlariga va xodim tomonidan
qonunchilik bilan kafolatlangan o‘rtacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi
tegishli hujjatlariga asosan o‘rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi.
Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga,
dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha
ish haqi saqlangan
holda yillik mehnat ta‘tillari beriladi. O‘rtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasining 1997
yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan hisoblanadi.
Тa‘til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta‘til uchun kompensatsiya
hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish kunining davomiyligini
25,4 kun deb hisoblaydi. Хodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi
uchun hisoblab to‘lanadigan haqning qoplash manbai bo‘lib tannarx yoki davr
xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug‘urta organlarining mablag‘lari hisoblanadi.
Тo‘lanadigan haqni hisoblab topish uchun asos bo‘lib ish vaqtidan foydalanishni
hisobga oladigan tabel va tibbiyot muassasalarining
bergan vaqtinchalik ish
qobiliyatini yo‘qotganligi to‘g‘risidagi varaqasi hisoblanadi. Nafaqa miqdori mehnat
daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan hujjatga binoan ish qobiliyatini yo‘qotgan
kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan aniqlanadi.
Amaldagi qarorga binoan
30
ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qat‘iy
nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha
nafaqa 100 % to‘lanadi:
ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga;
baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
qaramog‘ida uch yoki undan ortiq 16 yoshga yetmagan (o‘quvchilar 18 yosh)
farzandlari bo‘lgan xodimlarga;
Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan xodimlarga;
Chernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan
zonalardan ko‘chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o‘xshagan kasalliklarga
duchor bo‘lganda;
Ish joyida shikastlanishlar yoki kasbiy kasal bo‘lganlarga;
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha.
Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka
uchragan xodimlarga umumiy
ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda
nafaqa to‘lanadi:
a) umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan, xodimlarga ish haqining
100 % miqdorida;
b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining
80 % miqdorida;
v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 60 %
miqdorida.
30
ЎзР ВМнинг «Вақтинчалик иш қобилиятини йўқотганлиги бўйича нафақалар тўлаш доирасини
такомиллаштириш тўғрисида»ги 71-сонли қарори. 2002 йил 28 феврал
142
Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan
vaqtiga
quyidagi miqdorda nafaqa to‘lanadi:
- umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan xodimlarga, shuningdek 21
yoshga chiqmagan yetim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida;
- umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 %
miqdorida.
Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha
to‘lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish
haqidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug‘urta hisoblanadigan, mehnat haqiga
kiritilmaydigan bir yo‘la to‘lovlardan tashqari, barcha turdagi to‘lanmalar kiradi.
Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan
oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy
oyligiga
amaldagi Nizomga
31
binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar
summasi qo‘shiladi.
Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga
qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo‘shimcha
haqlar inobatga
olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy
sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ga binoan
hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar summasi qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: