28
uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish
va nazorat qilish tizimidan iborat.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalikda mavjud bo‘lgan har xil turdagi
moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar
bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida
ma‘lumotlar olinadi;
tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan
mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari -
foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va
uning tarkibiy qismlari boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchovlar
- natura, mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchovga
alohida
ahamiyat
beriladi,
chunki
u
buxgalteriya
hisobining
umumlashtiruvchi
ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul o‘lchovda buxgalteriya
hisobining barcha obyektlari, garchi ular natura va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan
bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi.
Pul
o‘lchovi
yordamida
buxgalteriya
hisobi,
masalan,
quyidagi
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag‘lari hajmi,
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, davr xarajatlari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar,
mahsulotning
ishlab chiqarish tannarxi, sotishdan olingan yalpi tushum, morjinal
foyda va shu kabilar.
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha
xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo‘jalik
jarayonlarining to‘la tavsifini olish uchun zarurdir.
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya
hisobi tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak.
Hujjat buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha
operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi
buxgalteriya hisobi
ma‘lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun
foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma‘lumotlar olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida yig‘ma yakunlangan ko‘rsatkichlarni olish uchun
yig‘ilgan ma‘lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu
usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan
korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o‘zaro
bog‘langan holda aks ettirilishini ta‘minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ma‘lumotlari ayrim korxona,
tashkilot va muassasalar
hamda ma‘lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo‘yicha
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbai
sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari umumlashtirilgan
ko‘rinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda ishlatiladi.
Umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda ko‘pincha
buxgalteriya hisobining ma‘lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun
o‘lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini o‘z
29
ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida ipshatiladigan
axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan
iborat bo‘ladi.
Хo‘jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik
va buxgalteriya hisobi
korxonalarni, hududlar va respublika boshqaruv jarayonida ma‘lum rol o‘ynaydi.
Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi xalq xo‘jalik hisobining
yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to‘g‘ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi
bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular
alohida olingan obyektlarga nisbatan hal etiladi.
Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma‘lumotlaridan keng
foydalanadi. Bunda u bu ma‘lumotlardan ba‘zi tarmoqlar va xalq xo‘jaligi miqyosida
har xil umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida foydalanadi. O‘z
navbatida buxgalteriya hisobi ham ko‘p hollarda statistika ma‘lumotlaridan
foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda statistika usullari bilan
hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalari bajarilishi ko‘rsatkichlaridan
foydalaniladi.
Хo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi
yagona dastlabki
hujjatlashtirishdan foydalanish bilan ta‘minlanadi. Yagona dastlabki hujjatlashtirish
deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi
ma‘lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal
hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama-qarshiliklarni bar-taraf qiladi va hisobdagi
parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi.
Хo‘jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib
boradi. Dastlabki ma‘lumotlarni yig‘ish,
texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib
bormoqda. Shuni ta‘kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va bozor
iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda,
olimlar va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu
sohada yaratilgan narsalarga ko‘r-ko‘rona yondoshayotganlari yo‘q. Lekin xorij
mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish
O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: